Bosh sahifa » Ta'lim muassasalari » “Xadichai Kubro” madrasasi

“Xadichai Kubro” madrasasi

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 1993 yili “Eshon Boboxon” nomi ostida o‘z faoliyatini boshladi. Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari uchun o‘rta ma’lumotli dinshunos, odobnoma, boshlang‘ich arab tili o‘qituvchisi tayyorlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining 1998 yil 15 iyuldagi majlis qarori asosidagi № 295-sonli bo‘yrug‘i bilan “Xadichai Kubro” nomiga o‘zgartirildi va “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti nomi ostida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Bilim yurti 1998 yil 10 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. 1998 yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ruxsatnomasi bilan ishni davom ettirgan.

Bilim yurtining asosiy maqsadi dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, islom dini asoslarini o‘zlashtirgan, insonparvarlik, xalqparvarlik va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalangan, o‘rta maxsus ma’lumotli islomshunos mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.

2000-2001 o‘quv yilidan boshlab, bilim yurti davlat standartiga o‘tgani sababli umumta’lim fanlar ximiya, fizika, astronomiya, matematika va biologiya fanlariga katta e’tibor berilmoqda. Mutaxassislik fanlari: Qur’oni Karim va tajvid, fiqh, aqoid, tafsir, arab tili fanlarida guruhdagi talabalar ikkiga bo‘linib o‘qitilmoqda.

1993 yildan 1999 yilgacha sirtqi bo‘limni 230 nafar talaba bitirdi. Hozirgi kunga qadar 500 dan ortiq talabalar ushbu bilim yurtida diniy va dunyoviy bilimlarni egallab, mutaxassisliklari bo‘yicha o‘z diplomlariga ega bo‘ldilar.

Bilim yurtiga O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari va Koraqalpog‘iston Respublikasidan 9-sinfni bitirgan tayanch ma’lumotli ayol-qizlar muayyan sinov asosida talabalikka qabul qilanadi.

Bilim yurti Toshkent shahar, Uchtepa tumani, O‘rikzor dahasi, Zarafshon ko‘chasi 15-uyda joylashgan.

Bilim yurti o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar va ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi qaror va ko‘rsatmalari asosida olib boradi.

Talabalarga 19 nafar mudarrisa dars bermoqda. Ularning barchalari oliy ma’lumotli.

O‘qish muddati 4 yil.

O‘quv rejasi va talablarini to‘liq bajargan, bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga mazkur bilim yurtini bitirganlik to‘g‘risida boshlang‘ich arab tili murabbiysi, diniy ma’rifiy va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari malahatchisi diplomi beriladi.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti diniy ta’lim faoliyatini olib borish uchun zarur sharoitlarga ega. Bilim yurti o‘z faoliyatini O‘zbekiston musulmonlari idorasining Maxsus jamg‘armasi va talabalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tushgan mablag‘lardan olib boradi.

Talabalar darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlar.

Bilim yurti ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, jami 10 ta o‘quv mashg‘ulot xonalari, shu jumladan 5 ta fan xonasi, kutubxona, kompyuter xonasi, ma’muriy xonalar, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, bundan tashqari tikuvchilik xonasi, oshxona, yotoqxona va boshqa yordamchi xonalar mavjud.

Bilim yurtida 2000-2001 o‘quv yilidan boshlab, uzluksiz ta’lim Davlat standartlari va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi standartlari asosida ishlab chiqilgan o‘rta maxsus islom bilim yurtlari ta’lim standarti joriy etilgan.

Moddiy texnika bazasi va kutubxona fondi yildan yilga boyitib borilmoqda. Kutubxona fondi 16 647 dona kitobni tashkil etadi.

Talabalarga diniy va dunyoviy ta’lim berish bilan birga tikuvchilik, to‘quvchilik, oshpazlik kabi hunarlar ham o‘rgatiladi.

Bilim yurtiga kirish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

– bilim yurti mudiri nomiga ariza;

– ma’lumoti haqida hujjat (asli);

– yashash joyidagi masjid imomidan yo‘llanma (yoki maxalla oqsoqolidan tavsifnoma);

– sog‘lig‘i haqida tibbiy ma’lumotnoma (U-086-shaklida);

– 6 dona 3×4 hajmda fotosurat;

– tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

– yashash joyidan ma’lumotnoma;

Quyidagi fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari topshiriladi:

– o‘zbek tili va adabiyoti (diktant);

– ma’naviyat va ma’rifat (test);

– chet tili (test);

– tarix (test).

Izoh: qabul imtihonlari materiallari to‘kqiz yillik maktab dasturi asosida tuziladi. Bu imtihonga katnashishdan avval suhbatdan o‘tish kerak, suhbatda 5 ta savol beriladi, 3 tasiga to‘g‘ri javob berilsa, imtihonga qatnashishga izn beriladi.

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus Islom bilim yurti manzili:

Toshkent shahri, Uchtepa tumani, O‘rikzor dahasi, Zarafshon ko‘chasi, 15-uy.
Tel: 299-24-11.

Манба

O‘xshash maqola

Turkiston xalq universiteti

Post Views: 2 632 TURKISTON XALQ UNIVERSITETI – Markaziy Osiyoda rus oliy ta’limiga asos bo‘lgan ilk …

73 Mulohazalar

  1. Assalomu alaykum. Savol. Kirish imtihonlariga kirishdan oldin 5 ta savol beriladi deb yozilgan. Savollar nima bo’yicha bo’ladi?. Javob uchun oldindan raxmat

  2. Assalomaleykum. Xadichai kubro qoshida o’quv markazlari ham ochilganmi?

  3. Assalomaleykum. Xadichai kubro qoshida o’quv markazlari ham ochilganmi? Ya’ni men 2kurs talabasiman. Lekim ilm olish istagim bor edi. Qayerda savodimni chiqarsam bo’ladi. Iltimos maslahat bervoring

  4. Assalom alekum man kollejdi 2013 yili tugatkanman a qayta xadicha kubro madrasasiga topwirsam buladimi maxsatim islom dinini va arab alifbosini urganish

  5. Assalomu alekum oqishga kirish uchun biron joyda tayyorlanish imkoni bormi?kollejni bitirganlar ham oqisa boladimi?iltimos malumot bering

  6. Aprel oyi uchun namoz vaqtlari jadvalini chiqarilar

  7. Assalomu aleykum bu oqishga boshqa davlat fuqorolisi bolgan shaxslar topshirsa ham boladimi misol uchun rossiya fuqorsi millati o’zbek

  8. Hojiakbar Qosimov

    Assalomu alaykum. O’quv yurtiga kirish uchun imtixon topshiriladigan fanlar va imtixon topshirish tartiblarida (test va diktant) o’zgarish bo’lgani yo’qmi. Og’zaki suhbatda beriladigan beshta savol nimadan iborat bo’ladi?

  9. Assalomu alaykum. Xa bo’ladi. Xadichai Kubroga faqat 11sinfni yoki kollej litseyni bitirganlarni qabul qilishadi:-).

  10. Musayeva Nodiraxon

    Assalomu alaykum. Hadichai Kubro ilm yurtiga kirish imtihonlari tarkibida horijiy tildan imtihon topshirilishi haqida ma’lumot berilibdi. Agar abituriyentni IELTS sertifikati mavjud bo’lsa, horijiy tildan imtihon topshiriladimi? Javob uchun plrindan raxmat.

  11. Assalomu alekum. Man Aqshda yashiman shu sababdan Toshkentga borib oqiy olmiman. Online darsla mavjudmi? Judayam oqigim kevotti iltimos Online dars ham otila rahmat.

    • Assalomu alaykum, men hozirgi kunda 11- sinf o’quvchisiman, islomiy institutlarga topshirmoqchiman, qaysi fanlardan tayyorlanishim kerak, islomiy institutlarga İELTS qabul qilinadimi…

  12. Assalomu alaykum Xadichqi Kubroda sirtqi bolim bormii .Juda zarur edi .javob bersangiz .oldindan raat

  13. Karantin davrida hujjatlarni qanday topshirsa boladi

  14. Assalomu aleykum 9-sinfni bitirganlar ham topshirishi mumkunmi?

  15. Assalomu alaykum , iltmos bizga 2019-2020 -yili da böladigan imtixon haqida ma’lumot bera olasizmii???

  16. Assalomu alaykum 2020-2021 yil uchun suhbat qachon o’tkaziladi

  17. Assalomu aleykum. Xadichayi Kubroga 2020-2021 o’quv yili uchun test savollari qaysi fanlarda tuziladi, qanday yangiliklar kiritilgan va imtixon bo’ladigan kun aniqmi? Iltimos shular haqida to’liqroq ma’lumot berib yuborsangiz.Olloh o’zi rozi bo’lsin!

  18. Assalomu alaykum va Rahmatullohi va barakatux xayrli kech barchaga quydagi silkaga kirsela malumotga ega bo’lasiz lar, qo’limdan kelgancha yordam berishga tayyorman, yangiliklar ni tashlab boramiz va madrasa haqida ma’lumot larni ham berib boramiz

  19. The weak- hearted Phoneix

    Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokotuh. Alloh ishingizlaga rivoj bersin. Agar mumkin bolsa bur narsa soramoqchi edim. Maktabni 11- singini tamomlagan oquvchilarni ham oqitasizlarmi. Yoki oliy malumotli ayollarga ham talim bersizlarmi?
    Javob uchun oldindan rahmat.

  20. Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.Hadichai Kubroga 2020-2021-oʻquv yili uchun imtihon qaysi kunlari boʻladi.Shu haqida toʻliqroq maʼlumot bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi boʻlsin.

  21. Assalomu alaykum men Xadicha Al-Kubro madrasasida taxsil olmoqciman lekn xali 9sinfni bktrganim yoq nma qlsam boladi 9sinfni bitrmagan bolsa xam suxbatdan va testlardan alo darajada otsam oqiwga qabul qlinamanmi

  22. Assalomu aleykum men hadichayu kubro madrasiga oqishga kirmoqchiman bu yil Insha alloh 11 sinfmi bitiraman shunga qaysi tarix fanlaridan tayorlanishim kere qandey Madrasa bilan bog’lansam boladi Iltimos yol yoriq berib yuboringlar kichkinaligimdan oqishni orzu qilaman Osha kunlarga ham yetib keldm

  23. Savollarim bor

    Bu yerda òqish uchun arab tilini bilish kerakmi?
    Kontrakt yoki Budjet bormi?
    Òqiw necha pul?
    Jovoblar uchun raxmat

  24. Telefon nomerlaringga tusholmadim qande bog’lansam boladi sizlar b n

  25. Assalomu alekum, Hadichai kubroga online topshirsa boladimi va topshirish silkasini yozib yuboring…
    Oldindan raxmat!

  26. Ielts sertificat

    As Salaamu Aleikum. Ielts sertificati qabul qilinadimi.
    ? Iltimos bilsangiz ayting.

  27. As Salaamu Aleikum. Ielts sertificati qabul qilinadimi.
    ? Iltimos bilsangiz ayting.

  28. Hadichayu kubroga qanday röyxatdan ötsa bo’ladi

  29. Assalomu alaykum Xadichai kubro madrasasiga qanday rõyxattan õtsa bõladi. Man Farğonadanman imtixonlar xam toshkentta bõladimi . 11 – sinfni bitirganlar xam topshirsa bõladimi

  30. Assalomu alaykum hadichai kubro ga kiriw imtihoni qachon boladi

  31. Assalomu alaykum hadichai kubriyo madrasasiga kirishda 5 ta savol beriladi deyilgan shular nimadan beriladi buning uchun qaysi fanlarni oqish kerak 9 sinfni bitirganlar ham topshiradimi

  32. Assalomu alaykum savolim wuki chet tilidan test diyilgan qaysi tilda buladi
    Oldindan Rahmat jb un

  33. Assalomu alaykum yuqorida 5ta savol beriladi deyilgan qanday yónalishdagi savollar beriladi javob uchun oldindan raxmat

  34. Assalomu aleykum men Hadichai Kubroga kirmoqchiman qabul qachon boshlanadi u yerda qizlar yotoqxonasi bormi Hadichai Kubrodan so’ng Islom universitetiga topshirsam bo’ladimi

  35. Assalom alekum Xadicha kubro madrasasida kirish Ballard va savollar tanishtirishingizni sòraymiz

  36. Assalomu alaykum madrasaga uydan har kuni qatnab o’qiladimi yoki turar joylari ham bormi

  37. Assalomu alaykum.Xadichau Kubroga xohlagan yoshdan topshirsa bo’ladimi yoki 18 yosh bo’lishi kerakmi? chet tilini bilish kerak degan ekansizlar qaysi tilni nazarda tutgansizlar ingliz tilimi yoki arab tilimi ?

  38. Assalomu alaykum .1-savolim kirish imtihonlariga kriwdan oldn 5ta savol beriladi deyilgan shu 5ta savol qanday mavzuga oid buladi 2-savolim hujjatni online topwirsa ham buladimi javob uchun oldindan rahmat

  39. Salom sirtqi bölim bormi

  40. Assalamu alaykum va rohmatulloh va barokatuh. Hadichai Kubroga qanday qilib hujjat topshirsa boʻladi. Judayam xohlayman madrasada oʻqishni. Imtihonga qabul qachongacha davom etadi

  41. Assalomu alaykum. Men hozirda 10-sinfda tahsil olaman. Lekin Xadichai-Kubro madrasasida o’qishni juda ham hohlayman. 11-sinfda topshirsam bo’ladimi? Men Qur’on o’qishni bilaman va 1 porasini tugatganman. Lekin keyin Prezident maktabiga qabul qilinganimdan so’ng, anchagina sustlashib qoldim, biroq bunday bo’lishini umuman hohlamagandim. Shuning uchun madrasaga topshirmoqchiman. Iltimos, meni madrasaga qabul qilishingizni so’rayman.

  42. Assalomu alekum men xadicha kubro madrasasiga uqishga kirishni hohlayman qayerga Ariza topshirishim kerak intihon qachon buladi suhbatga borishni vaqti haqida ma’liumot bera olaszmi Javob uchun oldindan raxmat

  43. Assalomu alaykum varohmatullohi vabarokaruh .Men xadichayi kubro madrasa o’qishga kirishni xoxlayman .qanchadan beri rasmiy kanalini topa olmayapman. Iltimos yordam berib yuboringlar

  44. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh Xadichai Kubro madrasasi menga juda ham yoqadi lekin uydagilarim qarshilik qildi 9sinfda topshirishmga keyinchalik topshirishning iloji yoʻqmi iltimos javoblaringizni kutaman

  45. Assalomu alaykum rostdan 9sinfni bitirib topshiriladimi yoki 11ni bitirib mi

    • Muxlisa Joraqulova

      Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakatoh. Savolim boredi Nechi yoshdan qabul qilinadi bu madrasaga va nechi yil taʼlim olinadi kantrak va grant bormi madrasada ham kantrak bolsa qancha

  46. Assalomu aleykum 11 snfni bitirib ham topshrsa buladimi?

  47. Assalomu alaykum imtihondan oldin 5ta savol nima haqida beriladi shuni aytib yuborilar

  48. Assalamu alaikum va raxmatulloxu va barokotuh yoshim 18da topshirsam boladimi yonalishlari ham bormi qachondan qabul boshlanadi

Azizaxonga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan