Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent (page 21)

Teg arxivlari: Toshkent

O‘zbekistonning qadimgi madaniyati tarixi sahifalari

Maqolada O‘zbek – Rossiya xalqaro qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasining Toshkent viloyati xududida joylashgan Obirahmat, Paltov g‘orlari va Ohangaron vodiysidagi Ko‘lbulok, Qizilolma-2 tosh davri makonlarida olib borilgan qazishma ishlarini natijalari haqida so‘z yuritilgan

batafsil »

Zayniddin Vosifiy

VOSIFIY (taxallusi; asl ismi Zayniddin Mahmud ibn Abduljamil) (1485–1551 yoki 1566) – Toshkentda uzoq vaqt istiqomat qilgan mashhur adib. Hirotda munshiy oilasida tug‘ilgan. Arab tili, adabiyot, fiqh va boshqa bilimlarni puxta egallagan. Hirotda Shohrux madrasasida tahsil ko‘rgan (1511 yilgacha)

batafsil »

Qisqa satrlarda. Pervushka

Pervushin merosxo‘rlarining vino zavodi (Vinokurennыy zavod naslednikov Pervushina) Salor arig‘ining bo‘yida, Qo‘yliq va Marin prospektlari oralig‘ida joylashgan (taxminan hozirgi Farg‘ona yo‘li va Elbek ko‘chalari kesishgan joyda). Savdogar Pervushinning o‘g‘illariga tegishli bo‘lgani sababli shunday nomlangan

batafsil »

Yunusxo‘ja

XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent to‘rt qismga — Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan. «Chorhokimlik» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu davrda dahalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar shahar xo‘jaligining, uning tashqi va ichki savdosini izdan chiqargan

batafsil »

Shosh hattotlari. Muhammad Yunus Kotib

Bizgacha ilmiy meros sifatida yetib kelgan qo‘lyozma asarlarni o‘rganar ekanmiz, o‘tmishda hattotlik san’atini sevgan hattotlar yashaganligini ko‘ramiz. Ularning sermashaqqat mehnati tufayligina har xil asarlarning qo‘lyozma nusxalari bunyod etilgan

batafsil »

Tarixi jahonnamoyi (1-qism)

…Turkistonda bo‘lgan dahshatli hodisa va noxush voqealardan keyin janobi sohibqiron (Sulton Saidxon) ning behisob lashkar ila qilg‘on harakat va junbushlari, hazrati Avliyoota fuqarosining shahidligi, o‘rus kofirlarining bedodligi va ularga (Aliquli) amirlashkarning xatmu zafar bilan bergan tanbehi haqida so‘z

batafsil »

Toshkent markazidagi ilk o‘rta asrlarga oid astronomik qurilma

Toshkentdagi Shayx Zayniddin qabristoni hududida maqbara bilan yonma-yon Chillaxona joylashgan. Quyida ushbu Chillaxona to‘g‘risida Tursunov O. S., Azizov S. X.. qalamiga mansub «Астрономический инструмент раннего Средневековья в центре Ташкента» risolasi keltirilmoqda

batafsil »

Pentti Aalto. «Toshkent»

«Иран-наме» ilmiy-ma’rifiy jurnalida bosilib chiqqan, taniqli fin filologi va sharqshunosi Pentti Aalto qalamiga mansub (rus tilida) «Имя «Ташкент» risolasi keltirilmoqda

batafsil »

Toshkandliklar. Muhammad Solih

XIX asrda Toshkentda yashab ijod etgan tarixnavis olimlardan biri Muhammad Solihdir. Muhammad Solih Raximxoja (Qoraxoja) o‘g‘li 1830 yili Toshkentning «Qoryog‘di» mahallasida dunyoga keladi. Yoshlik vaqtidayoq ilm olishga qiziqadi, Toshkent va Buxoroda ta’lim oladi

batafsil »

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Toshkent bozorlari

Toshkent Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan O‘rta Osiyoning qadimiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy markazlaridan biri bo‘lgan. Shahar muhim geografik o‘rinda – Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo-sotiq yo‘lida joylashganligi sababli, bu yerga har yili yuzlab savdo karvonlari kelib turgan

batafsil »

Tarixi Aliquli (Alimquli) amirlashkar. 6-fasl

VI. AMIRLASHKARI MARHUM IQON MUHORIBASIGA OTLANGANLARI BAYONI TURUR Andin so‘ng, Amirlashkar Iqon g‘azotiga taraddud qildilar. Biz uning asbobu anjomlarini rostlab, tamomi askariya va to‘pu to‘pxona bilan Sariog‘och yo‘lidan Chimkentga kirmay, Arsan bo‘yiga qo‘nib, undan ko‘chib, Chilik qishlog‘iga, keyin ko‘chib Iqonga qo‘ndik

batafsil »