Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent (page 2)

Teg arxivlari: Toshkent

Elmurod Zokirov. Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi hamda keyingi davrlarda muxtoriyatchilarga nisbatan qo‘llanilgan ommaviy qatag‘onlar (III)

1917 yil 27 fevralda Petrograda boshlangan inqilob Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Natijada, Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari sovetlari tuzila boshladi. 1917 yilda o‘lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat milliy ziyolilar o‘rtasida, hatto din peshvolari va oddiy halq ommasi orasida ham ommalashga edi. Ijtimoiy tafovutlarga qaramay, butun …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Degrez, Tikanlimozor, Hadra, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 200 dan oshiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, pilla chuvish, bog‘dorchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Sho‘rtepada 2 masjid, hovuz, 2 tegirmon, 2 objuvoz, 10 savdo do‘koni, 2 qabriston bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Sho‘rtepa hududida savdo shoxobchalari joylashgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Toshkent qozikaloni (Sebzor dahasi qozisi Muhammad Muhiddinxoja faoliyati)

Sebzor dahasi qozisi Muhammad Muhiddinxoja faoliyati 2200 yilligi nishonlangan Toshkent shahrining tarixi, tarixiy topografiyasi va boshqa jihatlarini o‘rganishda moziy muarrixlari tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar bilan bir qatorda hujjatlar tadqiqi ham ma’lum ahamiyatga egadir. Bunday hujjatlar to‘plamlarining ayrimlari muayyan shaxslar nomi bilan bog‘liqdir. Masalan, O‘zbekiston Markaziy Davlat arxivida F. I-164 raqami ostida saqlanayotgan “Toshkent qozikaloni” deb ataluvchi hujjatlar jamg‘armasi 1869-1892 yillarda …

batafsil »

Toshkentning bosib olinishi (1865)

19-asr o‘rtalarida Rossiya chor hukumati o‘zbek xonliklarini bosib olish maqsadida Turkiston o‘lkasi tomon harbiy yurish boshladi. Bu vaqt­da Toshkent hokimligi Qo‘qon xonligi tarkibida edi. Rus qo‘shinlari Toshkent hokimligiga qarashli Oqmasjid (1853), Pishpak, To‘qmoq, Yangiqo‘rg‘on (1860–61), Avliyoota, Turkiston va Chimkent (1864) shaharlarini qattiq janglardan keyin bosib oldi. Shundan keyin dushman qo‘shinlari uchun Toshkent tomon yurishga yo‘l ochildi. Bu davrda Toshkent yirik …

batafsil »

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi

O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI – O‘zbekiston musulmonlariga rahbarlik qiluvchi diniy tashkilot. 1943 yil 20 oktyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari qurultoyida ta’sis etilgan. Hazrati Imom majmuasi tarkibiga kiradi. Dastlab Shayx Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon hovlisida ish boshlagan. 1956 yildan Baroqxon madrasasida faoliyat yuritgan. 1992 yildan Movarounnahr musulmonlari idorasi, deb yuritilgan. 1996 yildan hozirgi nomi bilan ataladi. U davlatdan …

batafsil »

Buxoro amirligi (avvali va oxiri)

Бухоро амирлиги пул бирлиги

Siyosiy tarix. So‘nggi ashtarxoniylardan bo‘lgan Abdulfayzxon hukmronligi davrida markaziy hokimiyat zaiflashganligidan foydalangan o‘zbek urug‘lari turli viloyatlarda hokimiyatga qarshi isyon va g‘alayonlar ko‘tarishib, o‘zlarini mustaqil deb e’lon qila boshladilar. Ular orasida ashtarxoniylar saroyida katta nufuzga ega bo‘lgan, mang‘it urug‘i boshliqlardan biri Muhammad Hakimbiy otaliq (vafoti 1743y) hamda uning o‘g‘li Muhammad Rahimbiyning harakatlari ayniqsa keskin edi. Buxoroda bo‘lib o‘tayotgan tartibsizliklardan foydalangan Eron …

batafsil »

Ibrohim Shoshiy

IBROHIM SHOSHIY, to‘liq ismi Abu Ishoq Ibrohim ibn Xuzayl ibn Qumayr ibn Xoqon Shoshiy (952 yilda vafot etgan) – muhaddis. Shoshning Xarashkat shahrida tug‘ilgan. A’bd ibn Muhammad Hamidning tafsiri va musnadini o‘rganib, undan hadis ilmidan ta’lim olgan. Ibrohim Shoshiydan 930 yilda Shoshda Abu Hotam ibn Xibbon, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hamavayhi as-Saraxsiy va boshqa muhaddislar hadisdan ta’lim olishgan. Saraxs shahri …

batafsil »

O‘zbekis­ton Respublikasi Milliy kitob palatasi

KITOB PALATASI, O‘zbekis­ton Respublikasi Milliy kitob palatasi (Navoiy ko‘chasi, 30) – bibliografik markaz, O‘zbekistonda chop etilgan bosma materiallar statistikasini yuritish va ularni asrash bo‘yicha yetakchi muassasa. 1926 yil 3 yanvarda O‘zbekiston davlat kitob palatasi nomi bilan Samar­qandda tashkil etilgan. 1934 yildan Toshkent­da. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 7 yanvardagi 3-sonli qaroriga ko‘ra, unga Milliy Kitob palatasi maqomi berildi. Kitob …

batafsil »

To‘ytepa

TO‘YTEPA – shahar (1973 yildan), Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani markazi (yaqin kunlarda Toshkent viloyatining ma’muriy markazi sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda). Toshkent aglomeratsiyasida, undan 37 km. YAqin temir yo‘l stansiyasi – Chig‘iriq (5 km). Aholisi 36,7 ming kishi (2008). Qadimda Mingtepa, Nukat nomlari bilan ma’lum bo‘lgan. Shahar to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlar uning rivojlangan davri (10–12-asrlar)ga to‘g‘ri keladi. To‘ytepa avtomobil yo‘llari orqali …

batafsil »

Qadimgi mahallalar. Badrboy

«BADRBOY» – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. «Sorchabon», «Mirzag‘ozi», «Temirchi», «Chuqurko‘prik» mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik qilishgan, hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Masjid, temirchilik ustaxonasi, baqqollik do‘konlari, juvozxona, 3 tegirmon, choyxona bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida turar joy massivi qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Shoirlar. Almaiy

ALMAIY (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52–1894/95) – o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi «Mo‘yi Muborak» va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866–67). Turk, fors, arab tillarini va adabiyotini, falsafa, mantiq, huquq, musiqa, tib, xattotlik ilmini o‘rgangan. Toshkentga qaytgach, Shukurxon madrasasida mudarrislik qilgan. Erkin fikrlashi, ayrim ruhoniylar bilan ixtiloflari tufayli madrasadan ketishga majbur bo‘lgan. Umri muhtojlik va …

batafsil »

O‘MKT «Vatanparvar»

«VATANPARVAR», O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti – nodavlat notijorat tashkilot. 1991 yil 23 noyabrda tuzilgan. O‘zbekiston fuqarolarining mustaqil ommaviy-himoya, sport-texnik va vatanparvarlik jamoat tashkilotidir. Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini, uning qurolli kuchlari, mudofaa qudratini mustahkamlashga ko‘maklashish, keng xalq ommasini, xususan yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashdir. «Vatanparvar» tashkiloti davlat buyurtmasi orqali harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni harbiy-texnik tayyorlash, sport …

batafsil »