Bosh sahifa » Teg arxivlari: ислом (page 3)

Teg arxivlari: ислом

Ma’rifat. Dangasalik sabablari

Tanballik va dangasalikni keltirib chiqaradigan bir necha sabab va omillar mavjud bo‘lib, ojizlik ham shular jumlasidan hisoblanadi. Nabiy (alayhissalom) marhamat qilib dedilar: «Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan yaxshiroq va Allohga mahbubroqdir, lekin har ikkisida ham yaxshilik bor. Senga foydali bo‘lgan ishlarga haris bo‘lgin va (ishingda) Allohdan yordam so‘ragin, lekin hargiz ojizlanmagin!» (Imom Muslim, Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati). Ushbu hadisda …

batafsil »

Tarbiya. Erlar hamiyatli bo‘lsin

Bismillahir rohmanir rohiym  “Er shiddatli bo‘lsa, ayol uyatli bo‘ladi”  (Xalq maqoli). Bir kuni qabulimga bir yigit hayajon bilan kirib kelib, mulohazali mavzuni ko‘tarib qoldi. U: “Qori aka, jum’a ma’ruzalarida qizlarning tarbiyasi to‘g‘risida ko‘proq gapirmasangiz bo‘lmaydi…”, deb o‘z e’tirozini bildirdi. Uning bu so‘zida yaqin vaqt ichida qandaydir hodisa ro‘y bergani va qattiq ta’sir qilgani sezilib turardi. Undan: «Nima bo‘ldi?» deb so‘radim. …

batafsil »

Halollikda o‘rnak bo‘la oladigan yoshlarimiz hayotidan ikki voqea

Bismillahir rohmanir rohiym Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bo‘lsin. Hozirgi kunimizda dinimiz ko‘rsatmalariga amal qilish amri mahol, taqvo va parhezkorlikni, hossatan birovlarning haqqidan qo‘rqmoqlik ko‘pchilik uchun go‘yoki amalga oshmaydigan xom xayoldan o‘zga narsa emas. To‘g‘ri, Islom tarixini o‘rgansak, o‘tgan ulug‘larimizning har biri yuqorida zikri o‘tgan fazilatlarni o‘zida mujassam qilish borasida …

batafsil »

Nikoh marosimiga tegishli bid’at-xurofotlar (yohud g‘arbdan kirib kelayotgan urf-odatlarga ko‘r-ko‘rona taqlidning salbiy natijasi)

Bismillahir rohmanir rohiym Alloh taologa beadad hamdu sanolarimiz, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga esa behisob salovotu durudlarimiz bo‘lsin. Juft-juft bo‘lib istiqomat qilishimiz uchun erkak va ayol qilib yaratgan Alloh taologa hamdu sanolar, shar’iy yo‘l bilan oila qurib, hamjihatlikda yashashimiz uchun Alloh taolo tomonidan nozil qilingan hukmlarni bekamu ko‘st yetkazgan ikki olam sarvari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar bo‘lsin. Xalqimiz …

batafsil »

Ulamolarimiz. Saidqul Qizilbuloqiy (1894 – 1960)

Olim va orif inson, shariat va tariqat ilmlari bilimdoni Saidqul Abdurahim o‘g‘li 1894 yili hozirgi Forish tumanining Qizilbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Abdurahim mingboshi boy, dinu diyonatli va ma’rifatli inson edi. Zehnu qobiliyatli besh-(olti) yashar o‘g‘lini boshlang‘ich savod chiqarishi uchun Mulla Jo‘liboy qo‘lida o‘qitdi. So‘ngra Saidqul bolatoshlik imom-xatib domla Omon Oxunddan ta’lim olib, 7–8 yoshlarida hofizi Qur’on bo‘ldi. O‘sha paytlari Samarqandning …

batafsil »

Sibirga Islom dini yoyilishiga doir

“Myuzeum-studiya” ilmiy tekshirish markazi direktori, o‘lkashunos olim Rishat Rahimov Sibir tarixini o‘rganish maqsadida ming­lab kilometr masofani bosib o‘tdi. U Islom dinini bundan sakkiz asr oldin bir guruh olimlar yoyishganini isbotladi. Shu paytgacha tarixchilar Sibirga Islom dinini 1394-95 yillari Ba­houddin Naqshband shogirdlari yoyishgan deb hisoblashardi. Ushbu fikrni Qozon universiteti turk-tatarshunoslik kafedrasi professori Nikolay Katanov ilgari surgan edi. U Tobol muzeyida saqlanadigan …

batafsil »

Qadimiy Nyuje (Nyutsze) masjidi

Xizmat safari bilan Xitoy poytaxti Pekinda bo‘ldim. Shaharning Nyuje ko‘chasida joylashgan qadimiy bir masjidda namoz o‘qidim. “Nyuje” so‘zi xitoy tilida “Sigir mahallasi” degan ma’noni bildirar ekan. Shu mahallada Turkistondan kelib qolgan uch ming o‘zbek xonadoni istiqomat qilgan, ular ham bog‘dorchilik, ham chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. Xitoyliklar uchun chorvachilik g‘ayri odat bo‘lgani uchun bu yerni “Sigir mahallasi” (“Nyuje”, “Nyutsze”) deb atashgan. Pekinda …

batafsil »

Marokash mukofotining ilk sohibi. Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon

Alloh taologa ming shukr, o‘tgan asrda – 1943 yildan to 1989 yilgacha 46 yil davomida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari Diniy boshqarmasi rahbari vazifasida – Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon, o‘g‘illari – Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon va nabiralari Shamsutdinxon Boboxonov ateizm hukm surgan mamlakatda musulmonlar qalbida islomiy e’tiqodni tik­lash uchun fidoyilarcha, astoydil xizmat qilishdi. Ularning sa’y-harakati tufayli 1945 yili Buxoroda “Mir …

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Zayd Dabusiy (978–1039)

Yirik huquqshunos olim Abu Zayd Ubaydullo ibn Umar ibn Iso Qoziy Dabusiy Buxoroning yetti mashhur qozisi (quzzoti sab’a)dan biri, hanafiy mazhabining salohiyatli vakili va raisi edi. U Buxoro va Samarqand oralig‘ida joylashgan Dabusiya qishlog‘ida 978 yilda tug‘ilib voyaga yetgan va 1039 yil Buxoroda hayotdan ko‘z yumib, Imom Abu Bakr Tarxon maqbarasi yaqinida dafn etilgan

batafsil »

Mutafakkirlar. Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl Saraxsiy (vaf. 1094)

Mashhur islomshunos-faqih, Turkmanistonning Saraxs shahrida dunyoga kelgan. Bu vaqt Movarounnahrda qoraxoniylar (927–1212) sulolasi hukmronlik qilardi. Muhammad bolaligidan ilmga qiziqqan va o‘tkir zehnli bo‘lgan. Saraxsda boshlang‘ich diniy ta’limni olib, Qur’oni karimni to‘liq yod olgan, hadis, sarfu nahv (grammatika), balog‘at ilmlarini egallagan

batafsil »

Toshkent – islom madaniyati poytaxti

«TOSHKENT – ISLOM MADANIYATI POYTAXTI» – mamlakatimizda islom madaniyati hamda ma’naviy qadriyatlarni tiklash va saqlab qolish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning xalqaro ko‘lamdagi e’tiroflaridan biri

batafsil »