Bosh sahifa » Teg arxivlari: o‘zbek

Teg arxivlari: o‘zbek

O‘zbek elatining shakllanishi va uning rivojlanish bosqichlari

Ma’lumki, o‘zbek elatining shakllanish jarayoni boshqa turkiy zabon xalqlardan birmuncha farq qilgan. Jumladan: o‘zbek elatining ajdodlari tub yerli etnik birliklar asosida, ya’ni ikki til (turkiy va eroniy tillar) turkumidagi xalqlarning aralashuvi jarayonida vujudga kelgan. Movaraunnahr va unga tutash mintaqalarda turg‘un yashovchi aholi so‘g‘diylar, xorazmiylar, turkiy zabon etnoslar o‘z hududlarida qadimdan yashab, bo‘lajak o‘zbek elatining poydevorini tashkil qiladilar[1]. O‘rta Osiyoning o‘troq …

batafsil »

XIX asr oxiri XX asr boshlarida O‘zbekiston etnomadaniy muhitida qang‘lilar (Nurota vohasi materiallari asosida)

Ma’lumki o‘zbek halqi etnogenezi va etnik tarixi murakkab tarixiy jarayonlar davrida kechgan bo‘lib, bu murakkab tarixiy jarayonlar o‘zbek xalqi etnik tarixiga ta’sir etmasdan qolmagan. Ana shunday o‘zaro munosabatlarda faol qatnashgan o‘zbek xalqi etnik komponentlaridan biri qang‘lilar hisoblanadi. Qadimdan ikki daryo oralig‘i va unga tutash hududlarda yashab kelgan qang‘lilarning o‘zbek halqi tarkibiga kirgan ko‘pgina katta-kichik etnik guruhlari so‘g‘diy zabon aholi bilan …

batafsil »

O‘zbek xalqi etnogenezini o‘rganishda etnonimlarning roli

Har qanday etnonimning o‘z ma’nosi bor. Ko‘pgina etnonimlar juda qadimiy so‘zlar bo‘lganidan xalqlar etnogenezini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.. Odatda xalqlar, shuningdek qabilalar, yirik urug‘larning nomlari qadimiy bo‘ladi. Masalan, o‘zbek, qirg‘iz, qozoq kabi millat nomlari, qo‘ng‘irot, mitan, qangli, uyshun, qorluq, xalaj kabi urug‘qabila nomlari haqida bir qancha fikrlar bildirilgan, lekin bu etnonimlarning etimologiyalari uzil-kesil hal qilingan emas. Ba’zan adabiyotlarda uchraydigan o‘zbek …

batafsil »

O‘zbek milliy mentaliteti haqida ba’zi mulohazalar

XXI asr o‘zbek xalqi tarixi va milliy qadriyatlarini o‘rganish sohasida yangi zarvaraqlarni muhrlamoqda. Bugungi kunda tariximizning noma’lum bosqich va qirralari qaytadan kashf etilmoqda. O‘zbekistan mustaqilligidan so‘ng o‘zbek xalqining qadimiy davlatchilik an’analari, etnik tarixi va etnogeneziga bag‘ishlagan qator salmoqli tadqiqotlar yaratilmokda[1]. Lekin, afsuski hozirgi qadar o‘zbek xalqning mentaliteti, uning o‘ziga xos tomonlari, milliy yutuklarimiz va nuqsonlarimiz borasida tadqiqotlar aytarli ko‘zga tashlanmayapti[2]. …

batafsil »

Ilk o‘rta asr manbalarida Turkiston atamasi

Turkiston atamasi uzoq asrlardan beri Markaziy Osiyo mintaqasining katta bir qismi uchun, aniqrog‘i Kaspiy dengizining sharqidan to Oltoy tog‘larigacha, Shimoliy Afg‘onistondan to Urol tog‘larigacha cho‘zilgan keng hududning umumiy geografik nomi sifatida qo‘llanilib kelgan. Garchi, u turli davrlarda goh kengayib, ushbu hududlardan ham kengroq ma’no kasb etgan, ba’zi davrlarda esa nisbatan torroq hududni anglatgan bo‘lsa-da ko‘p asrlar davomida asosan mazkur hududda …

batafsil »

Xitoy manbalarida turkiy xalqlar ajdodi rung-dilar

Markaziy Osiyoda qadimdan turli millat vakillari yashab kelgan. Bularning ichida turkiy xalqlar katta hududni egallab, Markaziy Osiyoning barcha joylarida juda qadimdan istiqomat qilib kelgan. Markaziy Osiyoning Movaraunnahr qismida ham qadimdan turkiy qabilalar yashab kelganligi haqida arxeologik materiallar va yozma manbalar guvohlik beradi. Shuning uchun bu bu zaminni VII asrdan boshlab «Turkiston» nomi bilan yuritilganligi so‘g‘diy hujjatlardan ma’lum[1]. Avestoda Turkiston aholisi …

batafsil »

Turkiy halqlarning kelib chiqishi va makoniga doir ba’zi mulohazalar

Turkiy xalqlarning etnogenezi tushunchasi xronologik, hududiy va ayrim etnoslarga bo‘linish dinamikasi nuqtai nazaridan bugun yaxlit ilmiy muammo holatidan kengroq ma’no kasb etmoqda. Binobarin, turkiy xalqlar tarixiy ildizlari tutash o‘nlab etnik tarmoqlardan tashkil topganki, ularning har biri alohida etnogenetik masalani tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay muammoning qadimiy asoslari haqida gap ketganda, ilk mushtarak davrni chuqurroq tadqiq etish zarurati dolzarbligicha qolmoqda. Avvalo, …

batafsil »

O‘rta Osiyo etnogeografiyasidagi ba’zi-bir dolzarb muammolar

Antik va ilk o‘rta asrlarning boshlarida O‘rta Osiyo jumladan, O‘zbekiston Yevroosiyo materigida yuz bergan “xalqlarning buyuk ko‘chish” davrini chorrahasiga aylanadi. Bu yerda tarixiy yilnomalarda tilga olingan yirik qabilalar uyushmasining va ular bilan bog‘liq bo‘lgan xalqlarning sharqdan g‘arbga, janubiy-g‘arbga va janubga, shimoldan janubga va shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharq tomon ko‘chishlari yuz bergan. Ulardan ba’zilari O‘rta Osiyohududlarida qolgan bo‘lsa, boshqalari yerli xalqlarning bir qismini …

batafsil »

O‘zbek xalqi etnik tarixini o‘rganishda xitoy manbalarining ahamiyati

O‘zbek xalqining kelib chiqishi (etnogenezi)ni o‘rganish masalasi ko‘pdan beri olimlar e’tiborini jalb qilib kelmoqda va bu orada ancha ishlar ham qilindi. Ammo ushbu masalani mukammal holda yechish nihoyatda murakkab bo‘lmoqda. Bizning fikrimizcha, buning sababi, quyidagilardan iborat. 1) Hozirgi o‘zbek xalqi ko‘p komponentli bo‘lib, uning aksariyat qismi turkiy qabilalar va avlodlardan tashkil topgan. Buning isbotini o‘zbeklarning «92 urug‘» tarkibiga nazar tashlaganimizda …

batafsil »

O‘zbekistonning bronza davri aholisi etnik tarkibi xususida ayrim mulohazalar

O‘zbek xalqining etnik tarixi shu hudud tarixi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek xalqi ajdodlari elat bo‘lib O‘rta Osiyoning Baqtriya, So‘g‘diyona, Shosh, Farg‘ona, Xorazm kabi tarixiy o‘lkalarida va shu o‘lkalarga tutash bo‘lgan hududlarda yashab kelgan. Bronza davrida O‘rta Osiyoda ko‘chmanchi chorvachilikka va o‘troq dehqonchilikka asoslangan madaniyatlar ahli yashashgan. Ushbu madaniyatlar aholisining etnik tarkibini o‘rganishga antropolog va arxeolog olimlar doimo qiziqish bilan yondashishgan. …

batafsil »

O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixining ba’zi bir nazariy va ilmiy-metodologik masalalari

Tarix fanidagi mavjud ilmiy ishlanmaga ko‘ra, har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich – etnogenez, ikkinchi bosqich – etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan …

batafsil »

O‘zbekiston: millatning tavallud topishi

XIV yuzyillik mobaynida mahobatli saltanatga asos solgan jahongir Amir Temur nomi bilan yuritilayotgan xiyobon XIX asr so‘ngida Toshkentning ramziy markaziga aylangan edi. Bir zamonlar bu joyda Turkiston o‘lkasining dastlabki general gubernatori Konstantin Kaufman (1818-1882), so‘ngroq esa Karl Marksga atab o‘rnatilgan yodgorlik o‘rnini bugun Temurning otliq haykali zabt etgan. Sho‘rolar Ittifoqi qulashi barobarida jahongir Temur millat otasi, o‘zbek xalqining rahnamosi maqomini …

batafsil »

O‘zbek so‘mi

O‘zbek so‘mi 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritilgan (banknota va tanga ko‘rinishida). 1. Banknotalar:   2. Tangalar:

batafsil »

«Yangi Toshkent». Madaniy hayot. Xalq maorifi

Toshkent Rossiya tomonidan bosib olinganidan so‘ng chor hukumati yangi shaharning siyosiy va iqtisodiy sohalari bilan bir qatorda o‘z bolalari uchun maktablar tashkil etish ishlarini jadallik bilan olib bordi. Tub aholining maorif sohasiga nazar tashlasak, bu yerda deyarli xar bir mahallada joylashgan masjidlarda boshlang‘ich ma’lumot beruvchi maktablar mavjud bo‘lgan

batafsil »