Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent (page 6)

Teg arxivlari: Toshkent

Oqtepa dahasi

OQTEPA DAHASI – Shayxontohur tumanida, Quyi Bo‘zsuv kanali irmog‘i, Kamolon, Beshyog‘och dahalari va Ulug‘bek ko‘chasi oralig‘ida. Oqtepa kanali dahani Chilonzor tumanidan ajratib turadi. Tarixiy Chilonzor Oqtepasi atamasidan kelib chiqib mazkur nom bilan yuritiladi. Oqtepa dahasi hududining katta qismini, asosan, 2 qavatli hamda yakka tartibdagi uylar egallaydi. 1982–83 yillarda Toshkent shahrini rekonstruksiya qilish va obod qilish davlat loyihalash instituti loyihasi asosida …

batafsil »

Toshkent uyezdi

TOSHKENT UYEZDI – markazi Toshkent hisoblangan ma’muriy-hududiy birlik (1887–1924; 1867–86 yillarda Qurama uyezdi). 1918 gacha Turkiston general-gubernatorligi, 1918–24 yillarda Turkiston ASSR, 1926–30 yillarda Toshkent okrugi tarkibida. Maydoni 25610 kv. versta, aholisi taxminan 310 ming kishi bo‘lgan (1909). Toshkent uyezdida aksariyat o‘zbeklar, shuningdek, tatarlar, qozoqlar va boshqalar yashagan. Yerlari Chirchiq, Keles, Ohangaron va boshqa daryolardan sug‘orilgan. Aholisi, asosan, dehqonchilik (asosiy ekinlari: …

batafsil »

Toshkent. 1980 yil

Toshkent shahrining yaqin o‘tmishidan so‘zlovchi fotosuratlar (из набора открыток «Ташкент в 1980 году») Манба

batafsil »

Changtepa

CHANGTEPA – shahar xarobasi (2–13-asr boshi). Toshkentning sharqida joylashgan. Dastlab, G.V.Grigoryev (1934), keyinchalik F.Dadaboyev (1968–69), Yu.F. Buryakov (1974) tekshiruv-qazish ishlari olib borishgan. Umumiy maydoni – 12 gektar, arki – 1 gektar. Changtepaning quyi qatlamlari milodiy 2–3-asrlarga oid. Changtepadagi hayot 6-asrga kelib barham topgan, faqat 11-asrga kelib uning xarobalari ustida kichik chorbog‘ qad ko‘targan, u 13-asr boshida vayron bo‘lgan. Fotosurat manbasi …

batafsil »

Oqota

OQOTA – shahar xarobasi (milodiy 5–6 – 11-asrlar; qisman 15-asr). Toshkentning shimoli – sharqiy chekkasida joylashgan. 20-asrning 20-yillarida qayd etilgan bo‘lsa-da, birinchi arxeologik tadqiqot ishlari 1940 yil o‘tkazilgan (M.E.Voronets). Oqotaning umumiy maydoni 600×300 m, arkining balandligi 5–6 m. 1960 yil Oqotadan temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirilgan

batafsil »

Devonai Burx mozori

DEVONAI BURX MOZORI, Bo‘rqi Sarimast valiy (Shayxontohur dahasi, Fishtmasjid mahalla guzari) – Toshkentdagi ziyoratgoh qadamjolardan biri (19-asr). Sulaymon payg‘ambar (a.s.) zamondoshi bo‘lgan Osaf Burxiyo nomi bilan bog‘liq. Muhammad Solihxo‘ja Toshkandiyning yozishicha, qadamjo binosidagi baland gumbaz o‘ratepalik yuz jamoasidan bo‘lgan Qurbonboy tomonidan bino qilingan. Devonai Burx mozori Ko‘hna Urganch va Buxoroda ham uchraydi

batafsil »

Kohota Buzruk jome masjidi

Kohota Buzruk jome masjidi – sobiq Sebzor dahasining Taxtapul darvozasi yaqinida, hozirgi Shayxontohur tumani Kohota mahallasida joylashgan (taxminan 18-asr). Masjid ichida Kohota Buzruk maqbarasi joylashgan. Kohota Buzruk (Buzurg) shaxsi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud. Sharqshunos A.Nosirovning «Toshkent mashoyixlari» mavzusida to‘plagan materiallaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Kohotaning asl ismi Said Kamoliddin Shomiy bo‘lgan. Muhammad Solihxo‘ja Toshkandiyning (19-asr) yozishicha, Kohota Xoja Ahmad Yassaviy sulukiga mansub …

batafsil »

Karimov Islom Abdug‘aniyevich

KARIMOV Islom Abdug‘aniyevich (1938 yil 30 yanvar, Samarqand shahri) – yirik davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. O‘zbekiston Qahramoni (1994). O‘rta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (1967) tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi («Tashselmash») zavodida master yordamchisi sifatida boshlab, mazkur korxonada master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Bodak

BODAK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Ganchtepa, Orqako‘cha, Olmazor, Turk-Yangishahar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qishda qisman hunarmandchilik bilan, yoz mavsumida shahar tashqarisida – Do‘rmon va Yalang‘ochda dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Jo‘n madaniyati

JO‘N MADANIYATI – Qovunchi madaniyati turlaridan biri. Toshkent vohasidagi Jo‘n kanali bo‘yidan topilgan yodgorliklar (3–4-asrlar). Jo‘n madaniyati asosan, Sirdaryoning o‘rta oqimi bo‘ylab keng tarqalgan. G.V.Grigoryev, M.E.Voronets, T.G.Obolduyeva va boshqalar qazish ishlari olib borgan (1937–39). Jo‘n madaniyatiga oid mozorqo‘rg‘onlar, shahar xarobasi tekshirilgan. Turar joylar xom va pishiq g‘ishtdan qurilgan

batafsil »

Boqiy Jarroh Toshkandiy (16-asr)

BOQIY JARROH TOSHKANDIY (16-asr) – olim, tabib, shoir, musiqashunos va xattot. Toshkentda tug‘ilgan. Balx, so‘ngra Ahmadobod (Hindiston)ga borib, o‘sha yerda vafot etgan. Olim tabobatdan tashqari Davlatshoh Samarqandiyning tazkirasini ko‘chirgan (1581), bir qancha asarlarga, jumladan, «Yusuf Zulayho» dostoniga sharh yozgan, «Odob ul-munozara» asari sharhiga arab tilida hoshiya yozgan. Boqiy Toshkandiy fors tilida lirik she’rlar ham yozgan bo‘lsa-da, uni turkigo‘y shoir deyishgan

batafsil »

Muhammad Solihxo‘ja

MUHAMMAD SOLIHXO‘JA domla Rahmatxo‘ja o‘g‘li (taxminan 1830–1889) – toshkentlik tarixchi va geograf olim. Toshkentning Shayxontohur dahasidagi «Qoryog‘di» mahallasida tug‘ilgan va shu yerda yashab ijod qilgan. Muhammad Solihxo‘ja bobosi mulla Rahimxo‘ja o‘z nasabnomasi bilan Shayx Xovandi Tohurga (14-asr) borib ulanishini va u Toshkentning «Qiyot» mahallasidagi Bekmuhammadbiy masjidida imomlik qilganligini va dars ham berganligini ta’kidlaydi

batafsil »

Xoja Dovud (14 asr)

XOJA DOVUD (14-asr) – Shayx Xovandi Tohurning o‘g‘li. Qabri Shayxontohur dahasining Oqmasjid mahallasi g‘arbida, mahalla masjidining orqasida joylashgan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida keltirilishicha, o‘sha masjid ham Xoja Dovudning masjidi hisoblangan. O‘tmishda shaharliklar Xoja Dovud qabri masjidida uch kun shar’iy shartlar bilan e’tikofda bo‘lib, nafl ro‘zasini tutishgan. Xoja Dovudning qizidan naqshbandiya tariqati peshvosi Xoja Ahror dunyoga kelgan

batafsil »

Telegraf-telefon stansiyasi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining «Toshkent telegraf-telefon stansiyasi» (Navoiy ko‘chasi, 28) – ayni vaqtda Xalqaro kommutatsiya markazi (XKM) hisoblanadi. 1932 yil tashkil qilingan. Telegraf-telefon stansiyasi tezkor zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan. Quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatadi: telegraf aloqasi xizmatlari – umumiy foydalanish telegraf tarmog‘i. Xabarlarni jismoniy va yuridik shaxslarning istalgan pochta manziliga kafolatlangan va qisqa muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlaydi; «UzMAIL» xabarlarini ko‘pfunksional ishlab berish …

batafsil »