Bosh sahifa » Teg arxivlari: ensiklopediya (page 4)

Teg arxivlari: ensiklopediya

Kohota Buzruk jome masjidi

Kohota Buzruk jome masjidi – sobiq Sebzor dahasining Taxtapul darvozasi yaqinida, hozirgi Shayxontohur tumani Kohota mahallasida joylashgan (taxminan 18-asr). Masjid ichida Kohota Buzruk maqbarasi joylashgan. Kohota Buzruk (Buzurg) shaxsi to‘g‘risida turli qarashlar mavjud. Sharqshunos A.Nosirovning «Toshkent mashoyixlari» mavzusida to‘plagan materiallaridagi ma’lumotlarga qaraganda, Kohotaning asl ismi Said Kamoliddin Shomiy bo‘lgan. Muhammad Solihxo‘ja Toshkandiyning (19-asr) yozishicha, Kohota Xoja Ahmad Yassaviy sulukiga mansub …

batafsil »

Karimov Islom Abdug‘aniyevich

KARIMOV Islom Abdug‘aniyevich (1938 yil 30 yanvar, Samarqand shahri) – yirik davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. O‘zbekiston Qahramoni (1994). O‘rta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (1967) tugatgan. Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi («Tashselmash») zavodida master yordamchisi sifatida boshlab, mazkur korxonada master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent …

batafsil »

Qadimiy mahallalar. Bodak

BODAK – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Ganchtepa, Orqako‘cha, Olmazor, Turk-Yangishahar mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Qariyb 100 xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, qishda qisman hunarmandchilik bilan, yoz mavsumida shahar tashqarisida – Do‘rmon va Yalang‘ochda dehqonchilik, bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan

batafsil »

Jo‘n madaniyati

JO‘N MADANIYATI – Qovunchi madaniyati turlaridan biri. Toshkent vohasidagi Jo‘n kanali bo‘yidan topilgan yodgorliklar (3–4-asrlar). Jo‘n madaniyati asosan, Sirdaryoning o‘rta oqimi bo‘ylab keng tarqalgan. G.V.Grigoryev, M.E.Voronets, T.G.Obolduyeva va boshqalar qazish ishlari olib borgan (1937–39). Jo‘n madaniyatiga oid mozorqo‘rg‘onlar, shahar xarobasi tekshirilgan. Turar joylar xom va pishiq g‘ishtdan qurilgan

batafsil »

Boqiy Jarroh Toshkandiy (16-asr)

BOQIY JARROH TOSHKANDIY (16-asr) – olim, tabib, shoir, musiqashunos va xattot. Toshkentda tug‘ilgan. Balx, so‘ngra Ahmadobod (Hindiston)ga borib, o‘sha yerda vafot etgan. Olim tabobatdan tashqari Davlatshoh Samarqandiyning tazkirasini ko‘chirgan (1581), bir qancha asarlarga, jumladan, «Yusuf Zulayho» dostoniga sharh yozgan, «Odob ul-munozara» asari sharhiga arab tilida hoshiya yozgan. Boqiy Toshkandiy fors tilida lirik she’rlar ham yozgan bo‘lsa-da, uni turkigo‘y shoir deyishgan

batafsil »

Muhammad Solihxo‘ja

MUHAMMAD SOLIHXO‘JA domla Rahmatxo‘ja o‘g‘li (taxminan 1830–1889) – toshkentlik tarixchi va geograf olim. Toshkentning Shayxontohur dahasidagi «Qoryog‘di» mahallasida tug‘ilgan va shu yerda yashab ijod qilgan. Muhammad Solihxo‘ja bobosi mulla Rahimxo‘ja o‘z nasabnomasi bilan Shayx Xovandi Tohurga (14-asr) borib ulanishini va u Toshkentning «Qiyot» mahallasidagi Bekmuhammadbiy masjidida imomlik qilganligini va dars ham berganligini ta’kidlaydi

batafsil »

Xoja Dovud (14 asr)

XOJA DOVUD (14-asr) – Shayx Xovandi Tohurning o‘g‘li. Qabri Shayxontohur dahasining Oqmasjid mahallasi g‘arbida, mahalla masjidining orqasida joylashgan. «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida keltirilishicha, o‘sha masjid ham Xoja Dovudning masjidi hisoblangan. O‘tmishda shaharliklar Xoja Dovud qabri masjidida uch kun shar’iy shartlar bilan e’tikofda bo‘lib, nafl ro‘zasini tutishgan. Xoja Dovudning qizidan naqshbandiya tariqati peshvosi Xoja Ahror dunyoga kelgan

batafsil »

Telegraf-telefon stansiyasi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining «Toshkent telegraf-telefon stansiyasi» (Navoiy ko‘chasi, 28) – ayni vaqtda Xalqaro kommutatsiya markazi (XKM) hisoblanadi. 1932 yil tashkil qilingan. Telegraf-telefon stansiyasi tezkor zamonaviy apparatlar bilan jihozlangan. Quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatadi: telegraf aloqasi xizmatlari – umumiy foydalanish telegraf tarmog‘i. Xabarlarni jismoniy va yuridik shaxslarning istalgan pochta manziliga kafolatlangan va qisqa muddatlarda yetkazib berilishini ta’minlaydi; «UzMAIL» xabarlarini ko‘pfunksional ishlab berish …

batafsil »

Navoiy ko‘chasi

NAVOIY KO‘CHASI – poytaxtning eng qadimiy va markaziy ko‘chalaridan biri. Amir Temur shohko‘chasi va Beruniy ko‘chasi oralig‘ida. Uzunligi 4 km atrofida. Dastlab Hadra maydonidan Anhor kanali oralig‘ida bo‘lgan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan so‘ng O‘rda ko‘prigidan hozirgi Amir Temur shohko‘chasigacha uzaytirilgan. 1893 yilgacha Toshko‘cha, Kattako‘cha nomlari bilan yuritilgan. So‘ng Shayxontohur ko‘chasi nomi berilgan. 1938 yil ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy …

batafsil »

Shohiy

SHOHIY (taxallusi; to‘liq ismi Shoxo‘ja Hakim ibn Shofayzxo‘ja Shayx Xovandi Tohuriy) (19-asr) – ma’rifatparvar shoir, tabib. Toshkentning Oqmasjid mahallasida tug‘ilgan. Dastlab Yunusxon madrasasida mudarrislik qilgan. O‘rta Osiyo, Kavkaz, Turkiya, Suriya, Misr, Iroq, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda bo‘lib, u yerdagi ta’lim-tarbiya ishlari bilan qiziqqan. Shohiy tabobatdan dars bergan. Chag‘miniy (14-asr)ning «Qonuncha» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan

batafsil »

Shohjuvortepa

SHOHJUVORTEPA – o‘rta asr shahri xarobasi (4–12-asr). Toshkent viloyatidagi Piskom daryosi so‘l qirg‘og‘ida, Piskom qishlog‘i qarshisida joylashgan. Dastlab (1906) I.V.Mushketov qayd qilgan. Yu.F.Buryakov (1964, 1974–1981), M.R.Tixonin (1982–83) qazish ishlari olib borgan. Maydoni – 10 gektar. Yirik hisor (maydoni 2,25 ga), qo‘sh mudofaa devori bilan o‘ralgan shahristondan iborat. Hisor shahristondan chuqurligi 11,5 m keladigan xandaq bilan ajratilgan

batafsil »

Normuhammad qushbegi

NORMUHAMMAD QUSHBEGI – Qo‘qon xonligining Toshkentdagi noibi (1847–1852, 1863–64), qipchoqlardan. Qurama hokimi (1846–47). Xonlikdagi yuqori mansablarni olgan: dodhoh (1844), qushbegi (1850). Toshkent zodagonlari va ponsodlari ko‘magida xon noibi Aziz parvonachini Toshkentdan quvib yuborgan, qo‘zg‘olonni bostirgan. Qo‘qon xonligi mingboshisi Musulmonqul Toshkentni qamal qilgan. Normuhammad qushbegi qo‘shini shahar tashqarisiga chiqib jang qilib zafar quchgan

batafsil »

Mavlono Obid Xattot (16-asr)

MAVLONO OBID XATTOT (16-asr) – xattot. Toshkentda shayboniylardan Suyunchxo‘jaxon va Keldi Muhammad zamonida yashagan. Vosifiyning yozishicha, Mavlono Obid nasta’liq xatini yozishda mashhur bo‘lgan. Rayhoniy, suls xatlarini yaxshi bilgan. 1522 yil u o‘zi yozgan qit’alarni saroyga olib kelganda, sulton va saroy ahli uning xat san’atidagi mahoratiga tahsinlar o‘qigan

batafsil »

Parpiota

PARPIOTA – Tunkatdan 4 km g‘arbda (Imloq tarafda) joylashgan tepalik va qabriston (6-asr). Shimoldan janubga 2 km chamasi cho‘zilgan baland granit tosh devor bag‘rida joylashgan. Mozor atrofida chilonjiyda, achchiq bodom va boshqa daraxtlar o‘sadi. Kichik buloq hamda silliq, odam sig‘adigan teshik bor. Mahalliy aholi Parpiotaga sig‘inib kelgan

batafsil »

«O‘qchi», qadimiy va hozirgi mahalla

O‘QCHI – Shayxontohur dahasidagi qadimgi mahalla. Mergancha, Olmazor, Tepaqishloq mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Toshkent tuproqqo‘rg‘oniga yondoshgan. 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar (600 nafar kishidan ortiq)

batafsil »