Yunusxon (1415/17—1487), Mo‘g‘uliston xoni (1462—87) va Toshkent hokimi (1485—87). Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonimning otasi. «Boburnoma» da aytilishicha, «Yunusxon Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxonning naslidindur»
batafsil »Teg arxivlari: Toshkentnoma
Toshkentnoma. Oqqo‘rg‘on, Qo‘yliq va Mirobod mavzelari
Oqqo‘rg‘on – qadimgi Toshkent atrofidagi mavzelarning biri. Oqqo‘rg‘on hududi Oqqo‘rg‘on va Darxon (Darxonotasoy) ariqlaridan sug‘orilgan. O‘rta asr vaqf hujjatlarida Oqqo‘rg‘on yerlari Xoja Ahrorga qarashli bo‘lib, keyinchalik Xoja Ahror madrasasining vaqf yerlari hisoblangan
batafsil »Toshkentnoma. Ko‘kcha dahasi. Sag‘bon
Tadqiqotchilar fikricha Ko‘kcha nomi Koxcha, ya’ni qal’acha so‘zidan kelib chiqqan. Bu atama VI-XI asr arxeologiya yodgorligi Ko‘kcha oqtepasiga nisbatan aytilgan. Bu yerda hayot X-XI asrlargacha davom etgan. Oqtepa o‘tgan asrning 80-yillarida tekislanib tashlangan. Dahada uch darvoza (Sag‘bon, Chig‘atoy va Ko‘kcha), 57 mahalla, 47 mavze, 60 masjid va ikki madrasa bo‘lgan
batafsil »Beshyog‘och dahasi. Teshik ko‘prik tepa, Cho‘ponota kompleksi, Sergeli mavzesi, No‘g‘oyqo‘rg‘on
Teshik ko‘prik tepa. V-XIII asrlar arxeologiya yodgorligi. Chilonzor tuman Bunyodkor shoxko‘chasi, metroning Hamza bekati yaqinida 1962, 1968 yillarda K.A.Shakurin va M.I.Filanovich tomonidan o‘rganilgan. VII asrda xarobaga aylangan. IX asrda hayot bir oz tiklangan. XIII asrda mo‘g‘il bosqini tufayli hayot butunlay to‘xtagan
batafsil »Xoja Ahror Valiy (1404-1490)
Xo‘sh, Xoja Ahror kim? Bu zotning besh asrdan buyon tillardan tushmay kelishining sababi nimada? Nima uchun bu kishini Xoja Ahror Valiy deydilar? Nega bu kishi haqida ko‘plab, turli tuman mulohazalar yozib kelingan? Tarixiy manbalarda Xoja Ahror haqida g‘oyat muhim ma’lumotlar bor
batafsil »Ali Banokatiy
Ali ibn Ahmad ibn Muhammad Banokatiy husnixat sohibi – hattotlardan sanaladi. Qadimda Toshkentni Binkat, Banokat deb ham atashgan. Banokatiy Bag‘dodda vafot etganligidan u kishi bu tomonga kelib ta’lim olgan ko‘rinadi
batafsil »Ikki Iloqiy. Sharafuddin va Muhammad Iloqiylar
Olimlar tarjimai holi haqida yozilgan manbalarda ikkita Iloqiy nomi zikr etilgan. Bularning biri Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Iloqiy (vafoti 1068 yil), ikkinchisi Muhammad ibn Ali (ba’zan Adib) al-Iloqiydir (vafoti 1141). Lekin bu olimlar haqida yozganlar ularning ikkovini ham Ibn Sinoning shogirdi deb tilga olishadi
batafsil »Shoshiy-Omiriy
Shoshiy-Omiriy arab tilida ijod qilgan toshkentlik shoirlardandir. Uning to‘la ismi Abu Omir Ismoil ibn Ahmad ash-Shoshiy al-Omiriy bo‘lib, Toshkentda tug‘ilgan, keyinchalik ilm-ma’rifat qidirib Sharq o‘lkalarini kezgan
batafsil »Toshkentnoma. Kirish. Har bir so‘zda yashirin tarix
Toshkent o‘zining 2200 yillik tarixi davomida o‘z o‘rnini bir necha marta o‘zgartirib, har safar yangi-yangi nomlar qoldirgan. Uning daha, darvoza, mahalla va ko‘chalariga berilgan nomlar ma’lum ma’nolarini ifoda etadi. Mahalla va mavzelarining ko‘pi ayniqsa, darvozalari allaqachon yo‘qolib ketgan
batafsil »