RAHMAT FAYZIY (1918.10.9–1988.18.11) – O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1978), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1968). Toshkentda tug‘ilgan. 2-jahon urushi qatnashchisi (1939–41), «Turon» gazeta va jurnali tahririyatlarida (1937–38; 1943–61), «O‘zbekfilm» kinostudiyasi (1962–65)da, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (1965–74)da mas’ul lavozimlarda ishlagan
batafsil »Teg arxivlari: Toshkent
Chiroyli surat
Ijtimoiy tarmoqlaradn olingan surat
batafsil »«Botanika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi
«BOTANIKA» ILMIY-ISHLAB CHIQARISH MARKAZI, O‘zbekiston Respublikasi FA «Botanika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 32) – 1940 yil Botanika instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1941 yildan Botanika va tuproqshunoslik instituti deb nomlangan. 1950 yildan mustaqil Botanika instituti. 1998 yil institutga Botanika bog‘i qo‘shilgach, Botanika instituti va botanika bog‘i deb ataldi
batafsil »Abdulla Fonus (1828-1914)
ABDULLA FONUS (1828–1914) – o‘zbek xalq qiziqchisi, taqlid ustasi. Toshkentda tug‘ilgan. U fonus yasab sotish bilan tirikchilik qilgan. Turli yoshdagi kishilarga, qush va hayvonlarga taqlid etgan. Uning taqlidlari ko‘pincha achchiq kulgi, hajvdan iborat bo‘lgan. Shu yo‘l bilan u turmushdagi nohaqlik va qusurlarni, xurofotni hajv qilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil
batafsil »Toshkent-2200. Xarashket shahri iqtisodi tarixidan
Toshkent vohasida antik davrdayoq shahar madaniyati shakllanib, Qanqa, Shohruxiya, Kindiktepa, Qulota, Dalvarzintepa, Qovunchitepa va boshqa o‘ndan ortiq shaharlar o‘z davrida madaniy-iqtisodiy markazlar hisoblangan. O‘rta asrlar davrida vohada shaharlar soni bir necha barobar o‘sib, ularning iqtisodiy imkoniyatlari kuchayadi
batafsil »«Sadoi Turkiston» («Turkiston ovozi») gazetasi
«SADOI TURKISTON» («Turkiston ovozi») – jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy gazetasi. 1914 yil 4 apreldan 1915 yil 10 aprelga qadar Toshkentda o‘zbek tilida nashr qilingan. Gazeta Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev (Xo‘jayev) tomonidan tashkil etilgan va uning muharrirligida faoliyat ko‘rsatgan. Gazeta haftada 1 marta 4 sahifada bosilgan
batafsil »Toshkent kurantlari
TOSHKENT KURANTLARI – Toshkentning birinchi kuranti 2-jahon urushida qozonilgan g‘alaba sharafiga shahar markazida qurilgan (1947, me’mori A.Muhamedshin; bezagida Usta Shirin qatnashgan). Minora tepasidagi zang uradigan soat mexanizmini Belorussiya frontida jang qilgan toshkentlik soatsoz usta A.A.Ayzenshteyn Sharqiy Prussiyaning Allenshteyn (hozirgi Polshaning Olshtino) shahridan esdalik sifatida keltirgan
batafsil »Tarnovboshi
TARNOVBOSHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Taxtapul, Darvozakent, Sebzor, Kohota mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Arxiv materiallariga ko‘ra, 19-asr oxirlarida Tarnovboshida 24 xonadon, 1 masjid bo‘lib, ellikboshining ismi Tosh oqsoqol deb atalgan. Aholisi (asosan, o‘zbeklar) hunarmandchilik, savdo-sotiq, dehqonchilik va bog‘dorchilik (Yunusobod, Oqtepa, Boltamozor mavzelarida) bilan shug‘ullangan
batafsil »Oilaviy marosimlar (Toshkent shahri misolida)
OILAVIY MAROSIMLAR – Toshkent aholisining oilaviy marosimlari uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etgan qadimgi madaniyati negizida xalq donishmandligi va an’analaridan biri sifatida shakllangan. Nikoh bilan bog‘liq to‘y marosimlari. Nikoh to‘yi kelinni tanlash va uning uyiga sovchilikka borishdan boshlanadi
batafsil »Shoirlar. Sobir Abdulla
SOBIR ABDULLA (1905.5.9–1972.24.10) – O‘zbekiston xalq shoiri (1965). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1944). Qo‘qonda tug‘ilgan. 1924 yildan Toshkentda. 1926–48 yillarda «Yangi Farg‘ona», «Yosh leninchi» gazetalarida adabiy xodim, «Mushtum»da bo‘lim mudiri, Andijon viloyat teatri, O‘zbek davlat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1937–71)
batafsil »Me’morlar. Svarichevskiy Georgiy Mixaylovich
SVARICHEVSKIY Georgiy Mixaylovich (1871–1936) – me’mor. 1895 yildan Toshkentda. 1899–1905 yillarda shahar me’mori, 1906–1917 yillarda general-gubernatorlik mahkamasining qurilish bo‘yicha maxsus topshiriqlarini bajaruvchi ma’mur
batafsil »Mavzelar
MAVZE – odatda toshkentliklarning shahar devoridan tashqarida dehqonchilik qilgan yerlari. Toshkent aholisining anchagina qismi qishda biron-bir kasb bilan shug‘ullanib, erta bahorda ko‘ch-ko‘roni bilan Mavzelardagi qo‘rg‘onlari (bog‘ uylari)ga ko‘chib chiqishgan. Kech kuzda, hosil yig‘ilgandan keyin shahardagi xonadonlariga qaytishgan. Deyarli har mahalla o‘z Mavzesiga ega bo‘lgan
batafsil »Chuvalachi
CHUVALACHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Teshikqopqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh. 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Chuvalachida tegirmon, bir necha baqqollik do‘konlari, choyxona, masjid bo‘lgan (20-asr boshi)
batafsil »«Roziqboy» mahallasi
ROZIQBOY – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Teshaboy, Badalboy, Arpapoya mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Taxminan 80 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qo‘ychilik, hunarmandchilik, baqqollik bilan shug‘ullangan. Maktab, masjid, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi hududida Olmazor dahasining turar joy binolari qurilgan
batafsil »Tarnaushtepa
TARNAUSHTEPA – arxeologik yodgorlik, arki va unga yondosh qishlog‘i bo‘lgan shahar xarobasi (7–8-asrlar va 10–15-asrlar). Toshkentning sharqiy chekkasida. Baxt ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan. Ark o‘rnida xom g‘isht va paxsadan ilk o‘rta asrlarda bunyod etilgan mahobatli inshoot bo‘lgan. Qishloq hududi o‘rnida hozirda turar joy binolari qad ko‘targan
batafsil »