Bosh sahifa » Bilasizmi? » Registon

Registon

REGISTON – O‘rta Sharq mamlakatlari shaharlaridagi markaziy maydon. Ko‘pincha ark yoki hokim saroyi yonida barpo etilgan. Turli yig‘inlar o‘tkazilgani uchun maʼmuriy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Dastlab, meʼmoriy yechimi sodda bo‘lgan; ko‘pchilik tomonidan toptaladigan bu joyga yozda tuprog‘i o‘ynab ketishi, yog‘in-sochin vaqtida botqoqqa aylanishidan saqlash maqsadida qum-toshlar yotqizilgan. Shu xususiyati bilan boshqa ochiq joylardan farqlangan. Keyinchalik Registon atrofiga mahobatli jamoat binolari (jome masjidi, madrasa, devon va boshqalar) qurilgan, hovuz, daraxtlar bilan obodonlashtirilgan. Toshkent Registoni Chorsu maydonida shakllangan (15–17-asrlar), Xoja Ahror jome masjidi va madrasasi (1451) ansambl asosini tashkil etgan. Keyinchalik Ko‘kaldosh madrasasi va uning yaqinida Beklarbegi madrasasi (1835 yil) qurilgan (sovet davrida buzib tashlangan).

“Toshkent” ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi o‘rnini kim aniqlagan?

Post Views: 130 Bu savolga barcha birdek “Vasiliy Lavrentevich Vyatkin” deb javob beradi. To‘g‘ri, ushbu …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan