Bosh sahifa » Teg arxivlari: энциклопедия

Teg arxivlari: энциклопедия

Darveshxon

DARVESHXON, Darvesh sulton (?–1578) – Toshkent va Turkiston hokimi (1556–78). Shayboniylar sulolasidan. Baroqxonning to‘ng‘ich o‘g‘li. Suyunchxo‘jaxonning nabirasi. Ukasi Bobo sulton bilan birgalikda Movarounnahrda hukmron bo‘­lish uchun Buxoro xoni Iskandarxon va Abdullaxon II ga qarshi urushlar olib borgan. Xususan, 1557 yil Ilono‘tti mavzeida Abdullaxon bilan jang qilgan, jangda yengilgach, birmuncha vaqt Abdullaxon bilan ittifoqda bo‘lgan. Biroq ukasi Bobo sulton Abdullaxonga bo‘yin …

batafsil »

Muhammad Haydar

MUHAMMAD HAYDAR, Dug‘lot, Mirzo Haydar (1499–1551) – tarixchi, davlat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. 1509–12-yillarda Bobur, so‘ngra Sulton Sa’idxon (Qashqar hukmdori) xizmatida bo‘lgan, uning o‘g‘li valiahd Abdurashidning tarbiyachisi. Ko‘pgina harbiy yurishlarga boshchilik qilgan. 1533 yil taxtga Abdurashidxon o‘tirgach, ichki ziddiyatlar tufayli mamlakatni tark etgan. Hindistonga – boburiylar saroyiga borgan

batafsil »

Imloq

IMLOQ – qadimiy shahar xarobalari. Olmaliq shahridan (Toshkent viloyati) 12 km sharqda. Ohangaron daryosining chap sohilida joylashgan. Shahar markazi 5 gektar, undan sharqda joylashgan shahriston maydoni 12,5 gektar bo‘lgan. Shahristonning daryoga qaragan shimoliy tomoni mudofaa inshootlari bilan mustahkamlangan, qolgan tomonlari rabod bilan o‘ralgan

batafsil »