Bosh sahifa » Teg arxivlari: Qo‘qon

Teg arxivlari: Qo‘qon

Bodavlat, Otaliq g‘oziy – Muhammad Yoqubbek haqida

Yoqubbek botirning qabrda kesilgan boshi Qo‘qon xonligi tarixida Muhammad Yoqubbek (xalq orasidagi laqabi – Bodavlat, Otaliq g‘oziy)ning nomi tez-tez uchrab turadi. Asli Toshkent yaqinidagi Pskentda Qurama qozisi Pirmuhammadbek oilasida dunyoga kelgan Muhammad Yoqubbek yigitlik davrida Qo‘qon xonligi askari xizmatiga olinadi. Harbiy isteʼdodi va xizmatlari uchun u oldin Xon o‘rdasi botirboshisi, ellikboshi, yuzboshi va ponsod (besh yuz sonli qo‘shin boshlig‘i) darajasiga …

batafsil »

Qo‘qon o‘rdasi

Farg‘ona vodiysidagi qadimiy shaharlardan bo‘lgan Qo‘qonda vodiydagi boshqa shaharlarga nisbatan meʼmoriy yodgorliklar ko‘p saqlanib qolgan. Dahmai shohon, Jome masjidi, Komolqozi (Xo‘ja dodxoh), Norbo‘tabiy, Miyon hazrat, Dasturxonchi madrasalari, Madarixon dahmasi, Xudoyorxon saroyi va boshqa ko‘plab yodgorliklar shaharning tarixiy qiyofasini belgilab, uning husniga husn bag‘ishlab turibdi. Ko‘hna shahar markazidagi tepalikda o‘rnashgan ulkan saroy, Qo‘qon o‘rdasi XIX asr meʼmorchilik yodgorliklari ichida tashqi ko‘rinishi …

batafsil »

Elmurod Zokirov. Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi hamda keyingi davrlarda muxtoriyatchilarga nisbatan qo‘llanilgan ommaviy qatag‘onlar (III)

1917 yil 27 fevralda Petrograda boshlangan inqilob Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Natijada, Turkistonda ham ishchi va soldat deputatlari sovetlari tuzila boshladi. 1917 yilda o‘lka muxtoriyati masalasi Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida asosiy masala bo‘lib qoldi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat milliy ziyolilar o‘rtasida, hatto din peshvolari va oddiy halq ommasi orasida ham ommalashga edi. Ijtimoiy tafovutlarga qaramay, butun …

batafsil »

Elmurod Zokirov. Turkiston muxtor hukumatining sovetlar tomonidan ag‘darilishi (II)

Toshkent Sho‘rolari hukumati 1918 yil yanvarning ikkinchi yarmidan e’tiboran Turkiston muxtoriyatini tugatish maqsadida ochiqdan-ochiq amaliy harakatlarni boshlab yubordi. Uni o‘sha yili 19-26 yanvarda bo‘lib o‘tgan Turkiston o‘lkasi Sho‘rolarining IV qurultoyi qabul qilgan qarorlar yaqqol ko‘rsatdi. Qurultoyda so‘zga chiqqan Toshkent sho‘rosi raisi bolshevik I.O.Tobolin bunday degan edi: «Biz nafaqat Rossiya xaqida, balki mehnatkashlar haqida qayg‘uryapmiz, agar xalq hohish irodasi bu o‘lkaning …

batafsil »

Turkiston Muxtoriyati

Туркистон мухторияти байроғи

1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqyealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston  o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan …

batafsil »

Qo‘qon xonligi (katta maqola)

Siyosiy tarix.  XVIII asrning boshlarida Farg‘ona vodiysida shakllangan yangi davlat – Qo‘qon xonligiga mahalliy aholi vakillari bo‘lgan ming urug‘i asos soldi. Chunonchi, XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida ashtarxoniylarning siyosiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan tushkunlik, Farg‘ona vodiysi iqtisodiy mustaqilligining o‘sishi hamda 1704 yilda Chodak xo‘jalarining isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallashi bunga shart-sharoit yaratib berdi. Ammo, Farg‘onaning shimoli …

batafsil »

Muqimiy

MUQIMIY (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li) (1850–1903. 25.5) – shoir va mutafakkir. O‘zbek demokratik adabiyoti asoschilaridan. Qo‘qonda tug‘ilgan. Otasi toshkentlik, onasi Oyshabibi xo‘jandlik bo‘lib, Qo‘qonda yashaganlar. Muqimiy Qo‘qon va Buxoro madrasalarida o‘qigan. Toshkentda bir necha marta (1887–88, 1892, 1899) bo‘lgan. Ko‘kaldosh madrasasida yashagan

batafsil »

General Chernyayevning Toshkentga bosqini

Qo‘qon xonligining siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan hisoblangan Toshkent shahri hozirgi Qozog‘iston va Qirg‘iziston yerlarida rus qo‘shinlariga qarshi olib borilgan janglarda muhim o‘rin tutgan. Natijada Toshkent o‘zining ko‘plab vatanparvar farzandlaridan ayrildi, katta moddiy talafot ko‘rdi. Endilikda Rus davlati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkentni ham bosib olishga kirishdi

batafsil »

Toshkentning Qo‘qon xonligiga qo‘shib olinishi

Toshkent viloyati Chorhokimlik davridan so‘ng mustaqil davlat bo‘lib, Yunusxo‘ja boshchiligida markazlashgan davlat idorasi barpo etildi (1784–1809). Yunusxo‘janing faol siyosat olib borishi natijasida Toshkent shimolidagi dashtlikda joylashgan qal’a, qishloq hamda karvon yo‘llari, shuningdek, Qurama va boshqa joylar yana Toshkent tasarrufiga o‘tdi

batafsil »

Yunusxo‘ja

XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent to‘rt qismga — Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan. «Chorhokimlik» nomi bilan ma’lum bo‘lgan bu davrda dahalar o‘rtasidagi o‘zaro nizolar shahar xo‘jaligining, uning tashqi va ichki savdosini izdan chiqargan

batafsil »