Bosh sahifa » Teg arxivlari: Sho‘rtepa

Teg arxivlari: Sho‘rtepa

Qadimiy mahallalar. Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – Shayxontohur dahasidagi qadimiy mahalla. Degrez, Tikanlimozor, Hadra, Balandmasjid mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 200 dan oshiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, pilla chuvish, bog‘dorchilik, savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Sho‘rtepada 2 masjid, hovuz, 2 tegirmon, 2 objuvoz, 10 savdo do‘koni, 2 qabriston bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Sho‘rtepa hududida savdo shoxobchalari joylashgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – arxeologik yodgorlik (7–8-asrlar, qisman 10–12-asrlar, 15-asr), arkli qishloq xarobasi. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida, Qorasuvdan Tovkat arig‘i ajralib chiqqan yerda joylashgan. Balandligi 7 m li ark va unga tutash qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N.P. Ostroumov qazilma ishlari olib borgan. 1949 yil I.Baishev va V.M.Masson qayd qilgan. 1968 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi Sho‘rtepada tekshirish ishlari o‘tkazib, Sho‘rtepa arkining …

batafsil »

Toshkent uyezdi

TOSHKENT UYEZDI – markazi Toshkent hisoblangan ma’muriy-hududiy birlik (1887–1924; 1867–86 yillarda Qurama uyezdi). 1918 gacha Turkiston general-gubernatorligi, 1918–24 yillarda Turkiston ASSR, 1926–30 yillarda Toshkent okrugi tarkibida. Maydoni 25610 kv. versta, aholisi taxminan 310 ming kishi bo‘lgan (1909). Toshkent uyezdida aksariyat o‘zbeklar, shuningdek, tatarlar, qozoqlar va boshqalar yashagan. Yerlari Chirchiq, Keles, Ohangaron va boshqa daryolardan sug‘orilgan. Aholisi, asosan, dehqonchilik (asosiy ekinlari: …

batafsil »

Qisqa satrlarda – Shayxontohur mahallalari

Padarkush mahallasi. Shimoldan Orqa ko‘cha, sharqdan Quduqboshi, janubdan Dukchi, g‘arbdan Pushtibog‘ mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Mahalla aholisi asosan bo‘z to‘qish bilan shug‘ullangan. Shuning uchun, mahallaning dastlabki nomi Bo‘zchi mahalla deb yuritilgan

batafsil »