Bosh sahifa » Bilasizmi? » Turkiston Sho‘rolar Jumhuriyati tashkil etilganiga 104 yil

Turkiston Sho‘rolar Jumhuriyati tashkil etilganiga 104 yil

1918 yil 20 aprel – 1 may kunlari Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V syezdi bo‘lib o‘tadi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etadi.

1918 yil 30 aprel syezd tomonidan (“markaz” ko‘rsatmasi asosida) “Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet Avtonom Respublikasi” haqida Nizomni qabul qilingan. Shuningdek ushbu syezdda Turkiston ASSRning qonun chiqaruvchi va ijro organlari ham tasdiqlanadi.

Qonun chiqaruvchi oliy organ – Markaziy Ijroiya Komiteti 36 kishidan iborat holda (4 ta mahalliy millat vakili bilan) Pyotr Kobozev, ijro organi – Xalq Komissarlari Soveti (16 kishidan iborat) Fyodor Kolesov raisligida tuziladi.

Turkiston ASSR siyosiy-maʼmuriy jihatdan sobiq Turkiston general-gubernatorligi hududini qamrab olib, O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishgacha faoliyat yuritgan .

”Turkiston kutubxonasi”

O‘xshash maqola

“Taraqqiy”

Post Views: 189 “Taraqqiy” – jadidlar gazetasi. 1906 yil 14(27) iyundan Toshkentda chop etilgan. Noshiri …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan