Bosh sahifa » Teg arxivlari: масжид

Teg arxivlari: масжид

Juma mav’izalari. Savdoda halollik mezoni

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kimki kun bo‘yi ishdan, mehnatdan charchab, kechqurun halol mehnatning charchog‘i bilan yotsa bomdodgacha Alloh uning gunohini kechiradi”, dedilar. Halol mehnatning fazilati, halol kasbning sharofati gunohlarini kechirishlikka sabab bo‘ladi. Toatlarni qabuliga sabab bo‘ladi. Farzandlarni halol pokiza rizq bilan boqishlikka sabab bo‘ladi. Mana shunday halol kasblardan, pokiza ishlardan Alloh va rasuli rozi bo‘ladigan …

batafsil »

Juma mav’izalari (matn, audio). Inson manfaatlari yo‘lida

Darhaqiqat, dinimiz insonparvar, yaxshilik dinidir. Doim insonlarga manfaat yetkazish, doim yaxshilik qilishga chorlagan dindir. O‘zgalarga yaxshilik ulashishimiz, ayniqsa, hazrati insonning ikki dunyo saodati va manfaati yo‘lida xizmat qilish, nafaqat ularga, balki eng avvalo o‘zimizga foydalidir. Joriy 2017 yil ham yurtimiz rahbari tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e’lon qilindi. Dinimizda insonlarga manfaat yetkazuvchi kishi Alloh taolo uchun …

batafsil »

Tarbiya. Kim aybdor?!

Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payg‘ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vasallamga behisob durudu salovotlarimiz bo‘lsin! Sarlavhadagi savolga qisqa va lo‘nda qilib, «O‘zimiz aybdormiz» deb qo‘ysak bo‘ladi. Lekin mana shu xulosaga kelish uchun bir qancha ma’lumotlarni va hayotiy voqyea-hodisalarni o‘rganib o‘tsak, hech ikkilanmay, haqiqatdan ham o‘zimiz aybdor ekanmiz, deb xulosa qilishimiz qiyin bo‘lmaydi. Allohga hamdu sanolar bo‘lsinki, mustaqilligimizdan keyin barcha sohalarda keng …

batafsil »

Mavlidi sharif

Robi’ul avval oyi musulmonlar uchun nihoyatda mahbub oydir. Sababi, bu oyda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tavallud topganlar. U zot Fil yilida Robi’ul avval oyining o‘n ikkinchisi, dushanba kuni (milodiy 570 yil, 20 aprel) tavallud topganlar. Alloh taolo insoniyatni halokatdan, zalolatdan qutqarish uchun, zulmatdan yorug‘likka chiqarish uchun so‘nggi Payg‘ambarni – Muhammad sollallohu alayhi vasallamni yubordi. Bandalariga cheksiz mehribon bo‘lgan Zot …

batafsil »

Ma’rifat. Kimki Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmasa…

Bismillahir rohmanir rohiym Alloh taologa beadad hamdu – sanolarimiz va Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bo‘lsin. Hozirgi kunimizda «Yomg‘irdan keyingi qo‘ziqorinday» ko‘payib ketayotgan turli firqalar, toifalar, hizblar va bemazhablar Ahli sunna val jamoa e’tiqodi bo‘yicha tan olingan to‘rt fiqhiy mazhablarning biriga, xossatan Hanafiy mazhabiga amal qilgan holda ibodatlarini ado etayotgan musulmonlarni fitnaga solish va to‘g‘ri yo‘ldan …

batafsil »

Tarbiya. Farzandlar – qalblarimiz mevasi

Xohlagan bandasiga qiz farzand bergan va hohlagan bandasiga o‘g‘il in’om etgan yoki ularni o‘g‘il va qiz qilib aralashtirib bergan va xohlagan bandasini bepusht qilib yaratgan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin! Bizning Sayyidimiz «Bolalaringizga odob bering va odobini chiroyli qiling» deb nasihat qilgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, u kishining oila a’zolariga va ergashishlik va hidoyat topishlik yulduzlari bo‘lgan ashobi kiromlarga durudu …

batafsil »

Tarbiya. Harakatda barakat…

Har bir narsaga erishishda ozmi-ko‘pmi mehnat talab qilinadi. Inson Xudoga tavakkul va duo qilib, rizq talabida harakat qilsa, albatta, noumid qaytmaydi, mehnatlari besamar ketmaydi, inshaalloh. Bibi Maryam bilan bo‘lgan voqea haqida fikr yuritsak, bu haqiqat ko‘z o‘ngimizda yanada ravshanroq namoyon bo‘ladi. Maryam onamiz Isoni (alayhis salom) dunyoga keltirar ekanlar, bir tomondan qavmdoshlarining ig‘vo va g‘iybat qilishlaridan qo‘rqib, boshlari oqqan tomonga …

batafsil »

Tinchlik va xotirjamjikni qadrlash – insonlarning sharafli burchlaridandir!

Ma’lumki, insoniyat hayoti davomida turli mafkura va maslaklar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni boshidan kechirgan. Buning oqibatida o‘zaro kelishmovchiliklar, notinchliklar yuzaga kelib turgan. Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlab shunday deganlar: ya’ni: (نِعْمَتاَنِ …

batafsil »

Toshkent masjidlari tarixidan

MASJID, Machit (arab tilida «sajda qilinadigan joy») – shaharda dastlabki Masjid Binkatda bun­yod etilgan. Lekin bu haqda batafsil ma’lumotlar yetib kelmagan. 9–10-asr arab tarixchilari Istaxriy, Maqdisiy va ibn Havqal shahar arki yonidagi jome masjidini tilga olib o‘tgan. 13-asr muallifi Jamol Qarshiy o‘zining «Mulhaqat bi-s-suroh» asarida Shoshda ko‘plab Masjidlar bo‘lganligini ifodalash uchun «mahallalarida minglab masjidlar bor» deya ta’rif bergan edi. 13–18-asrlar …

batafsil »

Ma’rifat. Dangasalik sabablari

Tanballik va dangasalikni keltirib chiqaradigan bir necha sabab va omillar mavjud bo‘lib, ojizlik ham shular jumlasidan hisoblanadi. Nabiy (alayhissalom) marhamat qilib dedilar: «Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va Allohga mahbubroqdir, lekin har ikkisida ham yaxshilik bor. Senga foydali bo‘lgan ishlarga haris bo‘lgin va (ishingda) Allohdan yordam so‘ragin, lekin hargiz ojizlanmagin!» (Imom Muslim, Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati). Ushbu hadisda …

batafsil »

Mavlid oyi. Rosululloh s.a.v.ning go‘zal xulqlari bilan xulqlanaylik

Rosululloh s.a.v.da barcha yaxshi sifat va go‘zal axloqlar jamlangan edi. Shuning uchun u zot s.a.v. insonlar uchun namuna bo‘lishga eng haqli edilar. Alloh taolo payg‘ambarimiz s.a.v.ni barcha musulmonlarga namuna qilib yuborgan. Bu haqida Alloh taolo o‘zining kalomi Qur’oni karimning “Ahzob” surasi 21-oyatida bunday e’lon qilgan: “(Ey, iymon keltirganlar) sizlar uchun Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod …

batafsil »

Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi

Laylakqo‘ndi (Laylakli) masjidi, Oxunguzar-1 masjidi (Zarqaynar ko‘chasi boshi) – Toshkentning Eski shahar mavzeidagi me’moriy yodgorlik (1775). Bozorga yaqin bo‘lganligi uchun nafaqat masjid, balki karvonsaroy vazifasini ham o‘tagan. Masjid poydevori pishiq g‘ishtdan 1,5–1,75 m qalinlikda tiklangan. Devorlarining qalinligi 1 m ni, tashqi devorlar balandligi 5,8 m ni tashkil qiladi. Ta’mirlash-tiklash ishlari jarayonida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida 17–19-asrlarga oid sopol buyumlar – …

batafsil »