Bosh sahifa » Bilasizmi? » Tuyabo‘g‘iztepa

Tuyabo‘g‘iztepa

TUYABO‘G‘IZTEPA – ilk o‘rta asrlarga mansub daxmali tepaliklar (milodiy 5–8-asrlar). Tuyabo‘g‘iz suv ombori (Toshkent dengizi)ning shimoli-g‘arbiy sohili yaqinida, O‘rtaboz mavzeida joylashgan. 1959–60-yillarda (T.A’zamxo‘jayev) o‘rganilgan. Daxmalar tepalik ko‘rinishida, bo‘yi 2 m, diametri 15–20 m bo‘lgan. Ba’zi daxmalar katakombali inshootlar bo‘lib, 2,6×2 m li xonalarga ajratilgan. Mehnat qurollari, sopol idishlar, temir pichoq, tanga, marjon, chig‘anoqlar chiqqan.

foto

Ba’zi daxmalardan nauslar ochilgan. Ulardan tartibsiz suratda qo‘yilgan, silindr shaklidagi ossuariy va skeletlar topilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

“Taraqqiy”

Post Views: 167 “Taraqqiy” – jadidlar gazetasi. 1906 yil 14(27) iyundan Toshkentda chop etilgan. Noshiri …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan