Bosh sahifa » Teg arxivlari: bu qiziq

Teg arxivlari: bu qiziq

Toshkentnoma. Ko‘kcha dahasi. Sag‘bon

Tadqiqotchilar fikricha Ko‘kcha nomi Koxcha, ya’ni qal’acha so‘zidan kelib chiqqan. Bu atama VI-XI asr arxeologiya yodgorligi Ko‘kcha oqtepasiga nisbatan aytilgan. Bu yerda hayot X-XI asrlargacha davom etgan. Oqtepa o‘tgan asrning 80-yillarida tekislanib tashlangan. Dahada uch darvoza (Sag‘bon, Chig‘atoy va Ko‘kcha), 57 mahalla, 47 mavze, 60 masjid va ikki madrasa bo‘lgan

batafsil »

Toshkentnoma. Beshyog‘och dahasi. Kamolon, Samarqand darvoza

Kamolon — Beshyog‘och dahasidagi mahalla. Darxon, Eshonguzar, Yangi mahalla, Samarqand darvoza, Guliston mahallalari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xo‘jako‘cha va Fuqaro ko‘chalariga bo‘lingan. Xo‘ja A’lambardor maqbarasi va qabristoni bor. Novza, Qozirobod, Do‘mbirobod, Qonqus mavzelarida dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar

batafsil »

Toshkentnoma. Beshyog‘och dahasi. 1-qism

Beshyog‘och (turkiycha) beshta daraxt ma’nosida. Muhammad Solihning “Toshkentning yangi tarixi” nomli asarida Beshyog‘och qabila nomi bilan bog‘liqligi qayd etilgan. Qo‘lyozma manbalarda Zangiota dahasi deb ham yuritilgan. Dahada shaharning uch darvozasi (Samarqand, Kamolon va Beshyog‘och), besh yirik madrasa, 75 masjid, 76 mahalla va 36 mavzesi bo‘lgan. Eng qadimiy shohko‘chasi Beshyog‘och (hozirda bu ko‘cha deyarli yo‘q bo‘lib ketgan). Ko‘chadan 1903 yilda ko‘nka, …

batafsil »

Toshkentnoma. Kirish. Har bir so‘zda yashirin tarix

Toshkent o‘zining 2200 yillik tarixi davomida o‘z o‘rnini bir necha marta o‘zgartirib, har safar yangi-yangi nomlar qoldirgan. Uning daha, darvoza, mahalla va ko‘chalariga berilgan nomlar ma’lum ma’nolarini ifoda etadi. Mahalla va mavzelarining ko‘pi ayniqsa, darvozalari allaqachon yo‘qolib ketgan

batafsil »

Abu Muhammad Matroniy

Matroniy arab tilida ijod qilgan toshkentlik shoir. Matron so‘zi xristian dini ruhoniylarining lavozimi, mitropolit, arxiyepiskop degan ma’noni bildiradi. Nima sababdan bu shoir bunday taxallus olgan, bu haqda aniq bir ma’lumot yo‘q. O‘rta asrda yetishgan arabiynavis shoirlardan Matroniy o‘tkir hajvchi shoir bo‘lgan, hozirgacha uning 112 baytdan iborat hajviy va lirik she’rlari saqlanib qolgan

batafsil »

Shayx Shibliy

Bu zamindan ne-ne ulug‘ zotlar yetishib chiqmagan deysiz. Afsus, ularning barchasi haqida ham yetarli darajada ma’lumotga ega emasmiz. Jumladan, Shayx Shibliyni biladiganlar ham ko‘p emas. Vaholanki, Farididdin Attorning «Tazkirat ul-avliyo»sida, Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» kabi asarlarida bu ulug‘ shayx nomi alohida ehtirom bilan tilga olinadi

batafsil »

Cho‘ponota

CHO‘PONOTA MAJMUASI (Chilonzor dahasi, 13-mavze) – gumbazli darvozaxona va maqbara (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 15-asr), masjid (asosi 19-asr oxiri – 20-asr boshi) dan iborat. Cho‘ponlar homiysi Cho‘ponota shaxsiga atab Ulug‘bek tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi. Darvozaxona hovlining janubiy tomonida

batafsil »

Mingo‘rik

MINGO‘RIK – arxeologik yodgorlik, qadimiy shahar xarobasi qoldig‘i (1–13-asrlar). Mahalliy aholi o‘rtasida u Afrosiyob tepasi nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. To‘rtburchak arkka yondoshgan minora-qasr va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. 19-asrga oid shahar xaritasida maydoni 30–35 ga ekanligi ko‘rsatilgan

batafsil »

Shohruxiya

SHOHRUXIYA, Sharqiya – o‘rta asr shahar xarobasi (14–19-asrlar). Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Sirdaryoning o‘ng sohilida joylashgan. Shohruxiyani havaskor arxeolog D.K.Zatsepin (1876), Ye.T.Smirnov (1894, 1896) o‘rgangan. 1973 yildan Shosh–Iloq ekspeditsiyasi (Yu.F. Buryakov) tekshiradi. Shohruxiya qadimiy Banokat o‘rnida vujudga kelgan

batafsil »

Shoshtepa

SHOSHTEPA – arxeologik yodgorlik, tashqi va ichki qishloq hamda baland ark – qal’adan iborat shahar xarobasi (miloddan avvalgi 9-asr – milodiy 16-asr). Jo‘n kanali bo‘yida (Choshtepa ko‘chasida) joylashgan. Dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zolari tomonidan qayd etilgan

batafsil »