Muhammadaminbek hojining o‘g‘illari Komilbek va Karimbeklar hamda Rustambek hojining o‘g‘illari Hasanbek va Husanbeklar 1890-yillarda rus-tuzem maktabida o‘qishlari munosabati bilan bobolarining ismi Norbekdan kelib chiqqan holda “Norbekov” familiyasini olishgan edi. Chunki o‘rischa taomilga ko‘ra, rus va rus-tuzem maktablarida o‘qigan yoki gubernatorlik idoralarida ishlaganlarga, Rusiya va chet ellar bilan savdo ishlari olib boruvchilarga familiya joriy etilgan edi. 1920-yillarning ikkinchi yarmidan Norbekovlarga nisbatan …
batafsil »Teg arxivlari: Ulug‘bek Dolimov
Sulola. Dolimovlar shajarasi. Rustambek hoji Norbek o‘g‘li
Endi ikki-uch og‘iz so‘z bobokalonimiz Norbek Xaytabek o‘g‘lining uchinchi farzandi, Muhammadaminbek hojining ukasi Rustambek hoji va uning farzandlari Hasanbek va Husanbeklar haqida. Rustambek 1845 yilda tug‘ildi, katta savdogar bo‘lib yetishdi, ko‘proq G‘ulja, Koshg‘ar, O‘rimchi shaharlari bilan savdo aloqalari o‘rnatgan va bu shaharlarga tez-tez borib turgan. Rustambekning birinchi oilasi Norxonbibi baland bo‘yli, nihoyatda ko‘rkam ayol bo‘lgan, deyishardi, undan Hakimbek ismli farzand …
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. Uzoq moziyga bir nazar (Haytabek va Norbek). 2-qism
davomi…avvalgi qism 1864 yilda general Chernyayev Avliyoota (1938 yildan e’tiboran Jambul nomi bilan atalgan) va Chimkent shaharlarida erishgan g‘alabalaridan mast bo‘lib, to‘xtovsiz 1864 yilning sentyabr oyida, qish kelguncha shaharni egallash maqsadida, Toshkentga yurish boshladi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. Uzoq moziyga bir nazar (Haytabek va Norbek). 1-qism
Buvam Dolimbek hoji Muhammadaminbek hoji o‘g‘lining aytishlariga qaraganda, bobokalonimiz asli qo‘qonlik Haytabek “Amir al-muslimin” sharafli unvoniga musharraf bo‘lgan mashhur shoh va shoir, siyosiy arbob Amir Umarxonning e’tiborli saroy beklaridan bo‘lib, uning ko‘p davlat ishlarida, harbiy yurishlarida faol ishtirok etgan
batafsil »