Bosh sahifa » Toshkent mahallalari » Shohnishintepa

Shohnishintepa

SHOHNISHINTEPA – Ko‘kcha dahasidagi qadimgi mahalla. Chaqar, To‘qlijallob, Chig‘atoy mahallalari bilan chegaradosh. Chig‘atoy darvozasi yonida joylashgan. 300 ga yaqin xonadon bo‘lgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, mayda hunarmandchilik, savdo-sotiq, bog‘dorchilik va dehqonchilik (Zaxariq, Oqtepa, Beltepa, Damariq mavzelarida) bilan shug‘ullangan. Shohnishintepada choyxona, baqqollik do‘konlari, masjid bo‘lgan (20-asr boshi). Hozir Shohnishintepa hududi rekonstruksiya qilinmoqda.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Qadimiy mahallalar. Beshog‘ayni

Post Views: 406 BESHOG‘AYNI – Sebzor dahasidagi qadimiy mahalla. Kohota, Hovuzli, Qoratut, Qoshiqchilik mahallalari bilan …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan