Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Xiyobontepa

Xiyobontepa

XIYOBONTEPA – arxeologik yodgorlik, qishloqqa tutashgan qasr-ko‘shk (7–10-asrlar, 9–13-asr boshi). Toshkentning Eski shahar qismi markazida, Kaykovus kanali bo‘yida joylashgan. 1924 yil M.Ye.Masson tomonidan qayd etilgan. 1968–69 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Xom g‘ishtdan qurilgan ko‘shkning eng baland tagkursi qismi xarobalari saqlangan; uning atrofiga hozir turar joy binolari qurilgan. Qasr binosining xarobalari saqlanmagan. YUqori madaniy qatlami 9–12-asrlarga mansub bo‘lib, o‘sha davrda qasr Binkatning ichki rabodi tarkibiga kirgan va uning xarobalari rabod binolari ostida qolib ketgan. Shahar hududi sifatida Xiyobontepa mo‘g‘ullar istilosiga qadar (13-asr boshi) mavjud bo‘lgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Toshkent matbuoti

Post Views: 604 Insoniyat paydo bo‘lganidan boshlaboq o‘zaro axborot almashuv ehtiyoji paydo bo‘lgan. Dastlab, insonlar …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan