Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent (page 4)

Teg arxivlari: Toshkent

Jadidlar. Abdulmajid Qodiriy (Qodirov)

Majid Qodiriy (Qodirov) (Abdul-Majid Qodiriy), haqiqiy ismi Abdul-Majidxon Qori Abdul Qodirxon Qori o‘g‘li (2 oktyabr 1886 Qori yog‘di mahallasi, Toshkent – 5 oktyabr, 1938, Yunusobod, Toshkent) – olim, o‘zbek adibi, o‘zbek tilidagi birinchi adabiyot, tarix va matematika darsliklari muallifi, jamoat arbobi va publitsist, Turkistonda jadidchilik harakati asoschilaridan biri. Biografik ma’lumot Majid Qodiriy (Qodirov) Toshkent shahrining Shayxontohur dahasidagi Qori yog‘di mahallasida, …

batafsil »

Politsmeyster

POLITSMEYSTER, politseymeyster – 1917 yil Fevral inqilobiga qadar Toshkent shahar politsiyasi boshlig‘i. Politsmeyster mansabi 1718 yil Peterburgda yuzaga kelgan. 1782 yildan barcha gubernya va shaharlarda joriy qilingan. Toshkentda 1887 yil Yangi va Eski shaharda politsiya pristavlari boshchiligida ikki politsiya boshqarmasi tuzilgan. Politsmeyster shahar boshlig‘iga buysungan, uchastka pristavlari ishini, qamalganlarni nazorat qilib turgan, yig‘inlar va jamoat joylarida tartib saqlanishini nazorat etishga …

batafsil »

Toshkent masjidlari. «Abdulhamid hoji» jome masjidi

Masjid 1998 yilda Istirohat mahallasi faollari, jumladan Abdulhamid hoji tashabbusi bilan barpo etilgan. Abdulhamid hoji 1929 yilda Xitoy Xalq Respublikasining G‘ulja shahrida tug‘ilgan. 1955 yil Toshkent shahriga ko‘chib kelgan. 1956 yildan 1990 yilgacha oshpazlik kasbi bilan shug‘ullangan. 1998 yilda masjidni o‘z mablag‘i hisobidan qurgan. 2010-yilga qadar ushbu masjidda mutavalli bo‘lib faoliyat yuritgan. Masjid 2013 yilda qayta ta’mirlangan. Imom-xatib – Azimov …

batafsil »

Toshkent-2200. XIV–XV asrlar manbalarida Toshkent shahri va viloyati haqida ma’lumotlar

Toshkent shahri va viloyatining o‘rta asrlardagi tarixi yozma yodgorliklarda ma’lum darajada o‘z aksini topgan va XIV–XV asrlar manbalarida ham bu haqda ozmi-ko‘pmi ma’lumot uchraydi; ko‘proq tarixiy asarlarda, u yoki bu voqyelik bayonida so‘z yuritiladi va ular mazmun jihatdan ancha tarqoq. XIV–XV asr boshlariga oid davr uchun Amir Temur saltanati va XV asr birinchi yarmi uchun Mirzo Shohrux hukmdorligi xususida so‘z …

batafsil »

Yangidunyo.uz: Toshkent uchun kurash

Bolsheviklar partiyasi bosh bo‘lgan sovet hokimiyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf etishga muvaffaq bo‘lgach, endilikda bu hududda uzoqqa mo‘ljallangan o‘z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi… 1924 yil 27 oktyabr kuni O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijalariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining katta qismi Qirg‘iz (Qozoq) ASSRga qolgan ozgina qismi (Toshkent va Toshkent uyezdi) O‘zbek SSRga o‘tdi. SSSR MIQ Prezidium a’zosi …

batafsil »

Особенности и принципы прогрессивного решения планировки и застройки г. Ташкента. 1960 г.

Булатов, Митхат Сагадатдинович. Особенности и принципы прогрессивного решения планировки и застройки г. Ташкента, 1960 г. Материалы VI Сессии Академии строительства и архитектуры СССР по вопросам градостроительства. «O‘zarxiv» agentligi fondlaridan

batafsil »

“Besh bosh”

«BESH BOSH» – 20-asr boshlarida Turkiston paxta tozalash va paxta moyi ishlab chiqarish sanoatida hukmronlik qilgan aksiyadorlik jamiyati. 1914 yil tashkil qilingan. Paxtani sotib olish, paxta tozalash va paxta moyi zavodlari qurish bilan shug‘ullangan. «Besh bosh»da 5 paxta firmasi – «Vl. Alekseyev», «Br. Shlossberg», «Moskovskoye torgovo-promыshlennoye tovariщyestvo», «Fors», «Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura» birlashgan (nomi shundan). Unga 39 paxta tozalash zavodi, 5 …

batafsil »

“Chaqar”dagi (yo‘qotilgan) topilma

Toshkent shahrining qadimiy (hozir ham mavjud bo‘lgan) “Chaqar” mahallasida olib borilgan qazishma ishlarida topilgan “hammom” qoldiqlari. Ekspeditsiya yakunida ko‘mib yuborilgan va o‘rnida hozirgi Respublika rassomlik kolleji qurilgan

batafsil »

Buxoriy.uz: Toshkent allomalari

Yurtimizdan yetishib chiqqan allomalar ilm-fanning taraqqiyoti yo‘lida beqiyos xizmatlar qilishgan. Bu tarixiy, ilmiy, madaniy jarayonlarga Shosh vohasi olimlari ham katta hissa qo‘shganlar. Voha hayotidagi ma’naviy-madaniy yuksalish davrida bir qancha muhaddislar, shariat ulamolari, muarrixlar, xattotlar, shoirlar, tabiblar xizmatlarini alohida qayd etishimiz mumkin. Shoshlik olimlar hayoti va faoliyatlarini tadqiq etish ko‘hna Shosh vohasi tarixi, islom ilmlari va madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb …

batafsil »

Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – arxeologik yodgorlik (7–8-asrlar, qisman 10–12-asrlar, 15-asr), arkli qishloq xarobasi. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida, Qorasuvdan Tovkat arig‘i ajralib chiqqan yerda joylashgan. Balandligi 7 m li ark va unga tutash qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N.P. Ostroumov qazilma ishlari olib borgan. 1949 yil I.Baishev va V.M.Masson qayd qilgan. 1968 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi Sho‘rtepada tekshirish ishlari o‘tkazib, Sho‘rtepa arkining …

batafsil »

Eshonqulidodxoh madrasasi

ESHONQULIDODXOH MADRASASI (rus manbalarida Shayxontohur madrasasi) – Shayx Xovandi Tohur majmuasi tarkibidagi yirik madrasa (1840). Toshkent hokimi Lashkar qushbegining o‘g‘li, Turkiston hokimi Eshonqulidodxoh tomonidan Yunusxon madrasasining janubi-sharqida, Katta ko‘cha (hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutash yerda qurdirilgan. Madrasa Shayx Xovandi Tohurning Oltunlik masjidi yonida, qadimiy Langar hovuzi atrofida to‘rt tarafdan bir-biriga qaratib solingan binolardan tarkib topgan. O‘rtada qolgan Langar hovuzi esa Eshonqulidodxoh …

batafsil »

Shoirlar. Elbek

ELBEK (taxallusi; asl nomi Yunusov Mashriq) (1898– 1939.11.2) – shoir, tilshunos va folklorshunos. Bo‘stonliq tumanidagi Xumson qishlog‘ida tug‘ilgan. 1911 yildan Toshkentda. Avloniyning «usuli savtiya» maktabida (1914) o‘qigan. Ayni paytda bosmaxonada ishlagan. Narimonov nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumida o‘qituvchilik qilgan (1920 yildan). Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim (1931–34). Elbek «Yolqinlar» (1925), «Ko‘zgu» (1926), «Sezgilar» (1927), «Bahor» (1929), «Mehnat kuylari», «Funchalar», «Chirchiq bo‘ylarida» …

batafsil »

Shohmurod kotib

SHOHMUROD KOTIB, Muhammad Shoh Murod Kotib Shoh Ne’mat o‘g‘li (1850–1922.14.03) – xattot. Shayxontohur dahasidagi Zanjirlik mahallasida tug‘ilgan. Dovudxo‘ja kotibning shogirdi. Ma’lum muddat Ko‘kaldosh madrasasida tahsil olgan. Mir Ali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hiraviylarning nasta’liq, Yunusxo‘ja Shahrisabziyning shikasta xatlaridan ilhomlanib g‘azallarni kitobat qilgan. To‘quvchilarga yog‘ochdan «tig‘», «tarak» (to‘quvchilik asboblari) yasagan. Ko‘chirgan kitoblari oxiriga «Tig‘band» yoki «Shohimurod Tig‘bandiy» deb imzo …

batafsil »

Toshkent muzeylari

MUZEYLAR – 1917 yilgacha Toshkentdagi birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bo‘lgan. 1917 yildan keyin turli ixtisosdagi keng ekspozitsiyalarga ega bo‘lgan Muzeylar tashkil etila boshlagan. 1918 yil knyaz N.Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida Badiiy muzey (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi), 1921 yil Eski shahar muzeyi, 1926 yil O‘zbek Eski shahar muzeyi tashkil qilingan. Madaniy taraqqiyot yangi Muzeylar tashkil …

batafsil »