Qattiq ta’qib va tazyiqlarga qaramay, faoliyat doirasi ancha keng bo‘lgan “Turon” xayriya jamiyati qoshidagi “Turkiston kutubxonasi” nashriyotining rahbarlari Komilbek va Karimbek Norbekovlar muassisligida Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Muhammadrasul Rasuliy, Rustambek ibn Yusufbek hoji, Holid Said, Mo‘minjon Muhammadjon o‘g‘li – Toshqin, Hoji Muin, Majid Qodiriy, Shokirjon ibn Abdurahmon, Inoyatulloqori ibn Domullo Mirzajon, Abdusame’qori, Shokirqori ibn Zokirqori domla kabi o‘nlab jadid pedagoglari …
batafsil »Teg arxivlari: Норбеков
Sulola. Dolimovlar shajarasi. «Muallimlar jamiyati»
1916 yil o‘rtalarida Munavvaqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy hamda aka-uka Komilbek va Karimbek Norbekovlar hamkorlikda “Muallimlar jamiyati”ni tashkil etadilar. Jamiyatning asosiy maqsadi iqtidorli yoshlarni taraqqiy etgan chet el oliy o‘quv yurtlariga yuborish, Vatanimizda kelgusida ochilajak oliy o‘quv yurti uchun zamonaviy oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis pedagoglar tayyorlash, jadid maktablari tashkil etish va ular uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar nashr etish edi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. Ma’naviyat
Mustamlaka o‘lkada kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi bilan yaramas, o‘ta qabih illatlarni ham olib keldi. Bu illatlar mahalliy xalq axloqiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi: mehmonxonalarda, restoranlarda “doim fiyon” (Ishoqxon Ibrat) bo‘lib yurish hollari vujudga keldi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. 6-qism. Norbekovlar matbaasi
O‘tgan asrning 10-yillaridan boshlab, oilalari kattalashib qolgan uch aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbeklar otalari Muhammadaminbek hoji maslahati bilan Sag‘bondagi joylarini alohida-alohida uch hovliga bo‘lib, butunlay yangitdan imoratlar qurdiradilar. Karimbek va Komilbek hovlilaridagi yangi uylarni o‘sha vaqtda mashhur bo‘lgan Toshkentning sinchkor ustalaridan Nabi usta quradi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. 5-qism. Abdurashid qozi Ibrohimov esdaliklaridan
Markaziy Osiyo chor Rusiyasi tomonidan bosib olingach, Toshkent, Qo‘qon, Farg‘ona, Samarqand, Chimkent, Turkiston kabi shaharlarning o‘ris zobitlari, yirik boshqaruv ma’muriyati xizmatchilari yashaydigan hashamatli qismi paydo bo‘ldi, ularning farovon yashashlari uchun hamma shart-sharoitlar: zamonaviy uylar, bog‘-rog‘lar, charog‘on ko‘chalar, teatrlar, madaniyat va ma’rifat, ta’lim-tarbiya maskanlari yaratildi
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. 4-qism. Muhammadaminbek hoji masjidi
1912 yili aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbek Norbekovlar otalari Muhammadaminbekni muborak haj safariga kuzatadilar. Karimbek otamning aytishlariga qaraganda, Muhammadaminbek Eron yo‘li bilan Istanbulga keladi va o‘zbeklarning Sultontepadagi eng e’tiborli takyasiga joylashadi. U yerda ta’lim olayotgan o‘zbek talabalariga iona ulashadi, bir necha oy yashab, Turkiyaning Izmir, Bursa shaharlarida bo‘ladi, qadamjolarni ziyorat qiladi
batafsil »