Bosh sahifa » Teg arxivlari: ensiklopediya (page 5)

Teg arxivlari: ensiklopediya

Chorhokimlik

CHORHOKIMLIK – Toshkent 4 mustaqil qism (daha)ga ajralgan davr (18-asr 2-yarmi). Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Toshkentda to‘rt e’tiborli xonadon vakillari: Shayxontohur dahasida Avlayqulixon avlodidan Boboxonto‘ra, Beshyog‘ochda ashtarxoniylardan Rajabbek, Ko‘kchada Chig‘atoyxon avlodidan Muhammad Ibrohimbek, Sebzorda Jo‘chixon nasliga mansub bir kishi hokim bo‘lib, ular o‘rtasida oliy hokimiyat uchun tinimsiz urush-talashlar bo‘lib o‘tgan

batafsil »

Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi

TOSHKENT ARXEOLOGIYA EKSPEDITSIYASI, O‘zbekiston FA Arxeologiya institutining Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi – Toshkent hududida arxeologik qazishmalar va kuzatuvlar olib boruvchi ilmiy xodimlar jamoasi. Akademik Ya.G‘.G‘ulomov tashabbusi bilan «Toshkent otryadi» nomida 1967 yil tuzilgan

batafsil »

Xiyobontepa

XIYOBONTEPA – arxeologik yodgorlik, qishloqqa tutashgan qasr-ko‘shk (7–10-asrlar, 9–13-asr boshi). Toshkentning Eski shahar qismi markazida, Kaykovus kanali bo‘yida joylashgan. 1924 yil M.Ye.Masson tomonidan qayd etilgan. 1968–69 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tekshirgan. Xom g‘ishtdan qurilgan ko‘shkning eng baland tagkursi qismi xarobalari saqlangan; uning atrofiga hozir turar joy binolari qurilgan

batafsil »

Yaqin o‘tmish. Turkiston viloyati gazeti

«TURKISTON VILOYATINING GAZETI» – Turkistonda 1870 yilda rus istilochilari tomonidan nashr etilgan mahalliy tildagi ilk bosma gazeta. Turkiston general-gubernatorligining nashri. «Turkestanskiye vedomosti» gazetasining o‘zbekcha varianti. Dastlab shu gazetaga ilova tariqasida chiqarilgan. 1883 yildan mustaqil gazeta «Turkiston viloyati gazeti» birmuncha vaqt (1872 yil iyulidan 1873 yilning fevraliga qadar) Peterburgda nashr etilgan

batafsil »

Yaqin o‘tmish. «Natsional»

«NATSIONAL» – mehmonxona. O‘rta Osiyoda dastlabki mehmonxona bo‘lib, 1912 yilda Jizzax ko‘chasi (hozirgi Buxoro ko‘chasi) va Zirabuloq ko‘chasi muyulishida nemis uyg‘onish davri uslubida (me’mor I.A.Makevich), o‘sha paytdagi yirik boylardan To‘xtaboy mablag‘iga qurilgan. Keyinchalik «Sharq» deb atalgan. 1919–20 yillarda binoda Turkiston fronti shtabi joylashgan. Shaharni rekonstruksiya qilish munosabati bilan binoning bir qismi 1970-yillar oxirida buzib tashlangan

batafsil »

Suyunchxo‘jaxon

SUYUNCHXO‘JAXON, Suyunchakxon, Suyunchik sulton (taxminan 1452–1525.23.06) – shayboniylardan bo‘lgan Toshkent xoni (1503–25). Abulxayrxon va Ulug‘bekning qizi Robiya Sulton begimning farzandi. Shayboniyxon Movarounnahrni egallagach, Samarqandni poytaxt qilib, Turkistonni Ko‘chkunchixonga, Toshkentni Suyunchxo‘jaxonga bergan

batafsil »

Rabot (Ravot)

RABOT, Ravot – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Qumloq, Mozorxon, Chuvalachi, Gurunchariq mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Uch qismga bo‘lingan, 300 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, aksariyati turli kasb-hunarlar, shahar tashqarisidagi yerlarida dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Maktab, 3 masjid, choyxona, ustaxonalar, do‘kon, 2 tegirmon, objuvoz bo‘lgan (20-asr boshi). Hozirgi hududida zamonaviy binolar qurilgan

batafsil »

Oqtepa-2

OQTEPA-2 – arxeologik yodgorlik; qadimgi Chochning shimoli-g‘arbiy tumaniga mansub qal’a xarobasi (miloddan avvalgi 1-asr – milodiy 4-asr oxiri). Hozirgi Qozog‘iston Respublikasidagi Chordara shahridan 15 km janubda, Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi tepalikda joylashgan. Oqtepa-2 antik davr qal’asi bo‘lib, maydoni 325×115 m

batafsil »

Mannon Romiz (Ramziy)

ROMIZ, Mannon Romiz, Ramziy (taxallusi; asl ism-sharifi Abdullayev Mannon, 1895–1938) – jurnalist, yozuvchi, jamoat arbobi. Toshkentda tug‘ilgan. Matbuot, nashriyot va maorif sohalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan. Adabiy-jurnalistik faoliyati 1920 yildan boshlangan. Adabiy-tanqidiy va publitsistik maqolalar yozgan

batafsil »

Xotinko‘prik

XOTINKO‘PRIK – Toshkentning shimoli-g‘arbida, Sobir Rahimov tumani (hozirgi Olmazor tumani), Olimpiya mavzesiga yaqin yerdagi jarlik ustiga qurilgan qadimiy yog‘och ko‘prik. 1490 yilga oid Xoja Ahror vaqfnomasida aytilishiga ko‘ra, Qurama mulkining g‘arbiy chegarasi «Xotun Ko‘frugi», shimoliy chegarasi «Qo‘riq-i Qoraqamish» bilan chegaralangan

batafsil »

Toshkent mineral suvi

TOSHKENT MINERAL SUVI – Toshkent atrofi artezian havzasiga mansub, maxsus xossa va komponentlarga ega bo‘lgan mineral suvi. YUqori bo‘r – senoman yarusidagi gravelit va qumtosh qatlamlarida joylashgan. Dastlab 1948 yil Eshonqo‘rg‘on strukturasi (Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyati, Sariog‘och shahri)da topilgan

batafsil »

Teshikko‘priktepa

TESHIKKO‘PRIKTEPA – 5–13-asr boshiga oid arxeologik yodgorlik; arkli, istehkomsiz manzilgoh. «Hamza» (hozirgi «Novza») metro bekati yaqinida (Bunyodkor shohko‘chasi) joylashgan. Unda 30-yillarda o‘lkashunos D.D.Bukinich bir necha marta materiallar yiqqan; 50-yillarda ToshDU arxeologiya kafedrasi kuzatishlar olib borgan

batafsil »

Toshkent ko‘chalari. Taqachi

TAQACHI KO‘CHASI – Uchtepa tumanining «O‘tkir», «Zulfizar», «Ko‘rkamobod», «Xurshid», «Quyi Darxon» mahallalari hududida. Ziyo Said va Chevar ko‘chalari oralig‘ida. Uzunligi 3,5 km atrofida. Toshkent zilzilasi (1966)dan zarar ko‘rgan oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan yer uchastkalari qurilishi munosabati bilan tashkil topgan yangi ko‘chaga 1966 yil 27 dekabrda Rahimboboyev nomi berilgan

batafsil »

Dukenttepa

DUKENTTEPA – shahar xarobasi (6–16-asrlar). Angren shahridan 8 km shimolda joylashgan. 1958 yilda bu yerdan kumush tangalar xazinasi (13-asr oxiri – 14-asr) topilgan. Arxeolog Yu.F.Buryakov (1959, 1962 va 1966) arxeologik kuzatuv, tangalar to‘plash ishlari olib borgan. Jamlangan materialga ko‘ra, Dukenttepada hayot 3 bosqichda kechganligi aniqlangan

batafsil »

Kindaktepa

KINDAKTEPA – 2–13-asrlarga mansub shahar xarobasi. Toshkent dengizi zonasida. Dastlab 1959 yil V.I.Nilsen va T. A’zamxo‘jayev tomonidan o‘rganilib, uning faqat ark va 1 shahristoni aniqlangan. 1971 yil uni Yu.F.Buryakov va V.I.Sprishevskiy atroflicha tekshirgan. 1972–75 yillarda esa Yu.F.Buryakov u yerda qazish ishlari olib borgan

batafsil »