Bosh sahifa » Zamonaviy Toshkent » Toshkent shahri tumanlari

Toshkent shahri tumanlari

Toshkent shahri tumanlarining tashkil etilishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot.

Bektemir tumani (Бектемир тумани, Бектемирский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1990 yil 27 fevraldagi 3938-XI-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Mirobod tumani (Миробод тумани, Мирабадский район) – O‘zSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1930 yil 13 yanvardagi qarori asosida Lenin rayoni nomi bilan tashkil etilgan.

1992 yil 8 may – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Toshkent shahridagi ayrim rayonlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 579-XII – sonli qarori bilan Lenin rayoni – Mirobod tumani deb qayta nomlandi.

Mirzo Ulug‘bek tumani (Мирзо Улуғбек тумани, Мирзо -Улугбекский район) – O‘zSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1929 yil 29 noyabrdagi 36/25-sonli qarori asosida Proletar rayoni nomi bilan tashkil etilgan. 1935 yil 27 fevralda rayonga Kuybishev nomi berilgan.

1992 yil 8 may – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Toshkent shahar Kuybishev rayonining nomini Mirzo Ulug‘bek tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 580-XII – sonli qarori bilan Kuybishev rayoni nomi qayta nomlanib, unga Mirzo Ulug‘bek tumani nomi berildi.

Ulug‘bek shaharchasi – 1961 yilda joyga Ulug‘bek shaharchasi nomi berilib, shahar tasarrufiga olingan.

Sergeli tumani (Сергели тумани, Сергелийский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1967 yil 20 yanvardagi 06-A-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

Olmazor tumani (Олмазор тумани, Олмазорский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1970 yil 7 dekabrdagi 1812-sonli Farmoniga asosan Sobir Rahimov nomi berilgan.

2010 yil 4 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 133-II-sonli qarori asosida Sobir Rahimov tumani nomi o‘zgartirilib, unga Olmazor tumani nomi berildi.

“Yoshlik” talabalar shaharchasi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11 fevraldagi 60-sonli qarori bilan Sobir Rahimov, hozirgi Olmazor tumani hududida tashkil etilgan.

Uchtepa tumani (Учтепа тумани, Учтепинский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1977 yil 15 sentyabrdagi 498-sonli qarori asosida Akmal Ikromov rayoni nomi bilan tashkil etilgan.

2005 yil 6 may –O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent shahrining Akmal Ikromov tumani nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 39-I-sonli qaroriga ko‘ra, Akmal Ikromov tumani nomi o‘zgartirilib, unga Uchtepa tumani nomi berildi.

Shayxontohur tumani (Шайхонтоҳур тумани, Шайхонтохурский район) – O‘zSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1929 yil 29 noyabrdagi 36/25-sonli qarori asosida Oktyabr rayoni nomi bilan tashkil etilgan.

1992 yil 8 may – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Toshkent shahridagi ayrim rayonlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 579-XII – sonli qarori bilan Oktyabr rayoni – Shayxontohur tumani deb qayta nomlandi.

Yashnobod tumani (Яшнобод тумани, Яшнободский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1968 yil 31 yanvardagi 77-sonli qarori bilan tashkil etilgan.

2014 yil 29 avgust – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toshkent shahar Hamza tumanining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi SQ-441-II-sonli qarori asosida Hamza tumaniga – Yashnobod tumani nomi berildi.

Chilonzor tumani (Чилонзор тумани, Чиланзарский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1962 yil 27 dekabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. Ushbu Farmonni tasdiqlash to‘g‘risida 1963 yil 22 martda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining Qarori qabul qilingan.

Yunusobod tumani (Юнусобод тумани, Юнусабадский район) – O‘zSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1936 yil 25 avgustda qaroriga asosan Kirov nomi bilan tashkil etilgan. 1936 yil 26 sentyabrda Toshkent shahar Soveti Prezidiumining 33-sonli protokoli qabul qilingan.

1992 yil 8 may – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Toshkent shahridagi ayrim rayonlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 579-XII – sonli qarori bilan Kirov rayoni – Yunusobod tumani deb qayta nomlandi.

Yakkasaroy tumani (Яккасарой тумани, Яккасарайский район) – O‘zSSR Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1936 yil 26 avgustdagi qarori asosida Frunze nomi bilan tashkil etilgan.

1992 yil 8 may – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Toshkent shahridagi ayrim rayonlarning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 579-XII – sonli qarori bilan Frunze rayoni – Yakkasaroy tumani deb qayta nomlandi.

Qulaylik uchun:

 

Tuman nomi o‘zbek kirill alifbosida

Tuman nomi o‘zbek lotin alifboda

Rus tilida

1. Бектемир тумани Bektemir tumani Бектемирский район
2. Миробод тумани Mirobod tumani Мирабадский район
3. Мирзо Улуғбек тумани Mirzo Ulug‘bek tumani Мирзо-Улугбекский район
4. Сергели тумани Sergeli tumani Сергелийский район
5. Олмазор тумани Olmazor tumani Олмазорский район
6. Учтепа тумани Uchtepa tumani Учтепинский район
7. Шайхонтоҳур тумани Shayxontohur tumani Шайхонтохурский район
8. Яшнобод тумани Yashnobod tumani Яшнободский район
9. Чилонзор тумани Chilonzor tumani Чиланзарский район
10. Юнусобод тумани Yunusobod tumani Юнусабадский район
11. Яккасарой тумани Yakkasaroy tumani Яккасарайский район

Ergash Ismatullayev

O‘xshash maqola

Shahar dizayni: nazariya va amaliyot

Post Views: 1 178 Bugun zamonaviy shaharlar ko‘p qavatli binolari, serharakat ko‘chalari, o‘ziga chorlayotgan do‘konlari, bozorlari …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan