Bosh sahifa » Toshkentliklar » Shoirlar. Saidrasul Saidazizov

Shoirlar. Saidrasul Saidazizov

SAIDAZIZOV Saidrasul (1866–1933.3.2) – ma’rifatparvar, shoir, tarjimon. Toshkentda tug‘ilgan. Madrasa va rus-tuzem maktabini tugatgan (1900). Madrasada mudarrislik qilgan, rus-tuzem maktabi, o‘qituvchilar seminariyasida «sharqiya muallimi» bo‘lib ishlagan (1900 yildan). O‘zbek, tojik va arab tillarida ijod qilgan. G‘azal, fard, ruboiy, ta’rix va boshqa janrlardagi she’rlar, publitsistik maqolalar, «Ustodi avval» darsligi (1902) muallifi. G‘azallari ishqiy mavzuda, boshqa she’rlarida ilm-ma’rifatli bo‘lish, odob, axloqlilik ulug‘langan. Toshkentda yangi usuldagi mahalliy maktablar ochgan, ularni rus-tuzem maktablaridagi ta’lim-tarbiya metodikasi asosida ishlangan dastur va darsliklar bilan ta’minlagan, o‘qituvchilik ham qilgan. Tovush usuli (Usuli savtiya)dagi «Ustodi avval» darsligi 17 marta nashr etilgan. I.A.Krilov («Tulki bilan uzum», «Zuluk bilan ilon» va b.), L.N.Tolstoy («Qishloqi birla bolasi», «Fatonat» va b.) asarlarini o‘zbek tiliga ilk bor she’riy tarjima qilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

O‘zbekiston Oliy sudining birinchi raisi va uning ayanchli qismati

Post Views: 1 226 Saʼdulla Qosimov yoxud «Qosimovchilik ishi» Saʼdulla Qosimov 1901 yil Toshkent shahrida dunyoga …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan