Karimbek va Komilbek Norbekovlar hisob-kitob, iqtisod ilmini ancha yaxshi bilgan, isrofgarchilikdan juda ehtiyot bo‘ladigan, ortiqcha hashamatni, man-manlikni yomon ko‘radigan, nihoyatda tartibli odamlar bo‘lishgan, to‘y va ma’rakalarni ham ancha mo‘’jaz qilib o‘tkazishgan, xalqning gap-so‘zlaridan qattiq andisha qilishgan. Bu haqda Toshkent shahrining qassoblar sulolasiga mansub, ota-bobolari ham qassob bo‘lib o‘tgan, bizning qo‘shnimiz, iymon-e’tiqodli mashhur G‘ofir qassob Abdunabi qassob o‘g‘li (mening yaqin mahalladosh …
batafsil »Teg arxivlari: Субутой
Sulola. Dolimovlar shajarasi. Buxoro qozikaloni fatvosi
Muhammadaminbek va ayniqsa farzandlarining millat manfaatlari yo‘lida olib borgan xayrli ishlari keng xalq ommasiga ma’qul bo‘lsa-da, kimlarningdir g‘azabini oshirar, g‘ashiga tegar, millat, Vatan fidoyilarini tiyib qo‘yish, ta’qib ostiga olish uchun imkon qidirar edilar. Buning uchun katta imkoniyat ham topila qoldi. 1914 yilda Rusiyasining Birinchi jahon urushida qatnashishi natijasida butun mamlakat, ayniqsa, mustamlaka Turkiston xalqlarining ham iqtisodiy, ham siyosiy ahvoli keskin …
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. «Brilliant uzuk» voqyeasi
Qattiq ta’qib va tazyiqlarga qaramay, faoliyat doirasi ancha keng bo‘lgan “Turon” xayriya jamiyati qoshidagi “Turkiston kutubxonasi” nashriyotining rahbarlari Komilbek va Karimbek Norbekovlar muassisligida Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Muhammadrasul Rasuliy, Rustambek ibn Yusufbek hoji, Holid Said, Mo‘minjon Muhammadjon o‘g‘li – Toshqin, Hoji Muin, Majid Qodiriy, Shokirjon ibn Abdurahmon, Inoyatulloqori ibn Domullo Mirzajon, Abdusame’qori, Shokirqori ibn Zokirqori domla kabi o‘nlab jadid pedagoglari …
batafsil »