Bosh sahifa » Teg arxivlari: she’r

Teg arxivlari: she’r

Shoirlar. Abdulla Oripov

ORIPOV Abdulla (1941.21.3 – 2016.05.11) – shoir va jamoat arbobi. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998). 1958 yildan Toshkentda. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). «Yosh gvardiya» (1963–69), Fafur Fulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlarida muharrir (1969–74), «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1974–76), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1976–82), mas’ul kotib (1985–88), Toshkent viloyat bo‘limida mas’ul kotib (1982–83), …

batafsil »

Turob To‘la

TUROB TO‘LA (taxallusi; familiyasi To‘laxo‘jayev, 1918.24.12–1990.20.4) –O‘zbekiston xalq shoiri (1988). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1967). 1930 yildan Toshkentda. Toshkent teatr bilim yurtida (1934–38), Toshkent pedagogika institutining til va adabiyot fakultetida (1938–41) o‘qigan. Mehnat faoliyatini yoshlar gazetasida adabiy xodimlikdan boshlagan (1935–41)

batafsil »

Sulton Akbariy

SULTON AKBARIY (1923.3.12–1997.3.6.) – shoir, jurnalist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942–45). Respublika gazeta va jurnallarida, Badiiy adabiyot nashriyotida mas’ul lavozimlarda ishlagan. O‘z davrida dolzarb bo‘lgan mavzularda maqolalar yozgan. Ijodi 1940 yildan boshlangan

batafsil »

Shoirlar. Miskin

MISKIN (taxallusi; asl ism-sharifi Fulomxalil Toshmuhammad o‘g‘li), (1880–1937) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Balandmachitdagi maktabda, so‘ng Ko‘kaldosh madrasasida o‘qigan. Dastlabki she’rlari muhabbat mavzuida. Ko‘p o‘tmay, she’riyatiga zamon sadolari kirib kelgan. Xalqimizning milliy-ijtimoiy uyg‘onishida katta xizmat qilgan «Shuhrat» gazetasini she’r bilan quvvatlab chiqqan

batafsil »