Bosh sahifa » Teg arxivlari: sulola

Teg arxivlari: sulola

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 20-30-yillar

1924 yilda Dolimbek uchinchi farzandi Nasira (1902 – 1984)ni Muhammad Solih (kelajakda kolxoz raisi)ga turmushga uzatadi, lekin uzoq vaqt farzand ko‘rishmaydi va ajralishadi. Birmuncha vaqt o‘tgach, 1931 yili Dolimbek Nasirani tog‘asi Rasulboyning eng katta o‘g‘li Abdumajid (1875 – 1953)ga uzatadi. Majid akaning yoshi ancha ulug‘ edi. Shuning uchun Nasira ammam “meni otam tengiga uzatasizlarmi!?” deb yig‘laganini aytishardi. Bu oiladan 3 …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Toshmuhamedov To‘lagan Rasulovich

Toshmuhamedov To‘lagan Rasulovich – Zohida ammam va Toshmuhammad pochchaning eng katta o‘g‘li, Dolimbek hoji nabiralarining eng kattasi bo‘lib, sho‘rolar davrida Dolimbek farzandlari va nabiralari orasida birdan-bir katta lavozimlarda ishlagan injener, olim, davlat va jamoat arbobidir. U 1920 yili tug‘ildi. Otasi Toshmuhammad Rasulboy o‘g‘li ma’rifatli savdogarlardan bo‘lib, onasi Zohida Dolimbek qizi o‘qimishli ayollardan bo‘lgan. Dahshatli 30-yillarda sho‘ro hukumati tomonidan otasi Toshmuhammadning …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Dolimbek hoji Muhammadaminbek hoji o‘g‘li

Muhammadaminbek hojining o‘g‘illari Komilbek va Karimbeklar hamda Rustambek hojining o‘g‘illari Hasanbek va Husanbeklar 1890-yillarda rus-tuzem maktabida o‘qishlari munosabati bilan bobolarining ismi Norbekdan kelib chiqqan holda “Norbekov” familiyasini olishgan edi. Chunki o‘rischa taomilga ko‘ra, rus va rus-tuzem maktablarida o‘qigan yoki gubernatorlik idoralarida ishlaganlarga, Rusiya va chet ellar bilan savdo ishlari olib boruvchilarga familiya joriy etilgan edi. 1920-yillarning ikkinchi yarmidan Norbekovlarga nisbatan …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Rustambek hoji Norbek o‘g‘li

Endi ikki-uch og‘iz so‘z bobokalonimiz Norbek Xaytabek o‘g‘lining uchinchi farzandi, Muhammadaminbek hojining ukasi Rustambek hoji va uning farzandlari Hasanbek va Husanbeklar haqida. Rustambek 1845 yilda tug‘ildi, katta savdogar bo‘lib yetishdi, ko‘proq G‘ulja, Koshg‘ar, O‘rimchi shaharlari bilan savdo aloqalari o‘rnatgan va bu shaharlarga tez-tez borib turgan. Rustambekning birinchi oilasi Norxonbibi baland bo‘yli, nihoyatda ko‘rkam ayol bo‘lgan, deyishardi, undan Hakimbek ismli farzand …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Karimbek Norbekov

Toshkentga kelishdan qo‘rqib, G‘uljaga ketishga jazm qilgan Karimbek Norbekovning hayoti bir oz boshqacharoq kechdi. Vatanidan quvg‘in qilingan ko‘plab o‘rta osiyolik sho‘ro muhojirlari qatorida u ham Sibir surgunidan qochib, G‘uljaga panoh izlab kirib bordi. Karimbek otam 1967 yili bizning hovlimizda bo‘lganlarida G‘uljada kechgan hayotlari haqida adam va oyimlarga birmuncha gapirib bergan edilar: “Biz toshkantlik besh kishi 1936 yilning yozida hammamizga yaxshi …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Muhiddinbek va Faxriddinbek Komilovlar

Muhiddinbek Komilov – Komilbek Norbekovning birinchi o‘g‘il farzandi, 1918 yilda tug‘ilgan. 1939 yili politexnika institutiga o‘qishga kiradi va  uzoq haydalishlardan so‘ng 1947 yili tugatib, injener-energetik bo‘lib yetishadi. Muhiddin aka otasi surgun qilingandan keyin ham ancha dabdabali hayot kechirgan, otasidan qolgan katta boylikni jo‘ya va nojo‘ya ishlarga sarf qilgan. Urush jarohatlari hali tugamagan, ko‘plab xonadonlarda aza, xalq yarim och, yarim to‘q …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. «Muallimlar jamiyati»

1916 yil o‘rtalarida Munavvaqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy hamda aka-uka Komilbek va Karimbek Norbekovlar hamkorlikda “Muallimlar jamiyati”ni tashkil etadilar. Jamiyatning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan chet el oliy o‘quv yurtlariga yuborish, Vatanimizda kelgusida ochilajak oliy o‘quv yurti uchun zamonaviy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis pedagoglar tayyorlash, jadid maktablari tashkil etish va ular uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar nashr etish edi

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Ma’naviyat

Mustamlaka o‘lkada kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi bilan yaramas, o‘ta qabih illatlarni ham olib keldi. Bu illatlar mahalliy xalq axloqiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi: mehmonxonalarda, restoranlarda “doim fiyon” (Ishoqxon Ibrat) bo‘lib yurish hollari vujudga keldi

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 6-qism. Norbekovlar matbaasi

O‘tgan asrning 10-yillaridan boshlab, oilalari kattalashib qolgan uch aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbeklar otalari Muhammadaminbek hoji maslahati bilan Sag‘bondagi joylarini alohida-alohida uch hovliga bo‘lib, butunlay yangitdan imoratlar qurdiradilar. Karimbek va Komilbek hovlilaridagi yangi uylarni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan Toshkentning sinchkor ustalaridan Nabi usta quradi

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. 5-qism. Abdurashid qozi Ibrohimov esdaliklaridan

Markaziy Osiyo chor Rusiyasi tomonidan bosib olingach, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, Samarqand, Chimkent, Turkiston kabi shaharlarning o‘ris zobitlari, yirik boshqaruv ma’muriyati xizmatchilari yashaydigan hashamatli qismi paydo bo‘ldi, ularning farovon yashashlari uchun hamma shart-sharoitlar: zamonaviy uylar, bog‘-rog‘lar, charog‘on ko‘chalar, teatrlar, madaniyat va ma’rifat, ta’lim-tarbiya maskanlari yaratildi

batafsil »