Bosh sahifa » Teg arxivlari: Shayxontohur

Teg arxivlari: Shayxontohur

Navoiy ko‘chasi

NAVOIY KO‘CHASI – poytaxtning eng qadimiy va markaziy ko‘chalaridan biri. Amir Temur shohko‘chasi va Beruniy ko‘chasi oralig‘ida. Uzunligi 4 km atrofida. Dastlab Hadra maydonidan Anhor kanali oralig‘ida bo‘lgan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng O‘rda ko‘prigidan hozirgi Amir Temur shohko‘chasigacha uzaytirilgan. 1893 yilgacha Toshko‘cha, Kattako‘cha nomlari bilan yuritilgan. So‘ng Shayxontohur ko‘chasi nomi berilgan. 1938 yil ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy …

batafsil »

Chorhokimlik

CHORHOKIMLIK – Toshkent 4 mustaqil qism (daha)ga ajralgan davr (18-asr 2-yarmi). Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Toshkentda to‘rt e’tiborli xonadon vakillari: Shayxontohur dahasida Avlayqulixon avlodidan Boboxonto‘ra, Beshyog‘ochda ashtarxoniylardan Rajabbek, Ko‘kchada Chig‘atoyxon avlodidan Muhammad Ibrohimbek, Sebzorda Jo‘chixon nasliga mansub bir kishi hokim bo‘lib, ular o‘rtasida oliy hokimiyat uchun tinimsiz urush-talashlar bo‘lib o‘tgan

batafsil »

Egarchi

EGARCHI – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Qatorterak, Olmazor, Devonbegi, Tallak va Mergancha mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. 200 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi egarchilik (nomi shundan) va savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Egarchida 2 masjid, 2 maktab, do‘kon bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi Egarchi hududi rekonstruksiya qilinmoqda

batafsil »

Zanjirlik

ZANJIRLIK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Quduqboshi, Mergancha, Padarkush mahallalari bilan chegaradosh. Quyi va Yuqori Zanjirlikka bo‘lingan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, savdo-sotiq, shahar tashqarisidagi yerlarida (Avayxon, Tovkattepa, Askiya, Labzak) dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Shayxontohur arig‘idan suv ichilgan

batafsil »

Yunusxo‘ja

XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent to‘rt qismga — Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan. «Chorhokimlik» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu davrda dahalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar shahar xo‘jaligining, uning tashqi va ichki savdosini izdan chiqargan

batafsil »

Shayxontohur. Xadra, Darxon, Balandmasjid, Zanjirlik, O‘qchi mahallalari

Xadra mahallasi Toshkentning eski shahar qismidagi qadimgi murakkab chorrahalaridan biri hisoblanadi. Shahriston bilan chegaradosh, G‘arbda Chorsu bilan bog‘langan ko‘cha, Shimolda Eskijo‘va tomonga boradigan ko‘cha, Sharq tomondan shaharni o‘rda bilan ulaydigan toshko‘cha, Janub tomon esa Beshyog‘och dahasiga olib borgan

batafsil »

Shayxontohur dahasi. Qashqar, Qiyot, Qoryog‘di mahallalari

Shayx Umar Bog‘istoniyning o‘g‘li, ilohiyot va tariqat ilmining yirik namoyondalaridan biri, ulug‘ valiulloh Shayx Xovandi Tohur (XIV asr) nomi bilan ataladi. Dahada shaharning uchta darvozasi (Qo‘ymas, Qo‘qon va Qashqar) bo‘lib, ular Yangi o‘rda qurilgan vaqtda o‘rnatilgan

batafsil »

Toshkent aholisi

Hozirgi Toshkent hududi va Toshkent vohasida yashagan eng qadimiy aholi haqida ma’lumot juda kam. Bu yerda yashagan ibtidoiy odamlarning qadimiy manzilgohlari yuqori paleolit davri (40–12-ming yillik)ga to‘g‘ri keladi. Jez davri (mil.av. 2-ming yillik)da bu hududda chorvador qabilalar, mil.av. 1-ming yillik o‘rtalarida qisman dehqonchilik bilan shug‘ullangan qabilalar yashagan

batafsil »

Toshkent shahri tumanlari

Toshkent shahri tumanlarining tashkil etilishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Bektemir tumani (Бектемир тумани, Бектемирский район) – O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1990 yil 27 fevraldagi 3938-XI-sonli qarori bilan tashkil etilgan

batafsil »