Bosh sahifa » Teg arxivlari: «Toshkent» ensiklopediyasi (page 3)

Teg arxivlari: «Toshkent» ensiklopediyasi

Do‘stum (Abdul-quddus) sulton

DO‘STUM SULTON, Abdul-quddus sulton (?–1598) – Toshkent hokimi (1580 yildan). Shayboniylardan. Iskandarxon ibn Jonibekxon (Buxoro xoni)ning o‘g‘li. Abdullaxon II ning akasi. Dastlab (1560 yildan) Karmana hokimi bo‘lgan. Do‘stum sulton she’riyatga havasmand bo‘lib, o‘zi ham she’rlar yozgan. 1598 yil jiyani, Buxoro xoni Abdulmo‘minxon tomonidan farzandlari bilan birgalikda Toshkentda qatl etilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Do‘rmon

DO‘RMON – o‘zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Do‘rmon mo‘g‘ulcha «to‘rt» demakdir. To‘rtta urug‘dan tashkil topgani uchun shunday atalgan bo‘lishi mumkin. Do‘rmon qabilasi 15-asrda O‘zbek ulusida katta nufuzga ega bo‘lgan. Do‘rmonlar 16-asr boshlaridan e’tiboran O‘rta Osiyo hududiga kelib o‘rnashib, Buxoro xonligining siyosiy hayotida faol qatnashgan. Do‘rmonning bir qismi Toshkent vohasiga kelib joylashgan va joy nomi atamasi sifatida saqlanib qolgan (Toshkent …

batafsil »

Xotinmasjid, O‘rozaliboy jome masjidi

XOTINMASJID, O‘rozaliboy jome masjidi – o‘tmishda Sebzor dahasining Xotinmasjid mahallasidagi masjid (1754). Toshkentning yirik va qadimiy masjidlaridan, noyob me’moriy yodgorlik bo‘lgan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asariga ko‘ra, o‘tmishda bir ayol tomonidan qurilgani uchun shunday atalgan. 1858–59 yillarda Toshkentlik O‘rozaliboy tomonidan ta’mirlangach, uning nomi bilan ham atala boshlangan. Xotinmasjid Beklarbegi madrasasining sharqida, Eskijo‘va mavzeida joylashgan bo‘lib, uning qoshida bir hujra, maktab va …

batafsil »

Labzak arig‘i (Jangob)

LABZAK ARIG‘I, Jangob – Bo‘zsuv kanalining o‘ng tarmoqlaridan biri, shahar hududida sharqdan g‘arb yo‘nalishida oqadi, suvi Quyi Bo‘zsuv arig‘iga qo‘shiladi. Uzunligi taxminan 4 km. «Labzak» nomi «labi zax» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «zaxkash yer» ma’nosini anglatadi. Manbalarda shu nomli ariq 19-asrdan boshlab uchraydi. Xalq orasida «Jangob» degan nomi ham mashhur, bu nom qadimiyroqdir. Bu ariq 18-asrda shahar markazidan oqib o‘tgan. …

batafsil »

Bo‘rijar (Bo‘rjar)

BO‘RIJAR (Bo‘rjar) – kanal, Bo‘zsuvning chap tarmog‘i. Oqtepa GES yuqorisidan boshlanadi. Uzunligi 5,4 km, suv sarfi 33 m3/s. Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari hududidan oqadi. Bobur, Muqimiy, CHo‘ponota, Farhod, Do‘mbir­obod ko‘chasi hamda Katta O‘zbekiston trakti, Toshkent – Samarqand temir yo‘lini kesib o‘tib, Salor kanaliga qu­yiladi. Kanalning o‘zani chuqur bo‘lib, qirg‘oqlari tik. Ba’zi joylarida qirg‘oq yonbag‘irlarining balandligi 20–25 m ga yetadi, quyi …

batafsil »

Xayrobod eshon majmuasi

XAYROBOD ESHON MAJMUASI (Qatortol ko‘chasi) – me’moriy yodgorlik (18–19-asrlar). Xayr­obod eshon mablag‘iga usta Qoraxo‘ja rahbarligida bunyod etilgan. Majmua masjid, maqbara, hovuzli hovlidan iborat. Maqbara trapetsiya tarhli (7,5×7,7 m), bezaksiz, pishiq g‘ishtdan ganch qorishmasida barpo etilgan. Masjid to‘rtburchak xonali (12,5×16,5 m), oldi va shim. tomondan ustunli ayvonlar bilan tutashgan. Masjidning ichki devorlariga taxmonlar va navoli tokchalar ishlangan. Ayvonlar islimiy naqshlar bilan …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Ochmasjid

OQMASJID – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Jarko‘cha, Xo‘jaro‘shnoi, Darxon, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahallada 400 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, mayda hunarmandchilik, shuningdek shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. 4 masjid, 2 choyxona, baqqollik do‘konlari bo‘lgan (20-asr boshlari). Hozirgi Oqmasjid hududida Labzak mavzei qurilgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

«Kolizey» (Toshkent)

«KOLIZEY» (Jizzax ko‘chasi; hozirgi Buxoro ko‘chasi, 10) – teatr tomoshalari uchun sanoatchi G.M.Sinsadze qurdirgan bino, 1903 yil qurila boshlagan (me’mor E.F.Gofman). «Kolizey» lotincha – mahobatli demak. Qadimda Rim shahrida flaviylar amfiteatri shunday atalgan. «Kolizey» avval sirk tomoshalari uchun mo‘ljallangan, zal sahnasining shifti temirdan, gumbaz shaklida ishlangan. Dastlab bu yerda sayyor sirk truppalari tomosha ko‘rsatgan, keyinchalik zaldan turli teatr tomoshalari uchun …

batafsil »

Lutfiy (Lutfiyi Shoshiy)

LUTFIY (1366–1465), Mavlono Lutfiy – o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». YAqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Dehikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun ul-balog‘a» asari topilgach, undagi «ma’dan ul-latoyif Lutfiyi Shoshiy» jumlalariga asoslanib, Lutfiyning ona vatani Toshkent bo‘lgan, degan fikr ham ilgari surildi. Lutfiyning hayot yo‘li …

batafsil »

Mahmud dasturxonchi madrasasi (1833)

MAHMUD DASTURXONCHI MADRASASI (1833) – Toshkentdagi Degrez mahallasida joylashgan madrasa. Mahmud dasturxonchi (to‘liq ismi Mahmud Bobo dasturxonchi Hasanjon o‘g‘li) Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning vaziri va Lashkar beklarbegining yaqin do‘sti bo‘lgan. Uning nomida 2 ta madrasa bo‘lgan, biri – Toshkentda – Sebzor dahasining YUqori Degrez mahallasida, ikkinchisi – Qo‘qonda. Toshkentdagi Mahmud dasturxonchi madrasasi, vaqfnoma shartiga ko‘ra, Qo‘qondagi madrasa bilan birga Mahmud …

batafsil »

Toshkent zilzilalari

ZILZILA, Toshkent zilzilalari – Toshkent seysmik jihatdan xavf­li Toshkent-Piskom seysmogen zonasida joylashgan. Toshkentda so‘nggi 150 yil davomida 10 ga yaqin kuchli zilzila (1866 yil aprel, 1868  yil 4 fevral va 4 aprel, 1886 yil 29 noyabr, 1924 yil 7 iyun, 1959 yil 24 oktyabr,1966 yil 26 aprel, 1980 yil 11 dekabr, 2008 yil 22 avgustdagi zilzilalar) bo‘lib o‘tgan

batafsil »

Niyozbek yo‘li ko‘chasi

NIYOZBEK YO‘LI KO‘CHASI – Yunusobod tumanining «Turon» mahallasi, Mirzo Ulug‘bek tumanining «Amir Temur» mahallasi hududida joylashgan. Toshkentning qadimgi ko‘chalaridan biri. Amir Temur shohko‘chasi va Qori-Niyoziy ko‘chasi oralig‘ida. Uzunligi 1,5 km atrofida. 19-asrning 2-yarmida tashkil topgan

batafsil »

Muin xalfa bobo maqbarasi

MUIN XALFA BOBO MAQBARASI (Qorasaroy ko‘chasi, 89) – me’moriy yodgorlik (19-asr). Toshkentlik eshon Muin xalfa bobo (1883 yil vafot etgan)ga atab qurilgan. To‘g‘ri to‘rtburchak tarhli (5,48×6,16 m) bino, yolg‘iz kvadrat xona (3,05×3,05 m) va unga tutash ayvondan iborat. Xona ichida ikki sag‘ana bor (xalfaning o‘zi va o‘g‘li dafn etilgan)

batafsil »

Moytepa

MOYTEPA – shahar xarobasi (7-13-asr boshi). Toshkentning janubi-g‘arbiy chekkasida, Zangiotada joylashgan. Dastlab (1934) arxeolog G.V.Grigorev tomonidan o‘rganilgan. 1948 yil Moytepadan tangalar topilgan, ulardan 2 tasi Banokatning qoraxoniylar sulolasiga mansub mahalliy hokimi tomonidan 12-asr oxiri – 13-asr boshida zarb etilgan, uchinchi tanga oltindan yasalib, 13-asr oxiri – 14-asr boshiga oid

batafsil »

Zanjirlik

ZANJIRLIK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Quduqboshi, Mergancha, Padarkush mahallalari bilan chegaradosh. Quyi va Yuqori Zanjirlikka bo‘lingan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlarida (Avayxon, Tovkattepa, Askiya, Labzak) dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Shayxontohur arig‘idan suv ichilgan

batafsil »