Bosh sahifa » Teg arxivlari: Илоқ

Teg arxivlari: Илоқ

Nukat

NUKAT – o‘rta asrlarda Iloq shaharlaridan biri (3–12-asrlar). Choch markazidan Iloq poytaxti Tunkatga boradigan savdo yo‘lida joylashgan. Arab geograflari asarlarida Iloqning eng yirik shaharlaridan biri, 12-asr geograflarida esa Iloq poytaxti sifatida qayd etilgan. Uning xarobalari To‘ytepa shahrining g‘arbiy chekkasida, Toshkentdan 25 km janubida Ulkan To‘ytepa nomi bilan saqlangan

batafsil »

Imloq

IMLOQ – qadimiy shahar xarobalari. Olmaliq shahridan (Toshkent viloyati) 12 km sharqda. Ohangaron daryosining chap sohilida joylashgan. Shahar markazi 5 gektar, undan sharqda joylashgan shahriston maydoni 12,5 gektar bo‘lgan. Shahristonning daryoga qaragan shimoliy tomoni mudofaa inshootlari bilan mustahkamlangan, qolgan tomonlari rabod bilan o‘ralgan

batafsil »

Namudlig‘

NAMUDLIF – Iloqdagi shahar xarobasi (3-11-asrlar). Angren shahri yaqinida, Ohangaron daryosining o‘ng sohilida joylashgan. 1966-67 yillarda o‘rganilgan (Yu.F.Buryakov). Maydoni – 70 gektar, beshburchakli qal’a va keng shahristondan iborat bo‘lib, daryo va uning irmoqlari bilan mudofaalangan. Namudlig‘ o‘rnida 3-4-asrlarda istehkomsiz turar joylar paydo bo‘lgan

batafsil »

Iloq zarbxonasi

ILOQ ZARBXONASI – Iloqda tanga pul zarb qilish uchun Tunkat shahrida qurilgan korxona (8-asr). Iloq konlaridan oltin va kumushning ko‘p qazib chiqarilishi tanga zarb qilinadigan maxsus korxona tashkil qilish zaruratini tug‘dirgan. Iloqda 8–9-asrlarda «Ma’dan ush-Shosh» zarbxonasida ko‘plab kumush dirhamlar zarb etilgan

batafsil »