Bosh sahifa » Zamonaviy Toshkent » Toshkent shahridagi zamonaviy binolarning arxitekturaviy-badiiy obrazi

Toshkent shahridagi zamonaviy binolarning arxitekturaviy-badiiy obrazi

Bugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy ko‘rinishdagi talqini diqqatimizni o‘ziga jalb etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‘lsin, xoh interyerda, an’anaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‘rinishi binolarimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi (Qodirova,2004). Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, Liboslar galereyasi va yana ko‘plab mustaqillik yillarida bunyod etilgan binolarimizni kiritishimiz mumkin.

Yuqorida sanab o‘tilgan binolar ichida Xalqaro forumlar saroyi shubhasiz Toshkentda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarning eng mahobatli va ulug‘vor ko‘rinishlaridan biridir.

forumlar-saroyi

Binoning tashqarisiga nazar tashlasak, umuman olganda, u zamonaviy ruhda bajarilgan. Ammo oq marmardan ishlangan an’anaviy shakldagi ustunlar, binoning karnizidagi sharafa, yog‘och o‘ymakorlik eshiklar, turli milliy uslubdagi dekorlar an’anaviy me’morchiligimiz bilan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.

“Yoshlar ijod markazi” binosi tarzlari zamonaviy minimalizm uslubida hal qilingan. Asosiy tarzning katta yuzasini oq devorlarga kontrast holda to‘q tus berilgan oynalar egallagan. Ammo bu tarzdagi asosiy kirish oldida milliy arxitekturaga xos bo‘lgan ustunli peshtoq tashkil qilingan. Ustunlar shaklan ko‘proq zamonaviy, dekorativ elementlar deyarli ishlatilmagan.

yoshlar-ijod-saroyi

Bino karnizida elementlari yiriklashtirilgan sharafa tarzga o‘ziga xos shakl bergan.

Eski Juvada qad ko‘targan “Liboslar galereyasi” tarzlari, an’anaviy jamoat binolaridagi kabi, suvalmagan va yuqori qismi moviy gumbaz bilan yakun topgan. Binoni tashqi ko‘rinishi sarg‘imtir g‘ishtli devor, oq rangli sharafa va moviy rang gumbazning kompozitsion birligi vositasida xal qilingan. Asosiy tarzda katta yuzani zamonaviy arxitekturaga xos bo‘lgan vitrajlar egallagan. Binoning asosiy kirish qismidagi ikkita yog‘och o‘ymakorlik ustunlari bu bino arxitekturasini uning orqasida joylashgan eski “Laylakli” masjid arxitekturasiga yanada yaqinlashtiradi. Ammo ustunlarni yog‘ochdan emas toshdan ishlansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

liboslar-galereyasi

Umuman olganda, “Liboslar galereyasi” eski shaxar tarixiy zonasida zamonaviy binolar arxitekturaviy dizayni yechimi qay tarzda bo‘lishiga misol bo‘la oladi.

Poytaxtimizdagi yana bir diqqatga sazovor jamoat binolaridan biri bu yaqin o‘tmishda Toshkent shahar hokimiyati bo‘lgan hozirgi paytda Respublika Xalq banki boshqaruvi binosidir.

halq-banki

Binoni “ToshkentboshrejaLITI” instituti loyihalagan, muallif arx.F.Tursunov. Ushbu binoda an’anaviy dekorativ ornament elementlari ko‘p qo‘llanilgan bo‘lib, buni ayniqsa binoning bosh tarz qismida ko‘rish mumkin. Bosh tarzning markaz qismida islimiy naqsh bilan bezalgan peshtoq binoning arxitekturaviy obrazini to‘la ifoda etishga yordam bergan. Peshtoqdagi naqshlarda, karnizdagi sharafalarda asosan bitta oq rang qo‘llanilgan. Bu tamoyil zamonaviy arxitekturaga xos va mana shu bino arxitekturasi mustaqillik yillari me’morchiligida o‘ziga xos yo‘nalish ochib berdi.

“O‘zbekiston milliy akademik drama teatri” binosining qayta ta’mirlanishi 2001 yil 30 avgustda bitdi.

Qayta ta’mirlash loyihasini “Tashgiprogor” instituti bajargan, bino uch qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavatda vestibyul, ikkinchi va uchinchi qavatlarda esa teatr tarixiga oid muzey joylashgan. Tomosha zali 540 o‘rinli. Binoning tashqi qiyofasi an’anaviy me’morchiligimizning zamonaviy talqini ko‘rinishida ishlangan.

Marmar toshdan naqshinkor qilib ishlangan ustunlar, bino karniz qismidagi ornamentlar, serjilo oynalar, yog‘och o‘ymakorligi uslubida ishlangan kirish eshiklar va bino tepasidagi moviy gumbaz teatr tarziga betakror chiroy baxsh etib turibdi. Teatr binosi ichki interyeri ham tashqi ko‘rinishidan qolishmaydi. Vestibyul shiftidagi gumbazning ichki qismiga ganch o‘ymakor ustalari tomonidan mohirona tarzda o‘zgacha jilo berilgan. Asosiy tomosha zali shiftidagi sferik gumbaz ichida moviy osmon tasvirlangan. Devorlar bezagida turli ornamentlarimizdan foydalanilgan.

Xulosa qilib aytganda, yurtimizda qad ko‘tarayotgan ko‘p jamoat binolarda an’anaviy me’morchilik ornamentlari, uslublari qo‘llanib qyelmoqda. Me’morlar nafaqat interyer, balki tarz yechimlarida xam ganch, yog‘och o‘ymakorligi, sangtaroshlik, girix va islimiy kompozitsiyalarga ijodiy yondoshib zamonaviy va shu bilan birga yetuk arxitekturaviy-badiiy obrazga ega binolar yaratishmoqda.

Saidov A.A., (TAQI)

Adabiyot: Qodirova T.F. O‘zbekistonning istiqlol yillari me’morchiligi, Toshkent, 2004.

Maqolada mustaqillik davrida Toshkentda qurilgan ayrim jamoat binolarning arxitekturaviy-badiiy yechimi taxlil qilingan.

V statye rassmatrivayetsya arxitekturno-xudojestvennoye resheniye nekotorыx obщyestvennыx zdaniy, vozvedyonnыx v Tashkente v period nezavisimosti.

The article describes architectural-artistic decision some of public buildings are erecting in period of independence in the Tashkent.

Tayanch iboralar: me’morchilik, arxitekturaviy-badiiy obraz, sharafa, dekorativ ornament, tarz, ustun, peshtoq, gumbaz, yog‘och o‘ymakorlik, islimiy kompozitsiya, naqsh.

Manba: ARXITEKTURA. QURILISH. DIZAYN ilmiy-amaliy jurnali, 2016 yil, 2-soni

O‘xshash maqola

Shahar dizayni: nazariya va amaliyot

Post Views: 1 178 Bugun zamonaviy shaharlar ko‘p qavatli binolari, serharakat ko‘chalari, o‘ziga chorlayotgan do‘konlari, bozorlari …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan