Bosh sahifa » Teg arxivlari: Чоч

Teg arxivlari: Чоч

Toshkent-2200. Toshkent mahalla – ko‘ylarining ayrim tarixiy nomlari semantikasi

Poytaxtimizning tarixiy manzarasida asrlar osha qad ko‘targan son-sanoqsiz turarjoylar toponimiyasida o‘ziga xos beniyoz ma’noyu sifatlarni anglatuvchi turli fonetik shakllardagi atamalar qayd etiladi. Ularda nafaqat shahar va uning tevarak atrofi tabiati, xususan pastu balandliklardan iborat yer sathi yoki shaharliklarning obi hayot manbai anhoru sug‘orish tarmoqlari, balki shahar ma’muriy qismlarining ko‘rki bo‘lgan daha, mahalla-ko‘y, imoratu inshootlari va ularda o‘z in’ikosini jilolagan shaharsozlik …

batafsil »

Sho‘rtepa

SHO‘RTEPA – arxeologik yodgorlik (7–8-asrlar, qisman 10–12-asrlar, 15-asr), arkli qishloq xarobasi. Toshkentning shimoli-sharqiy qismida, Qorasuvdan Tovkat arig‘i ajralib chiqqan yerda joylashgan. Balandligi 7 m li ark va unga tutash qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N.P. Ostroumov qazilma ishlari olib borgan. 1949 yil I.Baishev va V.M.Masson qayd qilgan. 1968 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi Sho‘rtepada tekshirish ishlari o‘tkazib, Sho‘rtepa arkining …

batafsil »

Tudun

TUDUN (xitoy manbalarida – Tutun) – Chochni idora etgan turkiy hokimlar unvoni (7–8-asrlar). 7-asr boshida Turk xoqonligi o‘z tasarrufidagi shaharlarga xoqon nomidan noiblar tayinlashga kirishgan. Chunonchi, xitoy manbalariga ko‘ra, 605 yil turk xoqoni Sheguyxon Choch taxtiga Tyan-chji (Fu-chji)ni te-le (Tegin) unvoni bilan o‘tqazgan, u Chochni 620 yilgacha idora etgan. Manbalarda 641 yil turk xoqoni Choch tudunini qo‘shin bilan o‘z dushmanlariga …

batafsil »

Toshkent-2200. Qadimgi Choch yodgorliklarida olib borilgan kimyoviy-texnologik va ta’mirlash ishlari tahlili

1966 yil 1 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti tarkibida maxsus ilmiy laboratoriya tashkil etildi. Unga respublikamizda ochilayotgan arxeologik yodgorliklarda topilayotgan noyob san’at asarlari, turli hunarmandchilik mahsulotlari va me’moriy yodgorliklarni tabiiy fan usullari yordamida o‘rganish, ularni ta’mirlash va saqlash usullarini yaratish va zaruriy amaliy ishlarni bajarish yuklatilgan edi

batafsil »

Ташкент-2200. Начальный этап денежного обращения в Чаче (Chochda pul muomalasining ilk bosqichi)

Область Чач (Юени, Ши), известная по китайским источникам, в отличие от южных и центральных областей Средней Азии была несколько позднее втянута в сферу денежных отношений. В Согде, Греко-Бактрии, Хорезме их зарождение относят к III-II вв. до н.э., в Чаче появление собственных монет произошло на пять столетий позднее

batafsil »

Nukat

NUKAT – o‘rta asrlarda Iloq shaharlaridan biri (3–12-asrlar). Choch markazidan Iloq poytaxti Tunkatga boradigan savdo yo‘lida joylashgan. Arab geograflari asarlarida Iloqning eng yirik shaharlaridan biri, 12-asr geograflarida esa Iloq poytaxti sifatida qayd etilgan. Uning xarobalari To‘ytepa shahrining g‘arbiy chekkasida, Toshkentdan 25 km janubida Ulkan To‘ytepa nomi bilan saqlangan

batafsil »

Toshkent-2200. Choch va So‘g‘d: savdo-iqtisodiy aloqalar tarixidan (ilk o‘rta asrlar davri misolida)

O‘rta Osiyoning Xitoy hamda Sharqiy Osiyo hududidagi boshqa davlatlar bilan qadimgi davrlardayoq vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalari ilk o‘rta asrlarda, ayniqsa, VI-VIII asrlarda o‘zining yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi. Savdo – iqtisodiy aloqalar rivojida, eng avvalo, O‘rta Osiyoning rivojlangan hududlari – So‘g‘d va Choch mulkliklari muhim o‘rin egallaydi

batafsil »

Garkert (G‘uzkert)

GARKERT, G‘ u z k e r t – o‘rta asrlarda Choch shahri (6–12-asrlar). Arab geograflarining ma’lumotlariga ko‘ra (10-asr), Isfijob yo‘lida Keles daryosining yuqori oqimida joylashgan. Qozig‘urt tog‘i yonbag‘ridagi daryoning so‘l sohilidagi Sharobxona shahar xarobasi o‘rnida bo‘lgan, deb hisoblanadi (G.I.Patsevich)

batafsil »

Xarashket

XARASHKET – Toshkent vohasidagi qadimiy shahar. Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani, «Qanqa» qishloq xo‘jaligi birlashmasi hududida joylashgan. 10-asr arab geograflari (Istahriy, Ibn Havqal, Maqdisiy) tomonidan Choch shaharlari qatorida tavsiflangan. Masalan, Ibn Havqalning ma’lumotiga ko‘ra Xarashket – kattaligi jihatidan Chochda uning poytaxtidan keyin ikkinchi shahar bo‘lgan

batafsil »

Toshkent-2200. Choch Turk xoqonligi tarkibida: shahar madaniyati taraqqiyotining ayrim sabablari

Ashina qabilasi tomonidan barpo etilgan Turk xoqonligi o‘zining harbiy va iqtisodiy qudrati tufayli qisqa fursatda Markaziy Yevrosiyo mintaqasining yirik imperiyalaridan biriga aylanadi. Garchi, mintaqaning bu yangi hukmdorlari o‘zlarigacha bo‘lgan davlat uyushmalaridan biri Juan-juan xoqonligi (402-555) dan bepoyon dasht hududlarini kuch bilan tortib olishga muvaffaq bo‘lsalar-da, faqat shuning o‘zi bilan cheklanib qolmasdan, birin-ketin dasht hududlariga chegaradosh vohalarni ham qo‘lga kirita boshladi

batafsil »

Nujakat

NUJAKAT, Nujkat, Unjakat – o‘rta asrlarga oid Choch shahri (9-17-asrlar). Arab geograflari (10-asr) asarlarida Sirdaryo va Chirchiq daryolari kechuvida, shuningdek, So‘g‘ddan va Banokatdan keluvchi savdo yo‘lida joylashgan shaharlar ro‘yxatida qayd etilgan. Uning xarobalari hozirda Chirchiq daryosining quyilish yerida, daryoning chap sohilida, Gul qishlog‘ida joylashgan O‘jakent shahar xarobasi nomi bilan mashhur

batafsil »

Kavardon (Kabarna, Kabarnaket)

KAVARDON, Kabarna, Kabarnaket – arxeologik yodgorlik (miloddan avvalgi 4-asr – milodiy 5-asr boshlari). Chochdagi qadimiy shahar xarobalari. Arab geograflari asarlarida Kabarna nomi bilan qayd etilgan (10-asr). Toshkentdan 25 km sharqda. Yangibozor shahridan 6 km janubda, Kavardon qishlog‘ining shimoliy chekkasida joylashgan

batafsil »