Kalom ilmining mashhur allomasi, mutafakkir Abu Mu’in Nasafiy 1027 yil Qarshi (Nasaf)da tug‘ilgan. Shu yerda o‘qib, ilmini kamolga yetkazgan. Umar ibn Muhammad Nasafiyning “al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand” (Samarqand olimlari zikrida qand kitobi) asarida bu olim haqida shunday deyilgan: “Sharqu G‘arbning olimu ulamolari Abu Mu’in Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtganlar”. Abu Mu’in …
batafsil »Teg arxivlari: мутафаккирлар
Mutafakkirlar. Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103–1179)
Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil G‘ijduvoniy tasavvufning yirik namoyandasi, mashhur avliyo, Xojagon nomi bilan shuhrat qozongan O‘rta Osiyo tariqatining asoschisi va rahnamosi, 1103 yilda Buxoro yaqinidagi yirik savdo-sotiq karvon yo‘llaridan bo‘lmish G‘ijduvon qishlog‘ida ma’rifatli oilada tug‘ilgan. O‘z qishlog‘ida dastlabki ma’lumotni olgach, 22 yoshida ilmini takomilga yetkazish maqsadida Buxoroga keladi. Bu yerda o‘sha davrning yirik olimlari va tasavvuf namoyandalaridan yetarli ta’lim oladi. …
batafsil »Mutafakkirlar. Yusuf Xos Hojib
Yusuf Balasog‘uniy Yettisuv o‘lkasidagi Kuzo‘rda (Balasog‘un) shahrida 1021 yilda dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston o‘lkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qo‘l ostida edi. Bu sulola VI–IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari bo‘lib, IX asr o‘rtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bug‘raxon (924–955) islom dinini qabul qildi va shu bilan turkiy elatlar …
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Rayhon Beruniy (973-1048)
O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yil 9 sentyabrda Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug‘ildi. Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug‘ilgan, shu sababli uni “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, …
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Zayd Dabusiy (978–1039)
Yirik huquqshunos olim Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ibn Iso Qoziy Dabusiy Buxoroning yetti mashhur qozisi (quzzoti sab’a)dan biri, hanafiy mazhabining salohiyatli vakili va raisi edi. U Buxoro va Samarqand oralig‘ida joylashgan Dabusiya qishlog‘ida 978 yilda tug‘ilib voyaga yetgan va 1039 yil Buxoroda hayotdan ko‘z yumib, Imom Abu Bakr Tarxon maqbarasi yaqinida dafn etilgan
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl Saraxsiy (vaf. 1094)
Mashhur islomshunos-faqih, Turkmanistonning Saraxs shahrida dunyoga kelgan. Bu vaqt Movarounnahrda qoraxoniylar (927–1212) sulolasi hukmronlik qilardi. Muhammad bolaligidan ilmga qiziqqan va o‘tkir zehnli bo‘lgan. Saraxsda boshlang‘ich diniy ta’limni olib, Qur’oni karimni to‘liq yod olgan, hadis, sarfu nahv (grammatika), balog‘at ilmlarini egallagan
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Ali ibn Sino (980–1037)
Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino Buxoroning Afshona qishlog‘ida 980 yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986 yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi
batafsil »Mutafakkirlar. Hakim Termiziy (820–932)
Hakim Termiziyning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashar Termiziy bo‘lib, u 820 yilda Termiz shahrida tavallud topib, uzoq umr ko‘rib 932 yilda vafot etgan. Uning maqbarasi Termiz shahrining yaqinida – Amudaryo bo‘yida joylashgan
batafsil »Mutafakkirlar. Ahmad ibn Ali Nisoiy (830–915)
Abu Abdurahmon Ahmad ibn Ali ibn Shu’ayb Xurosonning Niso shahrida 830 yilda tug‘ilgan. Shu yerning mashhur olimlaridan dars olgan, Qur’onni yod olgan. Keyin talabi ilm yo‘lida 15 yoshligida Hijoz, Iroq, Shom, Misr va Makkaga yo‘l olgan. Bu shahar va mamlakatlar olimlaridan dars olgan. Hadis ilmi va hadislarni bilishda zamonasining peshqadamlaridan bo‘lgan
batafsil »Mutafakkirlar. Abulqosim Is’hoq ibn Muhammad Hakim Samarqandiy
Faqih, muhaddis, mutakallim va mudarris Hakim Samarqandiy nomi bilan mashhur bo‘lgan olimning to‘liq ismi Abul Qosim Is’hoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Zayd Samarqandiy (953 yilda vafot etgan) bo‘lib, u o‘z zamonasida butun musulmon olamida tanilgan edi. Yozma manbalarda ko‘rsatilishicha u ilmga nihoyatda qiziqqan va Samarqand madrasalarida mudarrislik qilgan
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Mansur Moturidiy (870–945)
Abu Mansur Moturidiy sunniy e’tiqodidagi ikki yirik ta’limotlardan biri bo‘lmish moturidiya ta’limotining asoschilaridan hisoblanadi. Uning to‘liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Hanafiy Moturidiy Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlog‘idan bo‘lib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Lays Samarqandiy (911–985)
Abu Lays kunyasi bilan mashhur bo‘lgan Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy 911 yilda Samarqandda tug‘ilgan, shu yerda shayxulislomlik qilgan. Zamonasining yetuk fiqh va tafsir olimi, fozil va nufuzli kishisi bo‘lgan. Asarlaridan quyidagilarini ko‘rsatish mumkin: 1. “Tafsir al-Qur’on”. To‘rt jildi bo‘lib, eng yaxshi tafsirlardan hisoblangan
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Bakr Narshaxiy (899–959)
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik Buxoro vohasining Narshax qishlog‘ida 899 yilda tavallud topgan va 959 yilda vafot etgan. Abu Bakr Narshaxiy – Markaziy Osiyo tarixshunosligining durdonalaridan biri bo‘lmish “Tarixi Buxoro” deb shuhrat topgan nodir asarning muallifidir
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Abdulloh Xorazmiy
Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri IX–XI asrlar edi. O‘sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh Xorazmiy (997 yilda vafot etgan) bo‘lgan. Bu olim haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam. Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf Xorazmiydir
batafsil »Mutafakkirlar. Abu Abdulloh Rudakiy (860–941)
Sharqda tanilgan mutafakkir Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy 860 yilda Samarqand yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida, dehqon oilasida tug‘ildi. Bu davrda Movarounnahr Eron, Hindiston, Xitoy, Misr va Suriya bilan savdo va madaniy aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan edi
batafsil »