GULBOZOR – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Hadra va Sebzor dahasining Qoshiqchilik mahallalari bilan, Shayxontohur ko‘chasi va Chorsu bozori bilan chegaradosh bo‘lgan. Gulbozorda 200 ga yaqin xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, hunarmandchilik (tunukasozlik, bo‘z to‘qish va h.k.), dehqonchilik (mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Nazarbek, Qorasuv, CHo‘ponota mavzelarida bo‘lgan), savdo bilan shug‘ullangan. Uchta masjid, bir necha rasta, 2 qavatli mehmonxona, do‘konlar …
batafsil »Teg arxivlari: Toshkent
Allon mahallasi
ALLON MAHALLASI (Forobiy ko‘chasi, 278) – Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumanidagi mahalla. «Chimboy», «Chig‘atoy darvoza», Alisher Navoiy, «Beruniy maydoni» va «Universitet» mahallalari bilan chegaradosh. 1931 yil tashkil qilingan. «Allon» so‘zi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» va Navoiy asarlarida «Olong» (tepalik, past-balandlik ma’nosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, «Allon» Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin joydagi tepalik yerda vujudga kelgan. Aholisi 3646 kishi (2009). …
batafsil »Toshkent shahri tarixiga oid fotosuratlar
Ijtimoiy tarmoqdan olindi (Лидия Козлова tomonidan joylashtirilgan)
batafsil »Teleminora (tun og‘ushida)
Mansur Urazbaev:
batafsil »Navoiy maydoni
NAVOIY MAYDONI (o‘tgan asrning 30-yillarigacha Voskreseniye bozori, 1991 yilgacha Teatr maydoni) – shahar markazidagi maydonlardan biri. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek davlat akademik katta opera va balet teatri qurilishi (me’mor A.V. Shchusev) munosabati bilan 1947 yil tashkil topgan. Buyuk Turon, Mustafo Kamol Otaturk, Matbuotchilar, O‘zbekiston ko‘chalari bilan chegaralangan. Alisher Navoiy tavulludining 550 yilligi munosabati bilan maydonga Navoiy nomi qo‘yilgan. Navoiy maydoni …
batafsil »Toshkent, 1960 yil, Oqtepa maydoni va Muqimiy ko‘chasi (foto)
Toshkent shahrining 1960 yilga oid, Oqtepa (Chilonzor) maydoni va Muqimiy ko‘chasi fotosuratlari Fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlardan olindi
batafsil »Oqtepa maydoni
OQTEPA MAYDONI – Chilonzor va Shayxontohur tumanlari hududidagi Lutfiy, Muqimiy, Baynalmilal, Gulxaniy, Yesenin, Bog‘iston va Samarqand Darvozasi ko‘chalari tutashgan chorrahada joylashgan. Maydon o‘rtasidan Oqtepa kanali o‘tgan. Chilonzor Oqtepasi nomidan kelib chiqqan holda shu nom bilan yuritiladi. Hududdagi transport tugunini yechish va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1954–55 yillarda Oqtepa kanali ustiga ko‘prik qurilgan. Joy atrofida olib borilgan keng qamrovli qurilishlar tufayli …
batafsil »Turkiston xalq universiteti
TURKISTON XALQ UNIVERSITETI – Markaziy Osiyoda rus oliy ta’limiga asos bo‘lgan ilk o‘quv maskani. Turkiston XKSning 1918 yil 16 martdagi qarori bilan shu yil 21 aprelda Toshkentning Yangi shahar qismidagi Ozodlik uyi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasi)da ochilgan. Universitetning tashkil topishida «Oliy ta’lim tarafdorlari jamiyati» (1918 yil fevral)ga uyushgan A.V.Popov (1918 yil aprel – dekabrda universitet rektori), G.N.Cherdansev (1918 yil …
batafsil »Dahket
DAHKET – ilk o‘rta asrlarda Iloq shaharlaridan biri (7–16-asr). Dahket xarobalari Angren shahri shimolida, Ohangaron daryosi irmog‘i Dukentsoyning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Qo‘rg‘on-qal’a (balandligi 6–18 m, diametri 60 m dan ortiq) va shahriston (maydoni 10 gektardan ortiq)dan iborat. Dahketdagi eng qadimiy hayot izlari 7–8-asrlarga oid, shahar 10–12-asrlarda ravnaq topgan. Mahobatli inshootlar xarobalari saqlangan. Topilmalar orasida – kumush tangalar xazinalari, kumush bilaguzuklar …
batafsil »Shoirlar. Saidrasul Saidazizov
SAIDAZIZOV Saidrasul (1866–1933.3.2) – ma’rifatparvar, shoir, tarjimon. Toshkentda tug‘ilgan. Madrasa va rus-tuzem maktabini tugatgan (1900). Madrasada mudarrislik qilgan, rus-tuzem maktabi, o‘qituvchilar seminariyasida «sharqiya muallimi» bo‘lib ishlagan (1900 yildan). O‘zbek, tojik va arab tillarida ijod qilgan. G‘azal, fard, ruboiy, ta’rix va boshqa janrlardagi she’rlar, publitsistik maqolalar, «Ustodi avval» darsligi (1902) muallifi. G‘azallari ishqiy mavzuda, boshqa she’rlarida ilm-ma’rifatli bo‘lish, odob, axloqlilik ulug‘langan. …
batafsil »Toshkent masjidlari tarixidan
MASJID, Machit (arab tilida «sajda qilinadigan joy») – shaharda dastlabki Masjid Binkatda bunyod etilgan. Lekin bu haqda batafsil ma’lumotlar yetib kelmagan. 9–10-asr arab tarixchilari Istaxriy, Maqdisiy va ibn Havqal shahar arki yonidagi jome masjidini tilga olib o‘tgan. 13-asr muallifi Jamol Qarshiy o‘zining «Mulhaqat bi-s-suroh» asarida Shoshda ko‘plab Masjidlar bo‘lganligini ifodalash uchun «mahallalarida minglab masjidlar bor» deya ta’rif bergan edi. 13–18-asrlar …
batafsil »Islom instituti
ISLOM INSTITUTI, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti (Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47a -uy) – oliy diniy o‘quv yurti. O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Ziyovuddinxon Eshon Boboxon o‘g‘li tashabbusi bilan masjid imom-xatiblarining malakasini oshirish kurslari (1970) negizida 1971 yil Toshkentda tashkil etilgan. Dastlab Islom oliy ma’hadi deb nomlangan. 1991 yildan hozirgi nomda. Tashkil etilganda buyuk muhaddis Imom …
batafsil »Toshkent shahridagi zamonaviy binolarning arxitekturaviy-badiiy obrazi
Bugungi kunda yurtimizda yangi qurilayotgan ayrim binolarda milliylik ruhi sezilarli darajada namoyon etilgan. Binolarda ishlatilayotgan milliy ornamentlar va ularning zamonaviy ko‘rinishdagi talqini diqqatimizni o‘ziga jalb etadi. Shuni ta’kidlash lozimki, binoda xoh u tarzda bo‘lsin, xoh interyerda, an’anaviy dekorativ grafika elementlarining zamonaviy qiyofadagi ko‘rinishi binolarimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi (Qodirova,2004). Bunday binolarimiz qatoriga yangi qurilgan Xalqaro forumlar saroyi, Yoshlar ijod markazi, …
batafsil »Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi
Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi, Oxunguzar-1 masjidi (Zarqaynar ko‘chasi boshi) – Toshkentning Eski shahar mavzeidagi me’moriy yodgorlik (1775). Bozorga yaqin bo‘lganligi uchun nafaqat masjid, balki karvonsaroy vazifasini ham o‘tagan. Masjid poydevori pishiq g‘ishtdan 1,5–1,75 m qalinlikda tiklangan. Devorlarining qalinligi 1 m ni, tashqi devorlar balandligi 5,8 m ni tashkil qiladi. Ta’mirlash-tiklash ishlari jarayonida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida 17–19-asrlarga oid sopol buyumlar – …
batafsil »Afrosiyob ko‘chasi avtomobillar harakatlanishi uchun ochildi
Toshkentda Sharof Rashidov va Byoshyog‘och ko‘chalari o‘rtasidagi yo‘l qismida joylashgan Afrosiyob ko‘chasida avtotransport qatnovi ochildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri. Oqsaroy qarorgohi oldidan o‘tuvchi ko‘chadan ikki yo‘nalishda avtomobillar erkin harakatlanmoqda.
batafsil »