Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent (page 23)

Teg arxivlari: Toshkent

Toshkent gazetalari tarixi

Toshkentda Markaziy Osiyoda ilk gazetalar – «Turkestanskiye vedomosti» («Turkiston vedomostlari») va «Turkiston viloyatining gazeti» 1870 yildan chiqa boshlagan. Turkiston general-gubernatorligi tomonidan tashkil etilgan mazkur nashrlardan ko‘zlangan maqsad mustamlakachilarning yerli xalqlarga o‘zlarining siyosatlarini targ‘ib va tashviq etish bo‘lgan

batafsil »

Toshkent aholisi

Hozirgi Toshkent hududi va Toshkent vohasida yashagan eng qadimiy aholi haqida ma’lumot juda kam. Bu yerda yashagan ibtidoiy odamlarning qadimiy manzilgohlari yuqori paleolit davri (40–12-ming yillik)ga to‘g‘ri keladi. Jez davri (mil.av. 2-ming yillik)da bu hududda chorvador qabilalar, mil.av. 1-ming yillik o‘rtalarida qisman dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yashagan

batafsil »

Toshkent to‘g‘risida ba’zi ma’lumotlar

1867 yil 11 iyul – Rossiya imperatori Aleksandr II ning Farmoniga binoan Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridan iborat Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi va Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom asosida Toshkent shahar boshqarmasi tuzildi

batafsil »

Sebzor dahasi. Jangob, Registon mahallalari

Jangob mahallasi. Eskijo‘va, G‘ishtmasjid, Xadra, Chuqurqishloq mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. XVIII asrning 2-yarmida shahar 4 qismga bo‘linib ketadi. Har bir daha (Ko‘kcha, Shayxontohur, Sebzor va Beshyog‘och) alohida hokim tomonidan boshqariladigan bo‘lgan

batafsil »

Toshkentnoma. Sebzor dahasi

Sebzor (forscha — olmazor degan ma’noni bildiradi). Daha hududidan Kaykobus, Shaharariq kabi yirik ariqlar o‘tganligi sabab, soya-salqin joylar bo‘lgan. XVI asrda bu yerlarda shayboniylarning dala hovlilari joylashgan

batafsil »

Ko‘kcha dahasi. Mahallalar

Allon hozirgi Olmazor tumanidagi mahalla va ko‘cha. 1988 yilning o‘rtalarida Toshkent shahar toponimik komissiyasining majlislaridan birida Allon ko‘chasi oqsoqollarining ko‘chalarini besabab «Sberkassa» qilib o‘zgartirganlari va o‘z tarixiy nomini qaytarishlarini so‘rab yozgan shikoyatlari ko‘rib chiqildi

batafsil »

Toshkentnoma. Beshyog‘och dahasi. 1-qism

Beshyog‘och (turkiycha) beshta daraxt ma’nosida. Muhammad Solihning “Toshkentning yangi tarixi” nomli asarida Beshyog‘och qabila nomi bilan bog‘liqligi qayd etilgan. Qo‘lyozma manbalarda Zangiota dahasi deb ham yuritilgan. Dahada shaharning uch darvozasi (Samarqand, Kamolon va Beshyog‘och), besh yirik madrasa, 75 masjid, 76 mahalla va 36 mavzesi bo‘lgan. Eng qadimiy shohko‘chasi Beshyog‘och (hozirda bu ko‘cha deyarli yo‘q bo‘lib ketgan). Ko‘chadan 1903 yilda ko‘nka, …

batafsil »

Toshkentnoma. Kirish. Har bir so‘zda yashirin tarix

Toshkent o‘zining 2200 yillik tarixi davomida o‘z o‘rnini bir necha marta o‘zgartirib, har safar yangi-yangi nomlar qoldirgan. Uning daha, darvoza, mahalla va ko‘chalariga berilgan nomlar ma’lum ma’nolarini ifoda etadi. Mahalla va mavzelarining ko‘pi ayniqsa, darvozalari allaqachon yo‘qolib ketgan

batafsil »

Cho‘ponota

CHO‘PONOTA MAJMUASI (Chilonzor dahasi, 13-mavze) – gumbazli darvozaxona va maqbara (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 15-asr), masjid (asosi 19-asr oxiri – 20-asr boshi) dan iborat. Cho‘ponlar homiysi Cho‘ponota shaxsiga atab Ulug‘bek tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi. Darvozaxona hovlining janubiy tomonida

batafsil »

Mingo‘rik

MINGO‘RIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldig‘i (1–13-asrlar). Mahalliy aholi o‘rtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. To‘rtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga ekanligi ko‘rsatilgan

batafsil »

Shohruxiya

SHOHRUXIYA, Sharqiya – o‘rta asr shahar xarobasi (14–19-asrlar). Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Shohruxiyani havaskor arxeolog D.K.Zatsepin (1876), Ye.T.Smirnov (1894, 1896) o‘rgangan. 1973 yildan Shosh–Iloq ekspeditsiyasi (Yu.F. Buryakov) tekshiradi. Shohruxiya qadimiy Banokat o‘rnida vujudga kelgan

batafsil »