Bosh sahifa » Toshkent tarixi » Toshkent politsiyasi

Toshkent politsiyasi

POLITSIYA – shahar va qishloq joylarda tartibni nazorat qilib turish uchun 18-asrda chor Rossiyasida tuzilgan ichki qo‘shin turi. Toshkentda 1887 yilgacha Politsiyachi vazifasini garnizon soldatlari bajargan. 1887 yildan shahar Politsiyasi shahar boshlig‘iga bo‘ysungan. Politsiyani politsmeyster boshqargan; unga mirshablar, adres stoli, Politsiya arxivi, vrachlik-politsiya komiteti ham bo‘ysungan. Toshkent 2 ta Politsiya boshqarmasiga bo‘lingan: biri Toshkentning Yangi shahar qismida, ikkinchisi Eski shahar qismida joylashgan. 1907 yil Politsiya shtati 307 kishidan iborat bo‘lgan. 1911 yil oxirida jinoiy ishlarga qarshi kurashish uchun qidiruv bo‘limi («Oxranka») ochilgan. 1917 yil Fevral inqilobidan shahar militsiyasi tashkil etilgan, Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng (1917) Politsiya apparati butunlay tugatilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Professorlar shaharchasi

Post Views: 37 PROFESSORLAR SHAHARCHASI – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi turar joy massivi. Qamarniso, Mirzo …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan