Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1911 yilda tashkil etilgan. O‘sha davrda kutubxona shahar kutubxonasi deb yuritilgan. Kutubxonaning asoschilaridan biri arxeolog V.Vyatkin hisoblanadi. Kutubxonaning birinchi rahbari V.Andreyevdir. Dastlab kutubxona fondi 2 ming nusxadan iborat bo‘lgan. 1937 yilda kutubxonaga A.S. Pushkin nomi berilgan. 1970 yilda 500 ming nusxadagi adabiyotlarga mo‘ljallangan bino qurilib, foydalanishga topshirilgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash, Adabiyotlarga ishlov berish, Talaba …
batafsil »Teg arxivlari: китоб
Kutubxonalar. Namangan viloyat bolalar kutubxonasi
Namangan viloyat bolalar kutubxonasi 1933 yilning 3 dekabrida tashkil etilgan. Kutubxonaning tashkilotchisi va mudiri A.S.Nikochenko bo‘lgan. Dastlab kutubxona fondi 300 nusxadan iborat bo‘lgan. 1945 yilgacha kutubxona sobiq pionerlar uyiga qarashli bo‘lgan. 1946 yilda Namangan shahar ijroiya qo‘mitasi qoshida madaniy-oqartuv bo‘limi tashkil etilgan va kutubxona madaniyat bo‘limiga o‘tkazilgan. 1969 yilning fevral oyida kutubxonaga viloyat bolalar kutubxonasi maqomi berilgan. T.Chichkina kutubxonaga rahbar …
batafsil »Kutubxonalar. Nodira nomidagi Namangan viloyat universal ilmiy kutubxonasi
Nodira nomidagi Namangan viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1918 yilda Namangan shahrida paxta zavodi qoshida 540 nusxa kitob fondi bilan ish faoliyatini boshlagan. 1929 yilga kelib sobiq Dzerjinskiy ko‘chasidagi binoga ko‘chib o‘tgan. 1941 yilda kutubxona viloyat kutubxonasiga aylanti- rilgan. 1980 yilda kutubxona uchun 500 ming nusxa kitob fondiga mo‘ljallangan maxsus 4 kavatli bino qurilib foydalanishga topshirilgan va shahar ijroiya qo‘mitasining qaroriga …
batafsil »Kutubxonalar. Navoiy viloyat bolalar kutubxonasi
Navoiy viloyat hokimligining K-328 sonli «Viloyat bolalar kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan 2001 yil dekabr oyida tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 14640 nusxadagi adabiyotlardan iborat bo‘lgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Ma’muriy va xo‘jalik bo‘limlari mavjud. Kutubxonada rasm chizish, bichish-tikish, matematika to‘garaklari tashkil etilgan. Shuningdek, kitobxon bolalarni kutubxonaga yanada ko‘proq jalb etish …
batafsil »Kutubxonalar. Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi
Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyat universal ilmiy kutubxonasi Navoiy viloyat hokimining 1992 yil 27 maydagi PX-05/70 sonli «Viloyat birlashgan kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, 1992 yil iyun oyida viloyat bolalar kutubxonasi bilan birlashtirilgan holda tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 271495 nusxadan iborat bo‘lgan. O‘sha davrda kutubxonaga Galina Kovilina rahbarlik qilgan. Kutubxonada Kitob saqlash, To‘kislash va adabiyotlarga ishlov berish, Kitobxonlarga …
batafsil »Kutubxonalar. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat universal ilmiy kutubxonasi
Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat universal ilmiy kutubxonasi 1973 yilning dekabr oyida Jizzax shahar markaziy kutubxonasining ikkinchi tarmoq kutubxonasi negizida tashkil etilgan bo‘lib, 1974 yilning 2 sentyabrida ish boshlagan. O‘sha davrda kutubxona Jizzax viloyat ommaviy kutubxonasi deb nomlangan. Dastlab kutubxona fondi 12 ming 200 nusxadagi adabiyot lardan iborat bo‘lgan. 1993 yilda kutubxonaga Sharof Rashidov nomi berilgan. Hozirgi kunda kutubxonada Kitob …
batafsil »Kutubxonalar. Narshaxiy nomidagi Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi
Buxoro viloyat bolalar kutubxonasi viloyat universal ilmiy kutubxonasining bolalar bo‘limi negizida 1964 yil 1 iyulda tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 13 ming nusxadan iborat bo‘lib, 15 nafar kutubxonachi xodimlar ish olib borardi. Shu davrda kutubxonaga A.V.Samoxina rahbar edi. 1970 yilda kutubxona Amir Sayid Olimxon madrasasi binosiga ko‘chirilgan. 1973 yilda kutubxona viloyat Mehnat shuhrati kitobiga kiritilgan. Kutubxona qoshidagi kinostudiyaning «Saxiy kitob …
batafsil »Kutubxonalar. Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat universal ilmiy kutubxonasi
1921 yil 30 iyunda Buxoro shahrida shahar kutubxonasi eshiklari ochilgan. Uning tashabbuskori maorif noziri Musojon Saidjonov bo‘lgan. Kutubxonaning birinchi kitobxoni buxorolik sharqshunos olim Qori Ibod Odilov bo‘lgan. Dastlab kutubxona 1187 nusxa kitob fondi va 350 kitobxonga ega edi. 1938 yilda Buxoro shahar markaziy kutubxonasi viloyat kutubxonasi deb nomlangan va unga Abu Ali Ibn Sino nomi berilgan
batafsil »Kutubxonalar. Muhammad Yusuf nomidagi Andijon viloyat bolalar kutubxonasi
Muhammad Yusuf nomidagi Andijon viloyat bolalar kutubxonasi 1964 yilda tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 7000 nusxadan iborat bo‘lgan. 1983 yil iyun oyida kutubxona uchun zamonaviy ikki qavatli bino qurilib foydalanishga topshirilgan. Kutubxona asosan maktabgacha tarbiya va 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga hamda ularning o‘qishiga rahbarlik qiluvchilarga xizmat ko‘rsatadi
batafsil »Kutubxonalar. Z.M. Bobur nomidagi Andijon viloyat universal ilmiy kutubxonasi
Andijon viloyat universal ilmiy kutubxonasi ko‘ngilli liberal ruhidagi fuqaro va harbiylar yordamida 1907 yilda tashkil etilgan. O‘sha davrda Andijon tuman kutubxona-qiroatxonasi deb nomlangan. Dastlab kutubxona fondi 387 nusxadagi dunyoviy adabiyotlardan iborat bo‘lgan. Ularning ayrimlari hozir ham kutubxonaning nodir fondida saqlanmoqda
batafsil »Kutubxonalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar kutubxonasi
Respublika bolalar kutubxonasi 1962 yilda shahar bolalar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Lekin kutubxona tarmoqlari soni 19 taga yetmaganligi tufayli Respublika bolalar kutubxonasi nomiga ega bo‘lmagan. Dastlab kutubxona fondi 2 ming nusxadan iborat bo‘lgan. 1965 yilda kutubxona tarmoqlari soni ko‘paygandan keyin kutubxonaga Respublika bolalar kutubxonasi maqomi berilgan
batafsil »Munavvarqori. Bizda hamiyat
Havo qish o‘ldig‘indan g‘oyat sovuq edi. Ko‘chalar bilchirab bitg‘an, butun atrofni balchiqlar iflos qilib tashlag‘an edi. Shul balchiqlarning o‘rtasindan, balchiqlarg‘a botg‘an, kiyimlari yirtilgan, ikki ko‘zi nobajo bir yetim bola yo‘lida aso ushlab kelmoqda edi. Lekin bu yetim bolani ko‘rg‘an inson har qanday hamiyatsiz bo‘lsa ham rahmi kelur edi
batafsil »Munavvarqori. “Xotiralarim” asaridan
1928 yilning boshlarida SSSR Xalq Komissarlari kengashi qoshidagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasining (GPU) O‘rta Osiyodagi muxtor vakili K.Belskiy Munavvarqorini chaqirib, jadidchilik haqida u paydo bo‘lganidan boshlab to hozirgacha yozib kelishni talab qiladi
batafsil »Kutubxonalar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi kutubxonasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika kutubxonasi 1936 yili To‘rtkul (Petro Aleksandrovsk)da shahar kutubxonasi negizida tashkil etilgan. Dastlab kutubxona fondi 30480 nusxani tashkil etgan. Shu yili kutubxona Nukus shahriga ko‘chirilgan va Respublika kutubxonasiga aylantirilgan. 1936-41 yillarda Daniyar Allambergenov kutubxonaga rahbarlik qilgan
batafsil »Munavvarqori. Devpechak (hikoya)
Bir kuni dehqon sakkiz yoshli o‘g‘lini yetaklab bog‘chasiga kirdi. Bog‘chada olma, nok, shaftoli, o‘rik, anor, anjir ham uzum kabi har turli yemish og‘ochlari yam-yashil bo‘lib ko‘kargan. O‘riklarning dovuchchalari yosh bolalarni qiziqtiradigan bir tusda osilib turgan edi. Ota-bola bog‘chada keza-keza bir yosh o‘rik og‘ochining tagiga yetdilar
batafsil »