Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Yaqin o‘tmish. «Natsional»

Yaqin o‘tmish. «Natsional»

«NATSIONAL» – mehmonxona. O‘rta Osiyoda dastlabki mehmonxona bo‘lib, 1912 yilda Jizzax ko‘chasi (hozirgi Buxoro ko‘chasi) va Zirabuloq ko‘chasi muyulishida nemis uyg‘onish davri uslubida (me’mor I.A.Makevich), o‘sha paytdagi yirik boylardan To‘xtaboy mablag‘iga qurilgan. Keyinchalik «Sharq» deb atalgan. 1919–20 yillarda binoda Turkiston fronti shtabi joylashgan. Shaharni rekonstruksiya qilish munosabati bilan binoning bir qismi 1970-yillar oxirida buzib tashlangan. Saqlanib qolgan qismi ta’mirlangan. Unda (Buxoro ko‘chasi, 16) O‘zbekiston Respublikasi «Nuroniy» jamg‘armasi joylashgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Registon arig‘i

Post Views: 123 REGISTON ARIFI – Kaykovus kanalining chap irmog‘idan (Zarqaynar ko‘chasiga yaqin joydan) boshlangan; …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan