Bosh sahifa » Teg arxivlari: ensiklopediya (page 3)

Teg arxivlari: ensiklopediya

Shoirlar. Elbek

ELBEK (taxallusi; asl nomi Yunusov Mashriq) (1898– 1939.11.2) – shoir, tilshunos va folklorshunos. Bo‘stonliq tumanidagi Xumson qishlog‘ida tug‘ilgan. 1911 yildan Toshkentda. Avloniyning «usuli savtiya» maktabida (1914) o‘qigan. Ayni paytda bosmaxonada ishlagan. Narimonov nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumida o‘qituvchilik qilgan (1920 yildan). Madaniy qurilish ilmiy-tekshirish institutida ilmiy xodim (1931–34). Elbek «Yolqinlar» (1925), «Ko‘zgu» (1926), «Sezgilar» (1927), «Bahor» (1929), «Mehnat kuylari», «Funchalar», «Chirchiq bo‘ylarida» …

batafsil »

Shohmurod kotib

SHOHMUROD KOTIB, Muhammad Shoh Murod Kotib Shoh Ne’mat o‘g‘li (1850–1922.14.03) – xattot. Shayxontohur dahasidagi Zanjirlik mahallasida tug‘ilgan. Dovudxo‘ja kotibning shogirdi. Ma’lum muddat Ko‘kaldosh madrasasida tahsil olgan. Mir Ali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hiraviylarning nasta’liq, Yunusxo‘ja Shahrisabziyning shikasta xatlaridan ilhomlanib g‘azallarni kitobat qilgan. To‘quvchilarga yog‘ochdan «tig‘», «tarak» (to‘quvchilik asboblari) yasagan. Ko‘chirgan kitoblari oxiriga «Tig‘band» yoki «Shohimurod Tig‘bandiy» deb imzo …

batafsil »

Toshkent muzeylari

MUZEYLAR – 1917 yilgacha Toshkentdagi birinchi va yagona muzey Toshkent muzeyi bo‘lgan. 1917 yildan keyin turli ixtisosdagi keng ekspozitsiyalarga ega bo‘lgan Muzeylar tashkil etila boshlagan. 1918 yil knyaz N.Romanov saroyida uning musodara qilingan kolleksiyasi asosida Badiiy muzey (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi), 1921 yil Eski shahar muzeyi, 1926 yil O‘zbek Eski shahar muzeyi tashkil qilingan. Madaniy taraqqiyot yangi Muzeylar tashkil …

batafsil »

Toshkent politsiyasi

POLITSIYA – shahar va qishloq joylarda tartibni nazorat qilib turish uchun 18-asrda chor Rossiyasida tuzilgan ichki qo‘shin turi. Toshkentda 1887 yilgacha Politsiyachi vazifasini garnizon soldatlari bajargan. 1887 yildan shahar Politsiyasi shahar boshlig‘iga bo‘ysungan. Politsiyani politsmeyster boshqargan; unga mirshablar, adres stoli, Politsiya arxivi, vrachlik-politsiya komiteti ham bo‘ysungan. Toshkent 2 ta Politsiya boshqarmasiga bo‘lingan: biri Toshkentning Yangi shahar qismida, ikkinchisi Eski shahar …

batafsil »

Tarix instituti

TARIX INSTITUTI (2009 yilgacha, hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti), O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix instituti (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 9) – 1943 yil O‘zbekiston FAning Til, adabiyot va tarix instituti negizida Toshkent shahrida tashkil etilgan (1970 yilgacha Tarix va arxeologiya instituti). Institut ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlari: o‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi; o‘zbeklar etnogenezi, etnik tarixi va …

batafsil »

Childuxtarontepa

CHILDUXTARONTEPA – arxeologik yodgorlik (hozirgi «O‘zbekiston shampani» AJ yaqinida joylashgan). So‘nggi jez davri (miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshlari) chorvador qabilalari tomonidan qoldirilgan qabriston. Uchta qabr ochilgan, ularda mayitlar tuproq o‘ralarga dafn etilgan. Jasadlar udumga ko‘ra naqshsiz, yassitaglik sopol idishlar, munchoqlar, jezdan yasalgan zeb-ziynatlar – ikki uchi burama naqshli bilakuzuklar bilan qo‘shilib ko‘milgan. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

batafsil »

Toshkent polvonlari. Ahmad polvon

AHMAD POLVON (Tolibboyev) (1867–1932) – mashhur o‘zbek polvoni. Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Bolaligidan baquvvat bo‘lib voyaga yetgan Ahmad polvon xalq sayillarida o‘tkaziladigan kurash musobaqalarida chiniqqan. Ahmad polvon 1895 yilda Toshkentga kelgan mashhur nemis polvoni Rippel (vazni 133 kg) bilan eski sirk binosida bellashib, kuragini yerga tekkizgan. Farg‘ona vodiysi va Toshkent vohasidagi bellashuvlarda g‘olib kelgan Xo‘ja polvon ham unga bas …

batafsil »

Ilg‘atu Malik

ILFATU MALIK, Ilatg‘u Malik (13-asr) – Xorazmshohlar davlatining harbiy arboblaridan biri. Muhammad Xorazmshohning Banokatdagi noibi. Mo‘g‘ullar istilosi arafasida Muhammad Xorazmshoh Jand noibi Amir Buji Pahlavon Qutlug‘xonni 10 ming otliq askar bilan Ilg‘atu Malikka yordamga jo‘natgan. Banokat garnizoni, asosan, qang‘-lilardan tashkil topgan bo‘lib, ularga Ilg‘atu Malik qo‘mondonlik qilgan. Chingizxon O‘trorga kelib, Banokatni egallash uchun Alaq no‘yon, Saqtu va Buqa boshchiligida 5000 …

batafsil »

Olimlar. Ahror Muzaffarovich Muzaffarov

MUZAFFAROV Ahror Muzaffarovich (1909.1.9–1987.22.5) – biolog olim. O‘zbekiston FA akademigi (1960), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1969), biologiya fanlari doktori (1952), professor (1955). Farg‘ona pedagogika institutini tugatgan (1934). 1946 yildan Toshkentda. O‘zbekiston FA Botanika va zoologiya institutida katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri (1946–50), O‘zbekiston FA Botanika instituti laboratoriya mudiri (1950–56), direktori (1956–60), ToshDU kafedra mudiri (1955–62), O‘zbekiston FA Prezidiumi a’zosi …

batafsil »

Burchmulla xazinasi

Burchmulla xazinasi – so‘nggi jez davriga oid moddiy madaniyat yodgorligi (miloddan avvalgi 2–1-ming yillik). Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla qishlog‘i yaqinidan topilgan (1955). Burchmulla xazinasi 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani to‘qasidan iborat. Nayza uchi (uzunligi 31 sm) ikki tig‘li, zo‘g‘atasi dumaloq, zo‘g‘ata novi yon tomonlarida nayza dastasiga bog‘lashga mo‘ljallangan chap teshikchalar bor. Paykonlar 2 parrakli, yaproqsimon. To‘qalar tugmasimon …

batafsil »

Oqtepa dahasi

OQTEPA DAHASI – Shayxontohur tumanida, Quyi Bo‘zsuv kanali irmog‘i, Kamolon, Beshyog‘och dahalari va Ulug‘bek ko‘chasi oralig‘ida. Oqtepa kanali dahani Chilonzor tumanidan ajratib turadi. Tarixiy Chilonzor Oqtepasi atamasidan kelib chiqib mazkur nom bilan yuritiladi. Oqtepa dahasi hududining katta qismini, asosan, 2 qavatli hamda yakka tartibdagi uylar egallaydi. 1982–83 yillarda Toshkent shahrini rekonstruksiya qilish va obod qilish davlat loyihalash instituti loyihasi asosida …

batafsil »

Toshkent uyezdi

TOSHKENT UYEZDI – markazi Toshkent hisoblangan ma’muriy-hududiy birlik (1887–1924; 1867–86 yillarda Qurama uyezdi). 1918 gacha Turkiston general-gubernatorligi, 1918–24 yillarda Turkiston ASSR, 1926–30 yillarda Toshkent okrugi tarkibida. Maydoni 25610 kv. versta, aholisi taxminan 310 ming kishi bo‘lgan (1909). Toshkent uyezdida aksariyat o‘zbeklar, shuningdek, tatarlar, qozoqlar va boshqalar yashagan. Yerlari Chirchiq, Keles, Ohangaron va boshqa daryolardan sug‘orilgan. Aholisi, asosan, dehqonchilik (asosiy ekinlari: …

batafsil »

Changtepa

CHANGTEPA – shahar xarobasi (2–13-asr boshi). Toshkentning sharqida joylashgan. Dastlab, G.V.Grigoryev (1934), keyinchalik F.Dadaboyev (1968–69), Yu.F. Buryakov (1974) tekshiruv-qazish ishlari olib borishgan. Umumiy maydoni – 12 gektar, arki – 1 gektar. Changtepaning quyi qatlamlari milodiy 2–3-asrlarga oid. Changtepadagi hayot 6-asrga kelib barham topgan, faqat 11-asrga kelib uning xarobalari ustida kichik chorbog‘ qad ko‘targan, u 13-asr boshida vayron bo‘lgan. Fotosurat manbasi …

batafsil »

Oqota

OQOTA – shahar xarobasi (milodiy 5–6 – 11-asrlar; qisman 15-asr). Toshkentning shimoli – sharqiy chekkasida joylashgan. 20-asrning 20-yillarida qayd etilgan bo‘lsa-da, birinchi arxeologik tadqiqot ishlari 1940 yil o‘tkazilgan (M.E.Voronets). Oqotaning umumiy maydoni 600×300 m, arkining balandligi 5–6 m. 1960 yil Oqotadan temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirilgan

batafsil »

Devonai Burx mozori

DEVONAI BURX MOZORI, Bo‘rqi Sarimast valiy (Shayxontohur dahasi, Fishtmasjid mahalla guzari) – Toshkentdagi ziyoratgoh qadamjolardan biri (19-asr). Sulaymon payg‘ambar (a.s.) zamondoshi bo‘lgan Osaf Burxiyo nomi bilan bog‘liq. Muhammad Solihxo‘ja Toshkandiyning yozishicha, qadamjo binosidagi baland gumbaz o‘ratepalik yuz jamoasidan bo‘lgan Qurbonboy tomonidan bino qilingan. Devonai Burx mozori Ko‘hna Urganch va Buxoroda ham uchraydi

batafsil »