Bosh sahifa » Bilasizmi? » Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati tashkil etilganiga 102 yil

Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati tashkil etilganiga 102 yil

1920 yil 26-30 aprel kunllari Xivada Butunxorazm vakillarining birinchi qurultoyi bo‘lib, ushbu qurultoy yakunida Xorazm Xalq Sho‘rolar Jumhuriyati tuzilganligi eʼlon qilinadi.

Jumhuriyatning qabul qilingan birinchi konstitutsiyasida davlatning eng muhim ishlarini hal qilish oliy hokimyat organi bo‘lgan Umumxorazm xalq vakillari qurultoyiga tegishli deb belgilaydi. Ijroiya organi sifatida 15 aʼzodan iborat Xalq Nozirlari kengashi ham tasdiqlanadi.

Xorazm Jumhuriyati maʼmuriy jihatdan 22 ta tumanga bo‘lingan (sobiq Xiva xonligi hududlari). O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasi o‘laroq 1924 yil tugatilgan.

«Turkiston kutubxonasi»

O‘xshash maqola

“Taraqqiy”

Post Views: 105 “Taraqqiy” – jadidlar gazetasi. 1906 yil 14(27) iyundan Toshkentda chop etilgan. Noshiri …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan