Bosh sahifa » Teg arxivlari: Toshkent

Teg arxivlari: Toshkent

Система водного права и водопользования в Ташкенте, сложившаяся к моменту российского завоевания

После того, как во второй половине XIX в. Туркестанский край стал частью Российской империи и было образовано Туркестанское генерал-губернаторство, главной целью правительства стала реализация политики, направленной на подчинение экономики региона интересам экономики империи. Известно, что в конце XIX — начале XX вв. в России стремительно развивалась текстильная промышленность, и растущий спрос на сырье, к тому же риск остановки экспорта хлопка из …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Govkush

GOVKUSH – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Xo‘ja Ro‘shnoyi, Balandmasjid, Degrez mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan va Shayxontohur ko‘chasi (Toshko‘cha; hozirgi Navoiy ko‘chasi)ga tutashgan. Aholisi 600 ga yaqin kishi; asosan, o‘zbeklar. Shayxontohur arig‘idan suv ichgan. Aksariyat aholisi to‘qimachilik, kosibchilik va boshqa hunarlar bilan shug‘ullangan. Do‘kon, masjid bo‘lgan (20-asr boshlari). Mahalla aholisining dehqonchilik yerlari va bog‘lari Otchoparda va Tovkattepada bo‘lgan. Govkushning hozirgi hududida …

batafsil »

Rashidov Sharof Rashidovich

RASHIDOV Sharof Rashidovich (1917.6.11–1983.31.10) – davlat va jamoat arbobi, yozuvchi. Jizzax pedagogika texnikumini (1935), SamDUning filologiya fakultetini tugatgan (1941). Samarqand viloyati gazetasida mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari va muharrir (1937–41, 1943). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941 yil noyab. – 1942). O‘zbekiston KP Samarqand viloyati komiteti kotibi (1944–47). 1947 yildan Toshkentda. «Qizil O‘zbekiston» gazetasi muharriri (1947–49), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949–50). O‘zbekiston …

batafsil »

Sergeli (sergili)

SERGELI, sergili – o‘zbek va qozoq xalqi (Katta juz) tarkibiga kirgan qabila. Sergelilarning bir qismi Zarafshon vohasi qipchoqlari va Jizzax viloyatlari yuzlarining tarkibiga mayda urug‘ sifatida qo‘shilgan. Toshkent uyezdining Yettikent, Oqjar, Zangiota, Qo‘shqo‘rg‘on, Niyozbek volostlari va Toshkent vohasida Sergelilar 1074 xonadon (8125 kishi)ni tashkil etgan (1920 yilgi aholi ro‘yxati). 19–20-asr boshlarida Qoziqurt, Karjon, Chimyon tog‘lari etaklarida, Bodom, Keles, Chirchiq, Oqsoqota …

batafsil »

Tumanlarni birlashtiruvchi yo‘ldan fotolavha (2-qism)

Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini bog‘lovchi ko‘prik va yo‘lda ishlar deyarli yakunlandi. Ushbu qurilishda ishtirok etayotgan ishchilarning so‘zlariga ko‘ra yaqin bir-ikki kun ichida ko‘prik va yo‘lning rasmiy foydalanishga topshirilishi kutilmoqda

batafsil »

“Xadichai Kubro” madrasasi

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 1993 yili “Eshon Boboxon” nomi ostida o‘z faoliyatini boshladi. Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari uchun o‘rta ma’lumotli dinshunos, odobnoma, boshlang‘ich arab tili o‘qituvchisi tayyorlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining 1998 yil 15 iyuldagi majlis qarori asosidagi № 295-sonli bo‘yrug‘i bilan “Xadichai Kubro” nomiga o‘zgartirildi va “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta …

batafsil »

Bir yarim asr din xizmatida (muftiy Eshon Boboxon va avlodlari)

Sakson olti yoshdaman. Yurtimizda din ravnaqi yo‘lida ko‘p xizmat qilgan tabarruk sulolaning bir a’zosi sifatida padari buzrukvorim Eshon Boboxon hazratlari va u zotning zurriyotlari haqidagi xotiralar qo‘limga qalam tutqazdi. 1928 yili otam Eshon Boboxonning yer- suv, mol-mulklari, shahar hovlilari musodara qilindi. Otam bilan birga Zaynuddinxon akam ham ko‘p vaqt yashirinib yurishga majbur bo‘ldi. 1929-1930 yillari organ xodimlari ularni olib ketib …

batafsil »

Turkiston sharq instituti

TURKISTON SHARQ INSTITUTI – Toshkentdagi ilk oliy o‘quv yurtlaridan biri. Institutda sharq­shunoslar tayyorlangan. 1918 yil tashkil qilingan. O‘qish muddati talaba va erkin tinglovchilar uchun 4 yil bo‘lgan. Institut­da 3 bo‘lim (ilmiy-nazariy, amaliy, 1922 yildan mahalliy millat vakillari uchun tayyorlov), 12 kafedra (eronshunoslik, turkshunoslik, arabshunoslik, tilshunoslik, falsafa, siyosiy iqtisod, islomshunoslik, davlat huquqi, musulmon Sharqi tarixi, etnografiya, musulmon san’ati, xalqaro huquq) bo‘lgan. …

batafsil »

Toshkent islom institutining tashkil etilishi

Mamlakatimizdagi diniy bilim yurtlari – madrasalar qadim tarixga ega bo‘lib, ularning dovrug‘i butun musulmon olamiga tarqalgan. Masalan, «Islom dinining qubbasi» hisoblangan Buxoro shahrida XX asrning boshlarida 130 ta madrasa faoliyat ko‘rsatgan. Lekin sho‘ro hukumatining dahriylik siyosati, dinga qarshi kurash, barcha masjid va madrasalar yopib yuborilishi natijasida 1928 yilga kelib O‘zbekistonda diniy ta’lim tizimi batamom to‘xtatildi. Ikkinchi jahon urushi davrida sho‘ro …

batafsil »

Toshkentcha osh (palov)

Ushbu suratlar toshkentcha osh tayyorlash jarayonidan olingan (izohlarsiz ham tushunarli bo‘lgan suratlar) Oshpaz Umid Usmonov, suratlar muallifi ES

batafsil »

Toshkent-2200. Beruniy va Ptolemey Toshkent haqida

Toshkentning 1983 yilda nishonlangan 2000 yilligi yodimizda. O‘shanda, asosan arxeologik qazishmalarga asoslanib, o‘sha sana nishonlangan edi. Toshkent haqida tarixiy manbalarda eslatilishi ham qariyb 2000 yilga borib qoladi. Tarixiy tadqiqotlar tajribasi ko‘rsatishicha, biror shahar yoki davlatning yozma manbada eslatilishi bu ob’yektlarning paydo bo‘lishidan 2-3 asr, ba’zan esa 5 asr kech keladi. Shuning uchun Toshkentning tarixini ham bemalol ikki ming yildan ortiq …

batafsil »

Darveshxon

DARVESHXON, Darvesh sulton (?–1578) – Toshkent va Turkiston hokimi (1556–78). Shayboniylar sulolasidan. Baroqxonning to‘ng‘ich o‘g‘li. Suyunchxo‘jaxonning nabirasi. Ukasi Bobo sulton bilan birgalikda Movarounnahrda hukmron bo‘­lish uchun Buxoro xoni Iskandarxon va Abdullaxon II ga qarshi urushlar olib borgan. Xususan, 1557 yil Ilono‘tti mavzeida Abdullaxon bilan jang qilgan, jangda yengilgach, birmuncha vaqt Abdullaxon bilan ittifoqda bo‘lgan. Biroq ukasi Bobo sulton Abdullaxonga bo‘yin …

batafsil »

Burganli madaniyati

BURGANLI MADANIYATI – so‘nggi jez va ilk temir davriga mansub arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshi – 6–4-asrlar). Toshkent yaqinidagi Burganlisoy sohilida (Chirchiq vodiysida) ochilgan manzilgoh nomi bilan atalgan. Toshkent viloyatidagi Ohangaron daryosi, Jo‘nariq va Salor kanali tarmoqlari havzalarida tarqalgan. Burganli madaniyatiga oid dastlabki yodgorliklar 1934 yil arxeolog G.V.Gri­gor­yev tomonidan Qovunchitepaning ostki qatlamlaridan topilgan. A.I.Terenojkin tomonidan (1940) Burganli …

batafsil »

Ko‘kto‘nlikota

KO‘KTO‘NLIKOTA – qabri Shayx Xovandi Tohur qabri orqasidagi chinor ostida, ariq bo‘yida joylashgan. Rivoyatlarga qaraganda, Ko‘kto‘nlikota Shayx Xovandi Tohurning jorubkashi bo‘lgan. Ko‘kyo‘tal kasaliga uchragan bemorlar Ko‘kto‘nliotani ziyorat qilib, kasallikdan forig‘ bo‘lgan. Arxiv hujjatlariga ko‘ra, Toshkentda Ko‘kto‘nliota qadamjo mozori bundan tash­qari bir necha joyda (Sebzordagi Xo‘jako‘cha, Taxtapul va Chuvalachi, Ko‘kcha dahasining Kallaxona mahallasida) uchraydi. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Toshkent-2200. Toshkent mahalla – ko‘ylarining ayrim tarixiy nomlari semantikasi

Poytaxtimizning tarixiy manzarasida asrlar osha qad ko‘targan son-sanoqsiz turarjoylar toponimiyasida o‘ziga xos beniyoz ma’noyu sifatlarni anglatuvchi turli fonetik shakllardagi atamalar qayd etiladi. Ularda nafaqat shahar va uning tevarak atrofi tabiati, xususan pastu balandliklardan iborat yer sathi yoki shaharliklarning obi hayot manbai anhoru sug‘orish tarmoqlari, balki shahar ma’muriy qismlarining ko‘rki bo‘lgan daha, mahalla-ko‘y, imoratu inshootlari va ularda o‘z in’ikosini jilolagan shaharsozlik …

batafsil »