Bosh sahifa » Toshkentliklar » Xoja Dovud (14 asr)

Xoja Dovud (14 asr)

XOJA DOVUD (14-asr) – Shayx Xovandi Tohurning o‘g‘li. Qabri Shayxontohur dahasining Oqmasjid mahallasi g‘arbida, mahalla masjidining orqasida joylashgan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida keltirilishicha, o‘sha masjid ham Xoja Dovudning masjidi hisoblangan. O‘tmishda shaharliklar Xoja Dovud qabri masjidida uch kun shar’iy shartlar bilan e’tikofda bo‘lib, nafl ro‘zasini tutishgan. Xoja Dovudning qizidan naqshbandiya tariqati peshvosi Xoja Ahror dunyoga kelgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Toshkentlik Muhammad Yunus Toib – biz bilmagan qozi

Post Views: 607 Qozi – musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanadigan, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan