Bosh sahifa » Teg arxivlari: ensiklopediya (page 10)

Teg arxivlari: ensiklopediya

Oqqovoq GESlari

OQQOVOQ GESLARI – O‘zbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stantsiyalari. Bo‘zsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941 yil noyabrda qurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega bo‘lgan 1-navbati 1943 yil 7 martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946 yil iyulda qurila boshlanib, 1951 yil iyulda tugallangan

batafsil »

Kanpirdevor

KANPIRDEVOR, Kandiparak, Devori kan(m)pirak – O‘rta Osiyoda dehqonchilik vohalarini ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo qilingan mudofaa inshootlari tizimining xarobalari. Ma’nosi «qazilgan» (choh) demakdir. Talaffuzda «n» bilan «m» almashuvi kuzatiladi. «Pir» so‘zi esa qadimda payrya – aylana, o‘rov ma’nosida. Demak «kan(m)pir» so‘zining o‘zi «xandaqli devor» degani

batafsil »

Tavallo

TAVALLO (taxallusi; asl ism-sharifi To‘lagan Xo‘jamyorov) (1883-1937.10.11) – shoir. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkentdagi Beklarbegi madrasasida, rus-tuzem maktabida o‘qigan. Arab, fors, turk, ozarbayjon va rus tillarini yaxshi bilgan. 1905 yildan «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoi Farg‘ona», «Taraqqiy» kabi gazeta va jurnallarda she’r va maqolalari bilan muntazam qatnashgan

batafsil »

Nujakat

NUJAKAT, Nujkat, Unjakat – o‘rta asrlarga oid Choch shahri (9-17-asrlar). Arab geograflari (10-asr) asarlarida Sirdaryo va Chirchiq daryolari kechuvida, shuningdek, So‘g‘ddan va Banokatdan keluvchi savdo yo‘lida joylashgan shaharlar ro‘yxatida qayd etilgan. Uning xarobalari hozirda Chirchiq daryosining quyilish yerida, daryoning chap sohilida, Gul qishlog‘ida joylashgan O‘jakent shahar xarobasi nomi bilan mashhur

batafsil »

Toshkentda noshirlik

NOSHIRLIK – Toshkent hududida bosmaxona paydo bo‘lgunga qadar kitob tayyorlashda kotib, xattotlar mehnati muhim o‘rin tutgan. Bu borada Toshkentda Abdulvadud kotib (15-16-asr), Abdulhaq kotib (1808-1886), Muhammad Yunus kotib (19-asr), Abdulmannop kotib (1880-1945), Muhammad Shohmurod kotib (1850-1922), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934) va boshqalarning faoliyatlari diqqatga sazovor

batafsil »

Solihbek oxund

SOLIHBEK OXUND (to‘liq ismi Mulla Solih oxund) (1813- 1868) – davlat arbobi, ulamo, mudarris, chor Rossiyasi qo‘shinlariga qarshi Toshkent mudofaasining rahbari. Otasi – Qo‘qon xonligining eng nufuzli kishilaridan biri bo‘lgan, unga dodxoh unvoni berilgan; Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ishlarda uning maslahati muhim ahamiyat kasb etgan

batafsil »

Lashkar qushbegi

LASHKAR QUSHBEGI, G‘ulomshoh (1842 yilda vafot etgan) – Toshkent hokimi (1810–40); Chitrol viloyatidan chiqqan eroniy qullardan. Qo‘qon xonligi davrida yuqori lavozimlarni egallagan. 1809 yilda Olimxon Toshkentni bosib olgach, Lashkar qushbegini devonbegi lavozimida shahar hokimi etib tayinlagan

batafsil »

Ko‘lbuloq makoni

KO‘LBULOQ MAKONI – ilk paleolit davriga oid yodgorlik. Toshkent viloyati hududida Chatqol tog‘ tizmasi yonbag‘rida, Ohangaron daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, «Geolog» shaharchasidan 2 km shimoli-g‘arbda joylashgan. Ko‘lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o‘zani sohilidagi Ko‘lbuloq yaqinida (1962) topilgan

batafsil »

Chilto‘g‘on

CHILTO‘FON (asli nomi Chilcho‘pto‘g‘on bo‘lib, «qirqta yog‘ochdan yasalgan to‘g‘on» ma’nosida) – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Uchko‘cha, Taxtapul, Tarnovboshi mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan, bir qismi shahar chekkasiga borib taqalgan. O‘rta asrlarda shu yerda Kaykovus kanali ustiga qurilgan

batafsil »

Mirmuhsin (1895-1929)

MIRMUHSIN (taxallusi; asl ism-sharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895–1929.4.8) – jurnalist, yozuvchi. O‘zbek matbuotining asoschilaridan biri. Toshkentda tug‘ilgan. Beklarbegi madrasasida tahsil olgan. 1913 yildan matbuotda qatnashgan. 1916–17 yillarda Ufadagi «Oliya» madrasasida o‘qigan.

batafsil »

Muhiddinxo‘ja qozi

MUHIDDINXO‘JA QOZI (1841–1902) – o‘zbek ma’rifatparvari. So‘nggi Toshkent qozikaloni – Hakimxo‘ja o‘g‘li. Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Toshkentning Sebzor dahasidagi Isaxonxo‘ja madrasasida mudarrislik qilgan

batafsil »

Toshkent televizion minorasi

Toshkent televizion minorasi (Amir Temur shohko‘chasi, 109) – radiotelevizion uzatish stansiyasi, me’moriy inshoot. Toshkentdagi 1-teleminora metall fermalardan (balandligi 180 m) qurilgan (1956 yil, Navoiy ko‘chasi, 69). Teleko‘rsatuvlar ko‘lamining kengayishi munosabati bilan kuchli radio-televizion uzatish stansiyasi qurilishiga ehtiyoj tug‘ilgach

batafsil »