Bosh sahifa » Toshkentliklar » Qayum Ramazon

Qayum Ramazon

QAYUM RAMAZON (taxalluslari: Qayum, O‘ktam, Turg‘unboy qori, Ramazon qori) (1900–1938.4.10) – o‘zbek pedagogi, jurnalist, teatr tanqidchisi, tilshunos. Toshkentda tug‘ilgan. Munavvarqorining yangi usul maktabi hamda madrasada, Boku pedagogika institutida (1916–17) o‘qigan. 1918–21 yillarda o‘qituvchilar tayyorlash kursi va boshlang‘ich maktablarda o‘qituvchi. Fitrat bilan birga «Chig‘atoy gurungi»ni tashkil qilgan va unda kotib bo‘lib ishlagan (1919). «Qizil bayroq» va «Turkiston» gazetalarida adabiy xodim (1921–23). Fan qo‘mitasi huzuridagi Til va adabiyot institutida dotsent (1934–37). O‘zbek maktablari uchun dastlabki ona tili darsliklarini yaratgan. «Ona tili» (Fitrat va Sh. Rahimiy bilan birga, 1918), «Bilim yo‘llari», «Yozuv yo‘llari» (1919), 4 kitobdan iborat «O‘zbekcha til saboqligi» (Munavvarqori va Sh. Zunnun bilan hamkorlikda, 1925–26), «Yer yuzidagi tillar orasida o‘zbek tili» (1930), «O‘zbek tilining imlo qoidalari» (1931), «O‘zbek tilining birlashgan imlo qoidasi» (1934), «O‘zbek tili ish kitobi» (Sh. Shamsiy bilan hamkorlikda, 1935–36) kitoblari muallifi. «Xalq dushmani» sifatida otib tashlangan. 1957 yilda oqlangan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

O‘xshash maqola

Toshkentlik Muhammad Yunus Toib – biz bilmagan qozi

Post Views: 635 Qozi – musulmon davlatlarida hukmdor tomonidan tayinlanadigan, shariat asosida sud vazifasini bajaruvchi, …

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan