Bosh sahifa » Toshkentliklar » Toshkent polvonlari. Ahmad polvon

Toshkent polvonlari. Ahmad polvon

AHMAD POLVON (Tolibboyev) (1867–1932) – mashhur o‘zbek polvoni. Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Bolaligidan baquvvat bo‘lib voyaga yetgan Ahmad polvon xalq sayillarida o‘tkaziladigan kurash musobaqalarida chiniqqan. Ahmad polvon 1895 yilda Toshkentga kelgan mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kg) bilan eski sirk binosida bellashib, kuragini yerga tekkizgan. Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidagi bellashuvlarda g‘olib kelgan Xo‘ja polvon ham unga bas kelolmagan (1904). Ahmad polvon tabiatan kamtar bo‘lgan, bellashuvlarda milliy kurash qoidalariga qat’iy rioya qilgan. «Zaxariq» qabristoniga dafn etilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

O‘zbekiston Oliy sudining birinchi raisi va uning ayanchli qismati

Post Views: 1 422 Saʼdulla Qosimov yoxud «Qosimovchilik ishi» Saʼdulla Qosimov 1901 yil Toshkent shahrida dunyoga …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan