Bosh sahifa » Teg arxivlari: шажара

Teg arxivlari: шажара

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Rustambek hoji Norbek o‘g‘li

Endi ikki-uch og‘iz so‘z bobokalonimiz Norbek Xaytabek o‘g‘lining uchinchi farzandi, Muhammadaminbek hojining ukasi Rustambek hoji va uning farzandlari Hasanbek va Husanbeklar haqida. Rustambek 1845 yilda tug‘ildi, katta savdogar bo‘lib yetishdi, ko‘proq G‘ulja, Koshg‘ar, O‘rimchi shaharlari bilan savdo aloqalari o‘rnatgan va bu shaharlarga tez-tez borib turgan. Rustambekning birinchi oilasi Norxonbibi baland bo‘yli, nihoyatda ko‘rkam ayol bo‘lgan, deyishardi, undan Hakimbek ismli farzand …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Karimbek Norbekov

Toshkentga kelishdan qo‘rqib, G‘uljaga ketishga jazm qilgan Karimbek Norbekovning hayoti bir oz boshqacharoq kechdi. Vatanidan quvg‘in qilingan ko‘plab o‘rta osiyolik sho‘ro muhojirlari qatorida u ham Sibir surgunidan qochib, G‘uljaga panoh izlab kirib bordi. Karimbek otam 1967 yili bizning hovlimizda bo‘lganlarida G‘uljada kechgan hayotlari haqida adam va oyimlarga birmuncha gapirib bergan edilar: “Biz toshkantlik besh kishi 1936 yilning yozida hammamizga yaxshi …

batafsil »

Sulola. Dolimovlar shajarasi. Muhiddinbek va Faxriddinbek Komilovlar

Muhiddinbek Komilov – Komilbek Norbekovning birinchi o‘g‘il farzandi, 1918 yilda tug‘ilgan. 1939 yili politexnika institutiga o‘qishga kiradi va  uzoq haydalishlardan so‘ng 1947 yili tugatib, injener-energetik bo‘lib yetishadi. Muhiddin aka otasi surgun qilingandan keyin ham ancha dabdabali hayot kechirgan, otasidan qolgan katta boylikni jo‘ya va nojo‘ya ishlarga sarf qilgan. Urush jarohatlari hali tugamagan, ko‘plab xonadonlarda aza, xalq yarim och, yarim to‘q …

batafsil »