Bosh sahifa » Teg arxivlari: «Toshkent» ensiklopediyasi (page 4)

Teg arxivlari: «Toshkent» ensiklopediyasi

Toshkent masjidlari. To‘xtaboy jome masjidi

TO‘XTABOY JOME MASJIDI, To‘xtaboyvachcha masjidi (Forobiy ko‘chasi, 13) – 20-asr boshiga oid me’moriy yodgorlik (1908). Shu mahallalik tijoratchi boylardan To‘xtaboyota tomonidan qurilgan. Masjid 1500–2000 namozxonga mo‘ljallangan. 1998 yil avgustda ro‘yxatdan o‘tgan

batafsil »

«O‘zbekiston» anjumanlar sayroyi

«O‘ZBEKISTON» ANJUMANLAR SAROYI (Taraqqiyot ko‘ch., 1) – Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan qurilgan muhtasham inshoot («Tashgiprogor» va «Po‘lat qurilma loyiha» institutlari loyihasi asosida; bosh pudratchi – «Neftgazmontaj» qo‘shma korxonasi). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 5 iyundagi qarori asosida bunyod etilgan

batafsil »

Taxtapul

TAXTAPUL – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Teshikqopqa (Darvishakqopqa), Tarnovboshi, Kohota, Chilto‘g‘on mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Bir chekkasi shahar mudofaa devoriga tutashgan; shahar darvozalaridan biri – Taxtapul darvoza shu yerda bo‘lgan. Arxiv materiallariga ko‘ra, 4 qismga (1-Taxtapul, 2-Taxtapul-mo‘g‘ol, 3-Taxtapul, Yuqori Taxtapul) bo‘lingan

batafsil »

«Toshkent ruhi»

«TOSHKENT RUHI» – Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining 1958 yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan Toshkent konferensiyasida yuzaga kelgan siyosiy atama. O‘shanda konferensiyada qatnashgan yozuvchilarning nutq va ma’ruzalari tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot, do‘stlik va hamkorlik, baynalmilalchilik, demokratiya ruhi bilan sug‘orilgan edi. Ana shularning hammasi «Toshkent ruhi» iborasida yaqqol aks etgan

batafsil »

Ma’rifatparvarlar. Shokirjon Rahimiy

RAHIMIY Shokirjon (1898–1938.4.10) – ma’rifatparvar, taraqqiyparvar pedagog. Toshkentda tug‘ilgan. Otasi qo‘lida xat-savodini chiqargach, madrasada, usuli jadid maktabi va kechki rus-tuzem maktabida o‘qigan (1903–09). «Rahimiya» maktabida o‘qituvchilik qilgan (1909–19)

batafsil »

Chuqurko‘prik

CHUQURKO‘PRIK – Beshyog‘och dahasidagi qadimgi mahalla. Mirlar, Zangiota, Badrboy, Eshonguzar mahallalari bilan chegaradosh. 300 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), hunarmandchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Choch tili

Choch tili – qadimgi tillardan biri. Choch aholisining turmushi, madaniyati haqida 10–12-asrlar manbalari ilgarigi asrlarga qaraganda ko‘proq ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan

batafsil »

Xo‘ja Parixontepa

XO‘JA PARIXONTEPA, Xo‘jafarxon – ilk o‘rta asrlarga oid arxeologik yodgorlik, otashparastlar qabristoni (milodiy 6–7-asrlar). Beruniy va Kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishgan yerda joylashgan. 1988 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (M.I.Filanovich) tomonidan o‘rganilgan

batafsil »

Obrlig‘ (Arbilax)

OBRLIG‘, Arbilax – o‘rta asrlarda Iloq shaharlaridan biri (5-15-asrlar). Angren shahridan janubi-g‘arbda, Ohangaron daryosining chap qirg‘og‘ida, Obliq qishlog‘ining sharqiy qismida joylashgan. 1962-63 yillarda Yu.F.Buryakov tadqiq qilgan

batafsil »

Ma’rifatparvarlar. Sadriddinxon muftiy

SADRIDDINXON MUFTIY, Sadriddinxon Sharifxo‘jayev (1878-1946, Qandahor) – ma’rifatparvar, yirik ulamo. Toshkentda tug‘ilgan. Sharifxo‘ja qozining o‘g‘li. Dastlab Toshkentdagi rus-tuzem maktabida o‘qigan. Yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. Buxoroda Mir Arab madrasasini tugatgan. Muftiy unvoni bilan qozixonada ishlagan va mudarrislik qilgan

batafsil »