Xonaqoh

XONAQOH – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Tikanlik mozor, Murod, Ko‘kmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 300 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik, baqqollik va dehqonchilik (shahar tashqarisidagi dalalarida) bilan shug‘ullangan. Choyxona, temirchilik ustaxonalari, misgarlik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, masjid bo‘lgan (20-asr boshi).

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Qadimiy mahallalar. Beshog‘ayni

Post Views: 406 BESHOG‘AYNI – Sebzor dahasidagi qadimiy mahalla. Kohota, Hovuzli, Qoratut, Qoshiqchilik mahallalari bilan …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan