Karimbek va Komilbek Norbekovlar hisob-kitob, iqtisod ilmini ancha yaxshi bilgan, isrofgarchilikdan juda ehtiyot bo‘ladigan, ortiqcha hashamatni, man-manlikni yomon ko‘radigan, nihoyatda tartibli odamlar bo‘lishgan, to‘y va ma’rakalarni ham ancha mo‘’jaz qilib o‘tkazishgan, xalqning gap-so‘zlaridan qattiq andisha qilishgan. Bu haqda Toshkent shahrining qassoblar sulolasiga mansub, ota-bobolari ham qassob bo‘lib o‘tgan, bizning qo‘shnimiz, iymon-e’tiqodli mashhur G‘ofir qassob Abdunabi qassob o‘g‘li (mening yaqin mahalladosh …
batafsil »Teg arxivlari: Муҳаммадаминбек
Sulola. Dolimovlar shajarasi. Buxoro qozikaloni fatvosi
Muhammadaminbek va ayniqsa farzandlarining millat manfaatlari yo‘lida olib borgan xayrli ishlari keng xalq ommasiga ma’qul bo‘lsa-da, kimlarningdir g‘azabini oshirar, g‘ashiga tegar, millat, Vatan fidoyilarini tiyib qo‘yish, ta’qib ostiga olish uchun imkon qidirar edilar. Buning uchun katta imkoniyat ham topila qoldi. 1914 yilda Rusiyasining Birinchi jahon urushida qatnashishi natijasida butun mamlakat, ayniqsa, mustamlaka Turkiston xalqlarining ham iqtisodiy, ham siyosiy ahvoli keskin …
batafsil »Sulola. Dolimovlar shajarasi. 4-qism. Muhammadaminbek hoji masjidi
1912 yili aka-uka Dolimbek, Komilbek va Karimbek Norbekovlar otalari Muhammadaminbekni muborak haj safariga kuzatadilar. Karimbek otamning aytishlariga qaraganda, Muhammadaminbek Eron yo‘li bilan Istanbulga keladi va o‘zbeklarning Sultontepadagi eng e’tiborli takyasiga joylashadi. U yerda ta’lim olayotgan o‘zbek talabalariga iona ulashadi, bir necha oy yashab, Turkiyaning Izmir, Bursa shaharlarida bo‘ladi, qadamjolarni ziyorat qiladi
batafsil »